Guruh: di 12-22 Bajardi: Nurmatov Begzod Qabul qildi: Jo`rayeva Ra`no Toshkent 2022 Publitsistik maqola tayyorlash Reja : Publisistika. Maqola. Publisistik maqola tayyorlash. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Publitsistika
Download 36.7 Kb.
|
Nurmatov Begzod 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Publitsistika
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI Mustaqil ish 3 Guruh: DI 12-22 Bajardi: Nurmatov Begzod Qabul qildi: Jo`rayeva Ra`no Toshkent 2022 Publitsistik maqola tayyorlash Reja : Publisistika . Maqola . Publisistik maqola tayyorlash . Xulosa . Foydalanilgan adabiyotlar . Publitsistika (lotincha: publicus - ij-timoiy) — davrning ijtimoiy-siyosiy va boshqa dolzarb masalalariga bagʻishlangan adabiy ijod turi. P.ning vazifasi ij-timoiy fikr uygʻotish va uni shakllan-tirish, maʼlum maqsadga yoʻnaltirish, hujjatli faktmaʼlumotlar asosida voqelik manzarasini yaratishdan ibo-rat. Hozirgi zamon ijtimoiy hayoti, unga aloqador oʻtmish va kelajak faktlari P.ning predmetidir. Hayotda ijtimoiy faoliyat, ongqarashlarning salmogʻi ortgan sari publitsistning, yaʼni ijod-korning voqelikka faol aralashuvi, fikrni bevosita oshkora, dangal ifo-dalash tamoyili ham oshdi. P. fan, sanʼat, adabiyot asarlari tarkibiga tobora koʻproq kirib bormoqda. Publitsistik roman, pyesa, kino asarlari pay-do boʻlmoqda. Voqelik faktlarini mantiqiy va obrazli umumlashtirib ifodalovchi maqola va boshqa yirik asarlargina emas, balki matbuot janrlarining hammasi ham P.ga kiradi. P. mavzu xususiyatlari jihatidan falsafiy-siyosiy, iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy, adabiy, tanqidiy; uslub jihatidan bahs-munozarali, tashviqot-targʻibot, tanqidiy-tahliliy, hajviy koʻrinishlarga ega. P. janr jihatidan voqeiy-informatsion (xabar, reportaj, hisobot), tahliliy (maqola), badiiy-publitsistik (ocherk, felyeton, pamflet, yozuvchi maqolasi) turlarga boʻlinadi. P. hayot faktlarini chuqur taxlil va tadqiq etish, yaʼni ij-timoiypublitsistik tadqiqot orqali voqelikni kashf etadi. Shu jihatdan u ijtimoiy fanga yaqinlashadi. P. il-miy-nazariy xususiyatlarga ega boʻlishi, u yoki bu fan masalalarini publitsistik maqola tarzida talqin va tashviq etishi mumkin. P.ning shakli, ichki tuzilishi mantiqiy tafakkur va obrazlilikning oʻzaro birikuvidan iborat. P. janrida obraz oʻziga xos meʼyorda qoʻllanadi. Publitsist shaxsiyati shoir shaxsiyati singari oʻzining boy ichki dunyosi, nuqtai nazari bilan namoyon boʻladi. Oʻrta Osiyo xalklari tarixida P. ancha qadimiydir. P. xususiyatlari "Qobusnoma" (P-asr)da yaqqol koʻzga tashlanadi. Navoiyning "Majolis un-nafois", "Munshaot", "Mahbub ul-qulub" asarlarida P.ning tugal xususiyatlari uchraydi. Navoiyning Abdurahmon Jomiy, Pahlavon Muhammad, Sayid Hasan Ardasher va boshqa xaqidagi adabiy portretlarini publitsistik ocherklar, deb atash mumkin. Navoiy nasriy asarlarini chuqur tadqiq etish uni oʻzbek badiiy P.sining asoschisi, deb atashga imkon beradi. Publitsistik xususiyat oʻzbek mumtoz adabiyoti asarlari tarkibiga ham singib ketgan. Oʻzbekistonda ijtimoiy hayotga doir dastlabki publitsistik maqolalar "Turkiston viloyatining gazeti" sahifalarida chop etilgan. Biroq milliy uygʻonish (jadidchilik harakati)ning kuchayishi natijasida yuzaga kelgan milliy mat-buot oʻsha davrdagi jamiyatning kamchilik va illatlarini ochiqoshkora bayon etgan, hatto xalqaro hayotga oid muammolarni tezkor sharhlaganligi bilan ham qadrlidir. Ayniqsa, bunday maqolalar "Taraqqiy" gaz.dan boshlab keng koʻlamda koʻrina boshlaydi. I. Obidiy, M. Behbudiy, Fit-rat, Choʻlpon, U. Xoʻjayev, A. Avloniy, H. Muin, M. Abdurashidxonov, S. Aj-ziy va boshqa hurfikr jadid ziyolilari qalamiga mansub oʻlka va xalqaro may-dondagi ijtimoiy-siyosiy, fan va taʼlim, madaniyat va sanʼat, milliy siyosat va boshqa masalalarga bagʻishlangan publitsistik maqolalar "Shuhrat", "Xurshid", "Osiyo", "Sadoi Turkiston", "Sadoi Fargʻona", "Najot", "Turon", "Hurriyat", "Yurt" kabi gaz. va jur. sa-hifalarida chop etilgan. Xususan, Beh-budiyning oʻzi tomonidan nashr etilgan va bosh muharrirlik qilgan "Samarqand" gaz. hamda "Oyna" jur.da chop qilingan maqolalari oʻsha davr jamo-atchiligi tomonidan zoʻr qiziqish bilan qarshilangan ("Sayohat xotiralari", "Til masalasi", "Bizni kemirguvchi illatlar", "Ehtiyoji millat" va boshqalar). 90-yillardan soʻng oʻzbek milliy jurnalistikasida ham oʻziga xos oʻzgarishlar kuzatildi. Anʼanaviy sharhlash jurnalistikasi oʻrniga yangiliklar jurnalistikasi paydo boʻldi. Natijada publitsistik janrlar axborot janrlariga koʻproq oʻrin bera boshladi. P. keyingi yillarda yuqori bosqichga koʻtarildi. Ozod Sharofiddinov, Oʻtkir Hoshimov, Ibrohim Gʻafurov, Naim Karimov, Xurshid Doʻstmuhammad, Erkin Aʼzam, Sultonmurod Olim va boshqa oʻzlarining dolzarb publitsistik maqolalari bilan oʻzbek P.siga munosib hissa qoʻshib kelmoqdalar. P.ning yozma va ogʻzaki shakllaridan tashqari grafik-tasvir (plakat, karikatura va boshqalar), fotokinematografik (hujjatli kino), teatr-dramatik (agitbrigada va boshqalar) shakllari ham bor. Maqola (arab tilidan olingan) — publitsistik janr. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilgʻor ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xo'jaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda bosh Maqola, nazariy va targʻibot Maqola, muammoli Maqola keng qoʻllanadi. Bosh Maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan Maqola) tahririyatning eng masʼuliyatli Maqolasi boʻlib, unda ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni oʻquvchilar ommasiga yetkazish vazifasi qoʻyiladi. Bunday Maqola muayyan masala yuzasidan yoʻl-yoʻriq koʻrsatishi, mavjud kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yulini belgilab berishi lozim.Maqola Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh Maqolada ochib beriladi. Nazariy Maqola va targʻibot Maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy gʻoya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy Maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, oʻquvchining gʻoyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli Maqola munozara va bahsla-shuv mazmunida boʻlib, unda biror masala yuzasidan muallif oʻz qarashlarini oʻrtaga tashlaydi. Oʻzbekistonda Maqola janri tarixi, asosan, „Turkiston viloyatining gazeti“ bilan bogʻliq. Unda ijtimoiysiyosiy hayotning turli sohalari oʻz ifodasini topgan (Furqat, Ibrat, Hakimxon va boshqalar). Keyinchalik taraqqiyparvar oʻzbek milliy matbuotida Hamza, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy va boshqa oʻz Maqolalari bilan ishtirok etishgan. Hozirgi ommaviy vositalarida Maqolaning hamma turlarida materiallar berib boriladi.maqola bu dolzarb mavzularni yorituvchi nashrdir. Maqola istilohi keng maʼnoda gazeta, jurnal, radio, televideniya, shuningdek, toʻplamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qoʻllanadi. Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat boʻladi: 1. Kirish — bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi. 2. Asosiy qism — muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilindi. 3. Xulosa — mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi. Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til meʼyorlariga toʻliq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin eʼtiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo'lishi lozim. Maqola Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha maʼlumot va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati koʻrsatiladi. Hech bir til yolgʻiz oʻzi rivojlanmaydi. Boshqa tillardan soʻz oladi-soʻz beradi, boyiydi-boyitadi. Lekin bu jarayonning ham oʻz qonun-qoidalari, meʼyorlari bor. Chet tilidan kirgan soʻz tilni qachon boyitadi-yu, qachon kambagʻallashtiradi? Agar oʻzga til soʻzi bir tildagi yoʻq soʻz oʻrnini toʻldirsa yoki bor soʻz bilan yonma-yon ishlatilsa, foydalanuvchilarga qoʻshimcha variant taqdim etsa, u tilni boyitadi. Lekin tilda bor soʻz oʻrnini egallasa, uni siqib chiqarsa, bu tilni kambagʻallashtirish boʻladi. Yangi tushunchalarga ot qoʻya olmaydigan yoki ot qoʻyishga intilmaydigan til mustaqilligini, kuch-qudrati va salohiyatini yoʻqotayotgan tildir. Bugun oʻzbek tilining bu boradagi holati qoniqarli emas, nazarimda. Xoʻsh, bunga sabab nima? “Abo Muslimi sohibqironlarimiz boʻlmasa…” Oʻzbek tilining sofligi, ilm-fan va internet tiliga aylanishi uchun astoydil kurashadigan, amaliy harakatlar qiladigan, ilmiy tadqiqotlarni qoʻllab-quvvatlaydigan tashkilot yoʻq. Balki, qaysidir idora bunga masʼuldir. Lekin hali bu borada koʻzga koʻrinarli ish qilingani yoʻq. Xoʻsh, chetdan kirayotgan soʻz va atamalarga ot qoʻyishda yoki oʻzlashtirishda qanday muammolar bor. Men payqagan ikkita holat bor: Bugun chetdan kirayotgan tushunchalarni oʻzbekcha atashga intilish juda pasayib ketdi. Tayyorini olib qoʻya qolishga oʻtildi, oʻzbek tili paqqos isteʼmolchiga aylanyapti. Oʻzlashma soʻzlarni oʻzbekchalashtirish, soʻng ularni tatbiq etishda nazorat yoʻq. Shu sabab bir atama bir necha xil variantda tarjima qilinyapti. Tarjimasiz olinayotgan soʻzlarning imlosida esa xilmaxilliklar kuzatilyapti. Masalan, soʻnggi paytlarda oʻzlashtirilgan bodikamera, teplovizor, chellenj, frilans, navigator kabi soʻzlarni oʻgirishga urinib ham koʻrilgani yoʻq. Bodikamera soʻzini olaylik. Toʻgʻri, kamera soʻzi oʻzbekchaga allaqachon kirib ulgurgan. Uni tarjima qilishga urinish muvaffaqiyatli chiqmasligi ehtimoli katta. Lekin inglizcha body (tana) soʻzini ham hech bir oʻzgarishsiz qabul qilish qaramlikdan boshqa narsa emas. Bu boʻyicha kichik soʻrovnoma oʻtkazib koʻrgandim. Bodikamera soʻzi oʻrniga tankamera, xoskamera, yonkamera kabi yaxshi variantlar taklif qilindi. Dastlab eshitganda sal sunʼiyroq tuyulishi mumkin. Lekin OAV, qonunchilik, qoʻllanmalar shu soʻzni muntazam ishlataversa, tilga singishi aniq.Albatta, orada oʻgirib boʻlmaydigan atamalar ham uchraydi. Bunda nima qilinadi? Asliyatdagi soʻz oʻzlashtiriladi. Oʻzlashtirishda esa maʼlum qonun-qoidalarga amal qilinadi: oʻzbek tili tabiati, imlo qoidalari hisobga olinadi. Hozirgi sharoitda nima qilish kerak? “Bu muammoni yechib bergani Abo Muslimi sohibqironlarimiz boʻlmasa…” deb oʻtirish kerakmi? Yoʻq. Atamashunoslik, atamalarni joriy qilish jiddiy izlanish va mehnat talab qiladi, lekin yechimi imkonsiz muammo ham emas. Menimcha, til sohasiga masʼul Maʼnaviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamenti bu borada amaliy harakatlarga kirishishi zarur. Nimalar qilish kerak? 2020 yil 29 yanvarda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasining faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilingan. Lekin unda asosiy eʼtibor normativ-huquqiy hujjatlar tiliga, unda qoʻllanadigan atamalarga qaratilgan. Bu ham juda muhim yoʻnalish. Lekin yangi atamalar faqat bu bilan cheklanmaydi-da. Turmushimizga, iqtisodiyot va xalq xoʻjaligi sohlariga, ilm-fanga kirib kelayotgan atamalarning ahamiyati ham kam emas.Yaqinda axborot texnologiyalari sohasidagi bir kitobni tahrirladim. Ish jarayonida mavjud lugʻatlar ancha eskirgani, koʻp soʻz va atamalarning tarjimasi yoʻqligi, lugʻatlar asosan rus tilidan tarjima qilinganiga guvoh boʻldim. Axborot texnologiyalari eng tez oʻzgarayotgan, rivojlanayotgan soha. Bu yoʻnalishdagi lugʻatlar muntazam toʻldirilib borishi, kamida yilda bir marta qayta nashr etilishi kerak. Lugʻat tuzishda asosiy eʼtibor asliyatdan – ingliz tilidan oʻgirishga qaratilishi kerak. Hozir oddiy upload, download, verification, validation soʻzlarini tarjima qilishda xilmaxilliklar uchraydi. Dasturlash tillariga oid juda koʻp soʻz va atamalar shunchaki tarjimasiz ishlatilyapti.Boshqa sohalar ham muntazam oʻzgarishda, rivojlanishda. Tabiiyki, ularga oid lugʻatlar, qoʻllanmalar va kitoblarni ham oʻzbekchalashtirish ehtiyoji bor. Yaqinda Qurilish vazirligi rasmiysi: “Qurilish sohasida oʻzbekcha texnik lugʻat yoʻqligi vazirlik masalasi hisoblanmaydi”, deb bayonot bergan edi. Agar vazirlik va qoʻmitalar davlat tiliga shunday munosabatda boʻladigan boʻlsa, oʻzbek tilining qadr-qiymati yoʻqolaveradi. Soha tilining mahalliylashishi tilga quvvat beradi Ingliz tiliga oʻrtacha har ikki soatda bitta yangi soʻz qoʻshilar ekan. Bu – ingliz tili bir yilda oʻrtacha 4000 ta soʻzga boyiydi degani. Toʻgʻri, yangi soʻzlar jonli tilda faol ishlatilmaydigan, ilm-fanning qaysidir sohasidagina qoʻllanadigan xos soʻzlar boʻlishi mumkin. Lekin bu yangi ixtirolar, kashfiyotlar, tadqiqotlar ingliz tili vositasida amalga oshayotganidan darak. Yangi tushunchalarga ot qoʻyish ana shu yangiliklarning ijodkorlari – shu til egalarining haqqi boʻladi. Agar bunday yangiliklar oʻzbek tili orqali amalga oshsa, bizning soʻzlarimiz ham dunyoga chiqadi, jahonning turli nuqtalarida ishlatiladi. Oʻzbek tili ot qoʻyishdan ojiz emas. U juda koʻp tushunchalarni nomlay oladi. Tilning ana shu imkoniyatidan foydalanmaslik, uning salohiyatiga ishonchsizlik bilan qarash kuchsizlanishga olib keladi. Ertaga eng oddiy soʻzlarni ifodalashga ham xohish yoʻqolishi, oʻzbek tili rashkini, gʻayratini boy berishi mumkin. Bu esa til uchun, millat uchun fojiadir. Til rivojiga adabiyot yoki sanʼat asarlari bilangina erishilmaydi. U iqtisodiyot, sanoat, ilm-fan, texnologiyalar va boshqa sohalar taraqqiyoti bilan ham chambarchas bogʻliq. Biz bu sohalarni oʻstirish, ularga oid bilimlarni oʻzbek tilida sifatli taqdim etish orqali alaloqibat oʻzbek tilini rivojlantiramiz, unga kuch beramiz. Atamalarni oʻzbekchalashtirishning muhim jihatlaridan biri ham ana shu. Xulosa: Menimcha, har bir vazirlik, qoʻmita, agentlik oʻz sohasi boʻyicha lugʻatlar ishlab chiqishga masʼul boʻlishi kerak. Ular OʻzFA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti, Oʻzbekiston Milliy universiteti kabi ilm dargohlari yoki tuzuvchilar jamoasi bilan shartnoma tuzib, lugʻat ishlab chiqish jarayonini moliyalashtirishi zarur. Lugʻatlar tayyorlashga sohaning malakali mutaxassislari, lugʻatshunoslar, tilshunos va boshqa mutaxassislar jalb qilinishi lozim. Lugʻatlarning ming-ikki ming nusxada bosilishi ehtiyojni qondirmaydi. Ular elektron koʻrinishda ham taqdim etilishi kerak. Foydalanilgan adabiyotlar. U.Tursunov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. 1992. 120 126 betlar. SH.SHoabdurahmonov va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent. O‘qituvchi. 1980.118-120 betlar. O‘zbek tili leksikologiyasi. Toshkent. O‘qituvchi. 1981. 251-258 betlar. SH.Rahmatullayev, N.Mamatov, R.SHukurov. O‘zbek tili antonimlarining izohli lug’ati. Toshkent. O‘qituvchi. 1984. Mualiflar: Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti Farg’ona filiali Kompyuter Injineringi Fakulteting 615-21 gruh talabalari Xayrullajonov Ozodbek, Xayitboyev Elbekjon,Solohiddinov Asilbek,Isayev Qahhorjon. Download 36.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling