Firebase ma'lumotlar bazasi
Saytga o'tganingizdan keyin sizda "react-auth", "fireship-demos" kabi loyihalar bo'lmaydiKeyin "+Add project" tugmasini bosing:
Va sizda quyidagicha oyna hosil bo'ladi shu yerga siz yaratmoqchi bo'lgan yangi loyihangizni nomini kiritasiz.
Keyin nomni yozib bo'lib "Continue" tugmasini bosganingizdan keyin sizdan loyihangiz "Google Analytics da analiz qilaymi va ko'proq imkoniyatlarni ochib beraymi" degandek so'raydi va siz bunga shu yerdagi hech narsaga tegmasdan "Continue" tugmasini bosishingiz kerak.
Keyingi hosil bo'lgan oynada siz Firebase hisobingiz tanlaysiz.
Eslatma: Agar siz Chrome brauzeridan Google hisobingiz bilan kirgan bo'lsangiz, Firebase shu hisobingizni avtomatik olib ketadi. Boshqa brauzerlarda Firebase ga yangi hisob yaratishingiz zarur.
Va nihoyat sizning loyihangiz yaratilishni boshlaydi. Keyin sizda "Continue" tugmasi chiqadi, shu tugmani bosib quyidagi dashboard ga o'tasiz:
Shu yerdan siz o'zingizga kerak bo'lgan web-sayt,ilova,o'yin uchun bitta web-ilova yaratasiz.
Keling hozir biz bitta web-sayt uchun web-ilova yaratsak:
Buning uchun tepadagi rasmdagi IOS,Android ikonkalaridan keyingi > ikonkasini bosamiz va bizda quyidagi oyna ochiladi:
Bunda ham nomni kiritib "Register app" tugmasini bosamiz:
Va sizga Firebase loyihangiz uchun SDK larni beradi, siz shu SDK lar orqali o'z loyihangizni ma'umotlar bazasiga ulaysiz. Huddi phpMyAdmin ni "localhost,username,password" qilib ulagandek.
Bizga asosiy kerak bo'ladigan kodlar manabu:
var firebaseConfig = {
apiKey: "AIzaSyAGBIHpL3A39H6bn9PZTY3WNFFSZa9d67w",
authDomain: "example-project-f5107.firebaseapp.com",
projectId: "example-project-f5107",
storageBucket: "example-project-f5107.appspot.com",
messagingSenderId: "1077603340585",
appId: "1:1077603340585:web:6850b2f532486da200e738",
measurementId: "G-7ML41J3FER"
};
Keyin "Continue to Console" tugmasini bosamiz :
Do'stlaringiz bilan baham: |