Guruh Foziljonov Nasriddin
Download 30.86 Kb.
|
1 2
Bog'liquzemi
913-20 guruh Foziljonov Nasriddin UZIMEI.UZ UZIMEI nima? U nima maqsadda ishlab chiqilgan va qanday qilib mobil qurilmani ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha batafsil tanishib chiqamiz. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 17 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 778-son qaroriga asosida GSM standartida ishlaydigan mobil qurilmalarning IMEI (International Mobile Equipment Identity – Xalqaro mobil uskunalar identifikatori) kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini ishga tushirish tartibi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, endilikda, Respublika hududida foydalanilayotgan mobil telefonlarning IMEI kodlarini majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish kerak bo‘ladi. Xo‘sh, qanday sharoitda mobil telefonlarning IMEI kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish kerak bo‘ladi? IMEI kodi ro‘yxatdan o‘tgan yoki o‘tmaganini qanday bilsa bo‘ladi? Qanday ro‘yxatdan o‘tkaziladi? IMEI bo‘yicha yuqoridagi va boshqa dolzarb savollarga javob berishga harakat qilamiz. Keltirilgan barcha ma’lumotlar faqat jismoniy shaxslar uchun shakllantirilgan. O‘zbekiston hududida tijorat maqsadida import sifatida rasmiy dillerlar yoki tegishli yuridik maqomga ega bo‘lgan tadbirkorlar tomonidan olib kirilgan mobil telefon qurilmalarining IMEI kodlari bojxonadan o‘tish bosqichidayoq ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Tabiiyki, agar siz mana shunday dillerlar, rasmiy do‘konlardan mobil telefon sotib olsangiz, uning IMEI kodi allaqachon ro‘yxatdan o‘tgan bo‘ladi. Agar siz mobil qurilmani O‘zbeksiton hududiga chet eldan, onlayn, xalqaro yetkazib berish xizmatlari orqali sotib olgan yoki o‘zingiz bilan birga chegaradan olib o‘tgan bo‘lsangiz, aynan shu hollarda IMEI kodini majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish talab etiladi. Ayrim hollarda qurilmani O‘zbekiston hududida ishonchsiz, tekshirilmagan, norasmiy yoki noqonuniy olib kirgan do‘konlardan sotib olganingizda ham sizga IMEI kodini ro‘yxatdan o‘tkazish haqida xabar kelishi mumkin. Shu kabi hollarni oldini olish uchun mobil qurilmani sotib olmasdan oldin, uning IMEI kodi ro‘yxatdan o‘tganligini tekshirish tavsiya etiladi. Buning uchun qurilmaning qutisidan IMEI kodni topish va uni uzimei.uz saytiga kiritib ko‘rish kerak bo‘ladi. Shuningdek, IMEI kodni mobil telefonning qo‘ngiroq ilovasida *#06# terib ham, bilib olish mumkin. Agar sizning mobil qurilmangizning IMEI kodi ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa siz quyidagi yo‘llardan biri orqali ro‘yxatdan o‘tkazishingiz mumkin. Download 30.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling