Guruh rahbarining sinfdan tashqarida o'tkaziladigan ish shakllari
Download 423.98 Kb. Pdf ko'rish
|
guruh-rahbarining-sinfdan-tashqarida-otkaziladigan-ish-shakllari
- Bu sahifa navigatsiya:
- ANNOTATSIYA Ushbu maqolada "Guruh rahbari kim U qanda vazifalar olib borishi va sinfdan tashqari faoliyatlar shakllari yoritib berilgan. Tayanch sozlar
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 267 GURUH RAHBARINING SINFDAN TASHQARIDA O'TKAZILADIGAN ISH SHAKLLARI. Manzura Murodjon qizi Mansurova Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi ANNOTATSIYA Ushbu maqolada "Guruh rahbari kim? U qanda vazifalar olib borishi va sinfdan tashqari faoliyatlar shakllari yoritib berilgan. Tayanch so'zlar. Guruh rahbari, yaratuvchanlik,motivator, maslahatchi, qiziqtira olishlilik. Guruh rahbari maktabda va keng jamoatchilik orasida sinf o`quvchilarining (ota- onalari bilan birgalikda) tarbiyalanganlik darajasiga javobgar shaxs hisoblanadi. Ta'lim muhitida o'qituvchining ro'li juda xilma-xildir.Sinfda u o'qituvchi tanqidchi, intizomchi, motivator, namuna va maslahatchi bo'la olishi kerak. Shu tufayli, o'qituvchining ishi sinfdan tashqari boshqa ro'llarni ham qamrab olishi shubxasiz. Ko'plab guruh rahbarlari yaxshi munosabat o'rnatish uchun yoki boshqa bir sabablarga ko'ra sinfdan tashqari ish faoliyatlarini ham olib borishni o'z zimmalariga oladilar. Sinf rahbarining o'quv muhitidan tashqaridagi ro'llariga quyidagilar kiradi: murabbiy, tadbir- bayramlar homiysi, repititor va maslahatchi. O'qituvchi maslahatchi sifatida. Ko'plab maktablarda o'quvchilarning maktabdagi muvaffaqiyatiga ta'sir qiladigan o'quvdan tashqari muammolarni hal qilish uchun maslahatchilar ishlashi mumkin. Biroq sinf rahbarlar o'z talabalariga maslahatchi bo'lib xizmat qiladilar. Negaki, o'quvchi maktab maslahatchisidan ko'ra, allaqachon yaqin munosabat o'rnatgan sinf rahbariga muammo va holatini tushuntirishni afzal ko'radi. Deyarli har kuni o'quvchilar bilan muloqotda bo'lganligi sababli, ularning muammolarini eng avvalo ilar tushunib yetadilar, muqobil yechim topa oladilar. Ayrim maktablarda sinf rahbar bir vaqtning o'zida repetitor sifatida ish olib boradi. Hatto uzoq yerda joylashgan kichik maktablarga ham e'tibor kuchayganligi sababli, darsdan so'ng repititorlik qilishlariga imkon yaratildi. Maktabdan tashqari repititorlik qilish o'quvchilarning muvaffaqiyatlariga erishish ehtimolini oshiradi. Aksariyat o'qituvchilar o'zlarining kundalik o'qituvchilik vazifalari bilan juda band. Bularga sinfdan tashqari qo'shimcha ish shakllari qo'shilsa, mas'uliyat bilan yondashib ishga to'lib toshgan kunlarini yakunlaydilar. Ta'lim tarbiya va uning natijalari uning qay darajada tashkil etilganligi va uning oxiri qanday samara bilan tugashiga bog'liq. Bu bog'liqlik esa guruh rahbarining qay darajada ish faoliyatini olib borayotganiga bog'liq. Bilamizki, guruh rahbarlar har kuni SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan Download 423.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling