Guruh rahbarining


GURUH RAHBARINING VAZIFALARI


Download 297 Kb.
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi297 Kb.
#204192
1   2   3
Bog'liq
101------

GURUH RAHBARINING VAZIFALARI:

  1. O‘qishga yangi qabul qilingan o‘quvchilarning guruhdagi ahilligini yo‘lga qo‘yish va guruh faollarini qobiliyatiga qarab saylash.

  2. Qabul komissiyasining yangi qabul qilinganlarni o‘quvchilar safiga o‘tkazish marosimida qatnashish, o‘quvchilarning shaxsiy hujjatlari bilan tanishish.

  3. YAngi qabul qilingan yoshlarni ta’lim muassasi o‘quvchisining vazifa va majburiyatlari bilan tanishtirish, belgilangan kunda nazorat yig‘ilishini o‘tkazish.

  4. YOtoqxonaga muhtoj o‘quvchilarni yotoqxona va xususiy xonadonlarda ijarada turishlariga yordamlashish, o‘qish boshlangunga qadar o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkazib ota-onalari bilan tanishib, yotoqxonaga joylashish masalasini va boshqa maishiy ehtiyoj kamchiliklarni hal etish.

  5. O‘quvchilarni ta’lim muassasidagi o‘qitish shakllari va uslublari, baholash tizimi, kutubxonadan foydalanish tartiblari, mustaqil ishlash usullari, o‘quvchilar tomonidan olib borilayotgan tadqiqot va izlanishlar, nazorat usullari hamda o‘quv yurtidagi mavjud tartib-qoidalar bilan tanishtirish.

  6. Ta’lim muassasida guruhning tarbiyaviy ishlarida ota-onalarning ishtirokini faollashtirib, ota-onalar qo‘mitasini saylaydi hamda o‘quv yili davomida to‘rt marta ota-onalar majlisini o‘tkazish.

  7. Darslarni yaxshi o‘zlashtirmayotgan o‘quvchilarni aniqlab, ularning qo‘shimcha dars va konsultatsiyalarga qatnashishlarini tashkil qilish.

  8. O‘quvchilarga kun tartibini ishlab chiqishlarida yordam berish va ularning o‘z ustida ishlashlarini uzluksiz nazorat qilib borish.

  9. Kutubxonaga a’zo bo‘lish kitob olish va topshirish, tanlangan mutaxassisliklariga qiziqishlarini rivojlantirish uchun kitoblar olib o‘qish, ma’ruzalar, suhbatlar, ekskursiyalar va uchrashuvlar tashkil qilish.

  10. Umumxalq va ta’lim muassasi mulkini o‘quv yili davomida avaylab-asrash to‘g‘risida suhbatlar uyushtirish.

  11. Tanlagan kasbiga qiziqishini oshirish, mehr uyg‘otish, fikrlarining o‘zgarish ehtimolining oldini olish maqsadida o‘quv yili boshlangandan bir yarim-ikki oy o‘tgandan keyin o‘quvchilar orasida o‘zi tanlagan yo‘nalishining to‘g‘riligi yuzasidan anketa so‘rovlar o‘tkazish.

  12. Guruh yo‘nalishi bo‘yicha o‘quv rejasini o‘rganib chiqib, o‘quvchilarni o‘quv rejasining mazmunidan xabardor qilish.

  13. O‘quvchilarni ta’lim muassasi an’analari, dars jadvali, o‘quv xonalari va laborotoriyalarning tartib raqamlari bilan tanishtirish.

  14. Guruh rahbari guruhning boshqa masalalar bo‘yicha muammolarini o‘z joyida bartaraf qiladi.

GURUH FAOLLARI


Guruh sardori: ________________________________________________________
Guruh sardori yordamchisi: ______________________________________________
Guruh yetakchisi: _____________________________________________________

Davomatni aniqlovchi: __________________________________________________


Tozalik bo’limi a’zolari:

I ____________________________________________________________________

II ___________________________________________________________________

III __________________________________________________________________

Muharririyat a’zolari:
I ____________________________________________________________________

II ___________________________________________________________________

III __________________________________________________________________
Sport bo’limi:
I ____________________________________________________________________

II ___________________________________________________________________

III __________________________________________________________________


Download 297 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling