Guruh Rahimberganov Bobur


Download 118.96 Kb.
Sana22.04.2023
Hajmi118.96 Kb.
#1377405
Bog'liq
4 mavzu

21.01-guruh Rahimberganov Bobur

Mavzu:

  • Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati faning mazmuni maqsadi va vazifalari yetakchi tushinchalari

Reja:

  • 1. Fanni o’rganish va qo’llash
  • 2. Jismoniy kamolot
  • 3. Ayrim tafovutli va bir-biriga aloqador tushunchalar
  • 4. Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyoti manbalari va
  • rivojlanish bosqichlari
  • 5. Fanning asosiy mazmuni va tuzilishi
  • „Jismoniy madaniyat nazariyasi“ kursini o‘rganishda boshqa
  • ilmiy o‘quv fanlari singari, birinchi navbatda lining imko-
  • niyatlariga qarab, ushbu predmetga taalluqli dastlabki tushun-
  • chalarni aniqlash zarur. Jismoniy madaniyat nazariyasi keng
  • ma’noli tushunchalarga ega. Bu fan nisbatan yosh bolib,
  • nazariy bilimlar sohasi to‘laligicha tashkil topmagan.
  • Jismoniy madaniyatning asosiy tushunchasi sifatida nimani
  • olish kerak? Uning qoidasini ifodalashdan avval, uning
  • mohiyatini ochib berishga yordamlashadigan madaniyatga oid
  • ayrim masalalarga to‘xtalib o‘tamiz. Umumiy „ madaniyat “
  • tushunchasi ko‘pincha tabiatni, borliqni o‘zlashtirish va o'zgarti-
  • rish tushunchasi bilan taqqoslanadi. Tabiat degan tushunchaga
  • insonga bog‘liq bo‘!magan va uning ish faoliyatining natijasi
  • hisoblanmagan, tabiiy qonuniyatlar bo‘yicha mavjud bo'lgan,
  • inson tomonidan o‘zgartirilmagan dunyodagi barcha jonli va
  • jonsiz mavjudotlar kiradi.
  • Madaniyat hodisasi esa, inson faoliyatining tabiatni va
  • jamiyatni o‘zgartiradigan usul va natijalari, ya’ni insonning
  • talablarini qondiradigan, tabiatni o‘zgartirishga qaratilgan fao-
  • liyatini tushunamiz.
  • Madaniyat rivojlanishi jarayonida, shunday faoliyat turlari
  • (shakllari, uslubiyatlar) paydo bo4adiki, ular insonning o‘z-
  • o‘zini takomillashtirishiga, shaxsiy tabiatini ham o'zgartirishiga
  • yo‘naltirilgandir. Mana shunday madaniyatning tarkibiy qismiga
  • jismoniy madaniyat ham kiradi. Jismoniy madaniyat insonning
  • hayotdagi sifatlariga, imkoniyatlariga yo‘naltirilgan holda ta'sir
  • etadi. Bular tabiatdan buyuk ne’mat tariqasida olinib, nasldan-
  • naslga uzatiladi. Jismoniy madaniyat rivojlanishning gcnctik
  • asoslari sifatida, avlodlar hayoti davrida, hayot sharoiti,
  • faoliyati va tarbiya ta’sirida rivojlanadi.
  • Shuning uchun ham, jismoniy madaniyat, umumiy mada­
  • niyatning katta va ajralmas qismi bo'lib qoladi. Umuman,
  • jamiyat madaniyati singari, jismoniy madaniyatni ham har
  • tomonlama va har xil soha bo‘yicha ko‘rib chiqish zarur.
  • Nisbatan to'liq tavsif berish uchun uni, hech bo‘lmaganda,
  • uch soha bo'yicha ko‘rib chiqish kerak:
  • 1. Faoliyat sifatida (madaniyat — inson faoliyatini maq­
  • sadga muvofiq tashkil etish jarayonidir).
  • 2. Moddiy buyumlar — boylik sifatida (madaniyat —
  • jamiyat va shaxs talabini qondirish uchun zarur ne’matlar
  • hisoblanuvchi ,,boyliklar“ yig‘indisidir).
  • 3. Natija sifatida (madaniyat — inson faoliyatining natijasi).
  • Jismoniy madaniyatning faoliyat turi sifatida — insonning
  • o‘ziga xos, maqsadga muvofiq harakat faolligini tashkil etadi.
  • Boshqacha qilib aytganda, bu fanda inson harakat faoliyatining
  • aniq shakllari ko‘rsatilgan. Jismoniy madaniyatga hamma
  • shakldagi harakatlar kirib qolmasdan, balki inson foydali
  • faoliyatining aniq mashqlari kiradiki, bular hayotda kerakli
  • harakat ko‘nikma va malakalarni tashkil toptira oladigan, hayot
  • uchun ahamiyatli bo‘lgan, jismoniy sifatlarning yo‘naltirilgan
  • holda rivojlanishini ta’minlay oladigan, insonning sog‘lig‘i va ish
  • qobiliyatini yuqori darajada ushlab tura oladigan boMsin. Bunday
  • jismoniy madaniyat faoliyatining asosiy unsurlari, jismoniy
  • mashqlar deb nom olgan.
  • Jismoniy madaniyat — jamiyat tomonidan moddiy va
  • ma’naviy boylikni, jismoniy madaniyat faoliyatini samarali
  • ravishda ta’minlash natijasidir.
  • Jismoniy kamolot — bu har tomonlama jismoniy tayyorgarlik
  • ko'rgan va uyg'un rivojlangan, mehnat va boshqa sohalardagi
  • talablarga javob bera oladigan insonning individual iste’dodining
  • yuqori darajada rivojlanganligini ко ‘rsatadi, shaxsning har
  • tomonlama rivojlanishi va uzoq yillar sog‘lig‘ining saqlanishi
  • qonuni bilan aloqada bo‘ladi.
  • Jismoniy kamolotning tarkibiy qismi, tarixiy xarakterga ega
  • bo‘lib, muayyan jamiyatning aniq talablarini ifoda qilgan holda,
  • hamma vaqt bir xilda qolmasdan, ijtimoiy rivojlanish bosqichiga
  • qarab o‘zgaradi. Hozirgi davrda ,,Alpomish“ va ,,Barchinoy“
  • maxsus test mezonlari respublika sport tasnifi mezonlari bilan
  • qo'shilgan holda jismoniy kamolotning asosiy, tarkibiy qismi
  • bo‘lib hisoblanadi.
  • Jismoniy madaniyatdan jamiyatda yo‘naltirilgan holda
  • foydalanish iqtisodiy o‘sishga va Vatanni himoya qilishga keng
  • ravishda yordam beribgina qolmasdan, kishilarning ruhiy,
  • ma’naviy talabini ham qoniqtirib, shaxsning har tomonlama
  • uyg‘un rivojlanishiga, sog‘lom hayot tarzini tashkil etish vosi­
  • tasi sifatida ham muhim ahamiyatga ega.
  • Yuqorida aytilganlarning hammasi jismoniy madaniyat
  • tushunchasini quyidagicha ta’riflashga imkon beradi.
  • Jismoniy madaniyat — jamiyat va shaxs madaniyatining
  • tarkibiy qismidir. Jamiyatda jismoniy madaniyat shaxsning har
  • tomonlama — uyg‘un rivojlanishining samarali vositasi, har bir
  • kishining jismoniy kamolotga erishuvida muhim omil bo‘lib
  • qoladi.
  • „Jismoniy madaniyat“ atamasi o‘zaro aloqador tushun­
  • chalar: „jismoniy madaniyat harakati“, ,,sport“, „jismoniy
  • tarbiya“, ,,badantarbiya“ni o‘z ichiga oladi. Bularni hech bo‘l-
  • maganda qisqa ma’noda aniqlamasdan turib, jismoniy mada­
  • niyat kursining mazmunini ko‘rib chiqishga o‘tib bo‘lmaydi.
  • Jismoniy madaniyat amaliy-ijtimoiy yo'nalish bo‘lib, bu
  • kishilarning birgalikda, jismoniy madaniyat boyliklarini ish-
  • latish va ko‘paytirishga qaratilgan faoliyatidir.
  • Jismoniy madaniyatning gullab-yashnashi aholining birga-
  • likdagi faoliyati bilan uni rivojlantirishga intilish, kengaytirish
  • bilan bog‘liqdir. Mana shunday birgalikdagi ishning shakli
  • jismoniy madaniyat harakatidir. Hozirgi kunda dunyoda bu
  • oqim, har qanday jamiyatda katta yo‘nalish bo'lib qoldi.
  • Jismoniy tarbiya — tushunchasi keng ma’noda umumiy
  • ,,tarbiya“ tushunchasining ichiga kiradi. Bu esa, jismoniy
  • tarbiya, boshqa turdagi tarbiyalar singari, pedagogika jarayoni
  • bo‘lib, umumiy ko‘rinishi bo‘yicha (pedagogning boshqaruvchi
  • roli, pedagogik prinsiplar bo'yicha tarbiyachi va tarbiyalanuv-
  • chilar faoliyatining mos kelishi va h.k.) hisoblanadi. Jismoniy
  • tarbiyaning boshqa tarbiyalardan farqi shundaki, bu jarayonda
  • shug‘ullanuvchilar harakat ko‘nikmasi va malakalarini hamda
  • jismoniy sifatlarini rivojlantiradi, bularning birlashishi esa,
  • jamiyatning jismoniy salohiyatini oshiradi. Shuning uchun
  • jismoniy tarbiyada ikki maxsus tomoni farqlanadi: insonni
  • sog‘liq uchun foydali harakatlarga o'rgatish (harakat faoliyati)
  • va jismoniy sifatlarini tarbiyalash.
  • Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyatining vujudga
  • kelishi va rivojlanish manbalari quyidagilardan iborat:
  • a) jamiyat hayotining amaliyoti;
  • b) jismoniy tarbiyaning amaliyoti;
  • d) shaxsni har tomonlama rivojlanishda har xil davr
  • faylasuflari, pedagoglari va shifokorlarining ilg‘or g‘oyalari;
  • e) mamlakatda jismoniy madaniyat va sportni rivojlan-
  • tirishda hukumat qarorlari;
  • f) jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi hamda
  • boshqa fanlarning ilmiy-izlanish natijalari.
  • Jismoniy madaniyat nazariyasi o‘zining rivojlanishida qator
  • bosqichlarni bosib o‘tgan.
  • Jismoniy madaniyat nazariyasi fanida jismoniy madaniyat
  • bilan bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlarni, bu fanning maqsadi,
  • umumiy vazifasi va tamoyillarini o‘rganamiz. Jismoniy
  • madaniyat nazariyasi va uslubiyatida asosiy o‘rinni didaktik
  • masalalar oladi:
  • a) jismoniy tarbiyaning manbalari;
  • b) harakat, faoliyatlarga o‘rgatish tamoyillari va uslublari;
  • d) harakat sifatlarini rivojlantirish;
  • e) o‘rgatish jarayonining tuzilishi;
  • 0 mashg‘ulotlarni tashkil qilish usullari;
  • g) hisob-kitob va rejalashtirish;
  • h) aholining har xil toifalarini sog‘lomlashtirish; jismoniy
  • mashqlarning xususiyatlari.
  • Jismoniy madaniyat nazariyasi va uslubiyati o‘quv fani
  • sifatida ikki qismdan iborat: birinchi qism, jismoniy tarbiya
  • nazariyasi va jismoniy tarbiya uslubiyati deb atalsa, ikkinchi
  • qismi, umumiy va kasb jismoniy tayyorgarlik uslubiyati va sport
  • tayyorgarlik metodikasidir.
  • Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyatining asosiy tushun-
  • chalari — „Jismoniy madaniyat'1, ,,Sport“. Bu tushunchalar
  • orasidagi farqni, o'zaro aloqasini osonroq tushunish uchun 1-
  • chizmaga murojaat qilamiz.

Download 118.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling