Dasturiy ta’minot jarayoni
Dasturiy ta’minot bu dasturiy mahsulotni tayyor holatga olib kelish
faoliyatilari to’plamidir. Bu faoliyatlar Java yoki C kabi standart dasturlash tillarida dasturlarni ishlab chiqishni o’z ichiga olishi mumkin.
Dasturiy ta’minot jarayoni modeli bu dasturiy ta’minot jarayonining soddalashtirilgan ko’rinishidir.
Jarayon modellari:
1. Sharshara modeli
2. Ortib borish modeli
3. Qaytib foydalanishga mo’ljallangan dasturiy injiniringi
Sharshara modeli
Sharshara modeli birinchi bo’lib e’lon qilingan dasturiy ta’minotni ishlab
chiqish jarayoni modelidir (Royce, 1970).
Sharshara modeli asosiy bosqichlari bevosita dasturiy ta’minotni
rivojlantirish bosqichini aks ettiradi:
1. Requirements analysis and definition Tizim foydalanuvchilari bilan
maslahatlashib tizimning servislari, chegaraklari va maqsadlari
belgilab olinadi
2. System and software design Tizim dizayni jarayonida tizim
arxitekturasini tashkil qilish orqali apparat yoki dasturiy tizimlarga
talablar belgilanadi. Dasturiy ta’minot dizayni fundamental dasturiy
ta’minot tizimlari mavhumliklari va ularning munosabatlarini
identifikatsiyalash va tasvirlashni o’z ichiga oladi.
3. Implementation and unit testing Bu bosqichda dasturiy ta’minot
dizayni dasturlar to’plami yoki dastur bo’limlar ko’rinishda amalga
oshiriladi. Bo’lim testlash jarayonida har bir bo’lim alohida testlanadi.
4. Integration and system testing Individual dastur bo’limlari yoki
dasturlar birlashtiriladi va to’liq tizim ko’rinishida testlanadi.
Testlashdan keyin dasturiy ta’minot tizimi foydalanuvchiga
yetkaziladi.
5. Operation and maintenance Bu eng uzun hayot sikli fazasi
hisoblanadi. Tizim o’rnatiladi va amaliy foydalanishga qo’yiladi.
Maintance o’z ichiga hayot siklining oldingi bosqichlarida
tuzaqtilmagan xatoliklarni tuzatish, tizim bo’limlarining amaliy
ko’rinishlarini yaxshilash va tizim servislarini yangi talablarga mos
ravishda yaxshilashni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |