O’quvchilarning darslarga qatnashi 99,99 foizni tashkil qiladi. - Hayoti davomida biror marta maktabdagi darslarni qo’yib yubormagan odamni izlab topish qiyin bo’lsa kerak, bu yerda esa butun boshli millat! Shu bilan birga yapon o’quvchilari hech qachon darslarga kechikishmaydi. 91 foiz o’quvchi o’qituvchining gaplarini diqqat bilan tinglaydi. Yana qaysi mamlakat shunday statistika bilan maqtana oladi?!
Universitet yillari — hayotdagi eng yaxshi ta’til. - "Imtihon jahannami"ga ko’p yillik tinimsiz tayyorgarlikdan keyin yaponlarning kichik tanaffus qilishni istashi hayratlanarli emas. Bu har bir yapon hayotida eng oson va betashvish hisoblangan universitet yillariga to’g`ri keldi. Ishlashdan oldingi ajoyib hordiq, zero yaponlar bolaligidan ishga nafaqat mas’uliyat, balki butun hayotiy faoliyatiga bo’lgan katta mehr-muhabbat bilan yondashishga o’rgatilgan.
Mutaxassislar fikriga ko’ra, dunyoning eng yaxshi ta’lim tizimi Finlandiyada ekan. Finlandiya Yevropaning rivojlangan mamlakatlaridan biri hisoblanadi.
Xo’sh, dunyoda eng yaxshi hisoblanadigan Finlandiya ta’lim tizimi, boshqalardan nimasi bilan ajralib turadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |