Guruh talabasi Gulsanam Toshaliyevaning Bioorganika fanidan Mavzu


Qon zardobidagi oqsil fraksiyalarini turbidimetrik usuli bilan aniqlash


Download 0.89 Mb.
bet4/20
Sana09.11.2021
Hajmi0.89 Mb.
#172220
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Bioorganika MT Toshaliyeva Gulsanam.17-32

3. Qon zardobidagi oqsil fraksiyalarini turbidimetrik usuli bilan aniqlash.

Ushbu usulning asosiy tamoyili shundan iboratki qon zardobining turli oqsil fraksiyalari ma‟lum konsentrasiyaga ega bo‟lgan fosfatli eritmalar ta‟sirida cho‟kmaga cho‟kish xususiyatiga ega. Bu paytda juda mayda zarrachalar hosil bo‟ladi va eritma loyqalanadi. Eritmaning loyqalanish darajasiga qarab fotoelektrokolorimetr yordamida aniqlanuvchi tekshirilayotgan namunadagi oqsillar konsentrasiyasi haqida gap yuritish mumkin.

Reaktivlar. 1. Asosiy fosfatli eritma: 33,5g o‟yuvchi natriy, 400ml distillangan suvda eritiladi, kaliyning fosforli achchiq tuzidan 226,8g qo‟shiladi.

Aralashma yaxshilab eritilgandan keyin uy haroratigacha sovutiladi va 500 ml hajmgacha distillangan suv qo‟shiladi.

2. Ishchi fosfotli eritmalar: Asosiy fosfotli eritmadan 100ml o’lchamdagi

kolbachaga olinadi. 92,4 ml (N1),74,9 ml (N2), 58,8ml(N3), 48,7(N4) va distillangan suv bilan nishon belgigacha silkitish yo‟li bilan yaxshilab aralashtiriladi. Suyultirilgan eritmalar saqlangan paytda bakterial jihatdan buzilmasligi uchun xar 100 ml eritmaga 1 tomchidan xloroform tomiziladi.

Kerakli asbob-uskunalar. Fotoelektrokolorimetr: kimyoviy probirkalar, 1, 2, 5 va 100ml li pipetkalar, 100ml byuretka,100 va 500 ml li o‟lchamli kolbalar.

Ishni bajarish tartibi. Xar bir qon zardobi namunasi uchun shtativga 6 tadan probirka qo‟yilib ular 0, 1, 2, 3, 4 va 5 raqamlari bilan belgilanadi. N O raqamli probirkacha 10ml distillangan suv quyiladi. N 1,2,3,4 raqamli probirkalarga, xuddi shu raqamli ishchi fosfatli eritmalardan 5ml dan solinadi, N5 probirkaga esa 0,5 ml qon zardobi, 0,75 ml distillangan suv va 3,75 ml asosiy fosfatli eritma solinib tiqin-tiqiladi va 5-6 marta aylantirish yo‟li bilan aralashtiriladi. N5 probirkadagi aralashmadan N 1,2,3,4 probirkalarga, 0,5 ml dan eritma olib quyiladi va NO probirkaga esa 1ml quyiladi [11].

Probirkalar ichidagi aralashma muntazam, lekin juda ehtiyotlik bilan

probirkada xavo pufakchalari hosil bo‟lishini oldini olgan xolda aralashtiriladi. 15 daqiqadan keyin fotoelektrokolorimetrda qalinligi 1sm bo‟lgan kyuvetlarda qizil nurli filtrda eritmalarning optik zichligi (E) aniqlanadi.

Turli patologik holatlarda ularning miqdori jiddiy ravishda o‟zgaradi.

Shuning uchun oqsillarning ayrim fraksiyalarini o‟rganish katta ahamiyatga egadir. Albuminlarning miqdori gepatit, jigar sirrozi, kuchli yallig‟lanish jarayonlarida, gepotos, nefroz, nefrit, bug‟ozlik toksikozi, zararli o‟smalar, ochlik, kaxeksiya, o‟tkir pnevmoniya va bronxopnevmoniya, ketoz, leykoz, Agipovitaminoz, jigarning toksik jarohatlanishida pasayadi. Albuminlar miqdori juda kam xolatlarda ko‟payadi va ayniqsa organizm degidratasiyasida kuzatiladi.

Globulinlarning miqdori (eng avvalo gamma globulinlar) ning kamayishi nefroz, nefrit, kaxeksiya va boshqa bir qator kasalliklar paytida va uning ortishi bilan birga albuminlarning miqdorini (disprotenimiya) kamayishi bilan kuzatish juda ko‟p hollarda uchraydi.

Qon tarkibidagi alfa-globulinlarni miqdorini ortishi bilan albuminlarning

miqdorini kamayishi o‟tkir poliartrit, o‟tkir infeksion kasalliklar, paytida kuzatiladi. Alfa va gamma globulinlarning miqdorini aniq namoyon bo‟lishi bilan albuminlarning unchalik bo‟lmasada kamayishi pnevmoniyaning oxirgi bosqichlarida surinkali endokardit, xolesistit, urosistit paytida kuzatiladi.

Alfa va beta-globulinlarni ko‟payishi va gamma-globulinlarni jiddiy

darajada kamayishi lipoidli va amiloidli nefrozlarda, nefritlarda, nefroskelerozda, bug‟ozlik toksikozida, kaxeksiya, zararli o‟smalarda kuzatiladi. Gammaglobulinlarni jiddiy darajada ortishi, beta-globulinlarni unchalik ko‟p bo‟lmasada ko‟payishi xamda albuminlarning sezilarli kamayishi gepatit, toksik gepatoz, ketoz, gemolitik jarayonlarda leykemiya va qon hosil qiluvchi organlarni va limfa tugunlarining zararli o‟smalariga xos xususiyatdir.

Jigar sirrozi, kallogenezlar va boshqa kasalliklar paytida albuminlarning

miqdori jiddiy kamaysa, gamma-globulinlar esa jiddiy ko‟payadi. Mexanik sariq kasalligi paytida albuminlarning kamayishi va alfa, betta va gamma globulinlarni unchalik bo‟lmasada kamayishi xarakterlidir.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling