Guruh talabasi Ikromov Sobirjon 3-amaliy ish Mavzu: Sodda autentifikatsiyalash usullari


Download 13.98 Kb.
Sana23.03.2023
Hajmi13.98 Kb.
#1289879
Bog'liq
3 – Amaliy ish protocol (1)

951-19 guruh talabasi


Ikromov Sobirjon

3-amaliy ish



Mavzu: Sodda autentifikatsiyalash usullari



Ishdan maqsad: Autentifikasiya jarayoni, uning turlari hamda sodda autentifikasiyalash usullarini qanday amalga oshirish bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish.
Nazariy qism
Autentifikatsiya - bu tizim, tarmoq yoki qurilmaga kirishni so‘ragan foydalanuvchilarni aniqlash jarayoni. Kirish nazorati ko‘pincha foydalanuvchi nomi va parol kabi hisobga olish ma'lumotlariga ko‘ra foydalanuvchi identifikatorini aniqlaydi. Biometrika va autentifikatsiya ilovalari kabi boshqa autentifikatsiya texnologiyalari ham foydalanuvchi identifikatorini autentifikatsiya qilish uchun ishlatiladi.
Mashina insonni quyidagi “narsalar” asosida autentifikasiyadan o‘tkazishi mumkin:


  • siz bilgan biror narsa (something you know);


  • sizda mavjud biror narsa (something you have);


  • sizning biror narsangiz (something you are).




Parolga asoslangan autentifikasiya quyidagi xususiyatlarga ega:


  • parolga asoslangan autentifikasiyalash qulay (sarf xarajati kam, almashtirish oson);


  • foydalanuvchi paroli odatda unga aloqador ma’lumot bo‘ladi (masalan, uning yaxshi ko‘rgan futbol komandasining nomi, telefon raqami va h.) (123456, 12345, qwerty) va shuning uchun “hujumchilar” tomonidan aniqlab olinishi oson;


  • murakkab parollarni xotirlab qolish qiyin (masalan, jfIej(43jEmmL+y); - parolga asoslangan autentifikasiyalash usuli amalda keng qo‘llaniladi.



Biometrik parametrlarga asoslangan autentifikasiyalashning ko‘plab usullari mavjud. Masalan, barmoq izi, yuz tasviri, ko‘z qorachig‘i, ovoz, harakat tarzi, quloq shakli, qo‘l shakli va boshqa biometrik parametrlarga asoslangan autentifikasiya usullari amalda keng qo‘llaniladi. Masalan, qo‘p qavatli uylar va tashkilotlarga kirishda barmoq iziga asoslangan autentifikasiya usuli, noutbuklarda va mobil telefonlarda yuz tasviriga asoslangan yoki barmoq iziga asoslangan autentifikasiya keng qo‘llaniladi.


Download 13.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling