Guruh talabasi Islomqulov Yaxyobek Adhamjon o`g`li


Strukturalizm va poststrukturalizm


Download 48.04 Kb.
bet11/11
Sana10.10.2023
Hajmi48.04 Kb.
#1696876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 Falsafa atamasining kelib chiqishi Falsafa shakllanishining

Strukturalizm va poststrukturalizm. Strukturalizm (lot. structuma – tuzilish, joylashish, tartib) - g‘arb falsafasining yangi yo‘nalishlaridan biri. Strukturalizm, umumiy falsafiy-epistemologik tasavvurlar, metodologik mo‘ljallar va ayrim fanlar (lingvistika, adabiyotshunoslik, etnografiya, tarix, estetika, san’atshunoslik, psixologiya, sotsiologiya, falsafa)dagi yo‘nalishlar majmui sifatida, XX asr boshidan 40-yillargacha shakllandi.
Struktura tushunchasi strukturalizmning bosh tushunchasi hisoblanadi. Struktura deganda turli ichki va tashqi o‘zgarishlarda har xil, ko‘p variantli tushunchalar majmui yoki, strukturalistlar ta’biri bilan aytganda, har qanday diaxronik rivojlanuvchi tizimning sinxron qayd etilishi tushuniladi. Strukturalizmda ko‘pincha model sifatida belgilanuvchi har qanday struktura uch zaruriy shart: elementlar mustaqil butunga yaxlit bo‘ysunishi; transformatsiya – bir kichik struktura boshqa kichik strukturaga yuzaga kelish qoidalariga muvofiq tartibli o‘tishi; o‘zini o‘zi tartibga solish – mazkur tizim doirasida qoidalarning ichki tartibga solinishini qanoatlantirishi lozim.
Poststrukturalizm o‘ziga azaldan xos bo‘lgan omillarning tabiiy davomi hisoblanib, nazariy harakat sifatida strukturalizm tanqidi tarzida to‘rt asosiy yo‘nalishda rivojlanadi:
- strukturaviylik muammosi;
- belgililik muammosi;
- kommunikativlik muammosi;
- sub’ektning yaxlitligi muammosi.
Pragmatizm asoschisi mashhur Amerika matematigi, mantiqshunosi va faylasufi Charlz Pirs (1839-1914) edi. Pragmatizm asosida «shubha – din» nazariyasi yotadi. Bilish jarayonida bizning barchamiz qandaydir ishonchga (nimalargadir ishonamiz) va qandydir shubhalarga etib kelamiz. Bizning ishonchimiz yoki e’tiqodimiz (nimagalargadir ishonish) – bu muayyan sharoitlarda ishlab chiqilgan ko‘nikmalar asosida muayyan tarzda faoliyat ko‘rsatishga tayyorligimizdadir. E’tiqod – bu inson intilgan narsaga aqlning qoniqqan holatidir. Shubha esa –qoniqtirmaydigan holatdirki, inson undan qutilishga harakat qiladi. Pirs fikricha, har qanday, shu jumladan ilmiy tafakkurning ham maqsadi barqaror e’tiqodga (qat’iy fikrga) erishishdir. Haqiqat shunday narsadirki, biz uning borligiga ishonamiz.
Shubhadan ishonchga o‘tish uch bosqichni bosib o‘tadi: abduksiya (gipotezani, taxminni o‘rtaga surish), deduksiya (taxmindan oqibatni keltirib chiqarish va uning aniqligini tekshirish) va induksiya (oqibatlarni tajribaviy tekshirish). Hosil qilingan ishonch to‘rtta vosita orqali mustahkamlanishi mumkin.
Tirishqoqlik usuli. Tirishqoqlikka amal qilgan kishi tanqid va dalillarga qarmay o‘z qarashlarida sobit turadi. Obro‘ga e’tibor usuli. Bu usul qoidasiga binoan ba’zi ishonchlar qo‘llab-quvvatlanadi, ba’zilariga esa taqiqlar qo‘yilgan. Ma’qul ko‘rilgan ishonchlar boshqa fikrdagilarni taqiq qilish yordamida o‘rnatiladi. Ushbu usul o‘rta asrlar davrida keng tarqalgan edi. Aprior usul. Bunda barqaror ishonchlarning shakllanishi metafizik nazariyalarning tug‘ilish jarayonida o‘z ifodasini topadi. Bu nazariyalarning yaratuvchilari ko‘p hollarda o‘z e’tiqodlarini aql bilan muvofiqlikda turgan deb tasavvur qiladilar.
Ilm-fan usuli. Turli kishilar ilmiy usulni qo‘llab bir xil xulosalarga etib kelishlari lozim. Pirs fikricha, bu usul asosida shunday gipoteza yotadiki, birinchidan, bizning fikrimizga bog‘liq bo‘lmagan aniq ashyolar mavjud; ikkinchidan, doimiy qonunlarga muvofiq bu voqeylik bizning his-tuyg‘ularimizga o‘z ta’sirini o‘tkazadi va, uchinchidan, agarchi bizning hissiyotlarimiz va munosabatlarimiz ob’ektlarga nisbatan turlicha bo‘lsa ham, mulohaza yuritish yordamida biz ashyolarning voqeylikda qanday ekanliklarini aniqlashimiz va birdan bir to‘g‘ri xulosaga kelishimiz mumkin.
«Ashyolarning voqeylikda qanday ekanligi haqidagi «haqiqiy xulosa»ning o‘zi nimadan iborat? Mashhur «Pirs qoidasi» shunday deydi: «Agar biz o‘zimiz o‘ylagan «amaliy oqibatlar»ni ko‘rib chiqsak, ular bizning tushunchalarimizning ob’ekti bo‘lishi mumkin, unda ushbu oqibatlar haqidagi tushuncha, bizning ob’ekt haqidagi to‘la tushunchamiz bo‘ladi». Pirs fikricha, pragmatizm har bir tushuncha amaliy oqibatlarning fikriy tushunchasi haqidagi ta’limot.
Keyinchalik pragmatimz g‘oyalari keng tarqalib, o‘z rivojini Uilyam Djems (1842-1910) va Djon Dyui (1859-1952) asarlarida topdi.
Download 48.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling