Guruh talabasi Islomqulov Yaxyobek Adhamjon o`g`li
Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al Forobiy
Download 48.04 Kb.
|
1 Falsafa atamasining kelib chiqishi Falsafa shakllanishining
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abu Rayhon Beruniy
- Abu Ali ibn Sino (980-1037
- Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek
- I.Mo‘minov (1908-1974)
- Tulenov Jondor (1927-2002)
Abu Nasr Muhammad ibn Tarxon al Forobiy (870-950, asarlari: Kitob-ul xuruf, Fozil odamlar shahri, Ehsoul ulum, Siyosat falsafasi, Fuqarolik siyosati) falsafa va tabiiy fanlar tarixiga oid yuzga yaqin asar muallifidir. Fanlar tizimida u insonga haqiqiy bilimni soxta bilimdan farqlash imkonini beruvchi mantiqni birinchi o‘ringa qo‘ygan. Forobiy ijodida bilish nazariyasi Platondagi kabi xotirlash nazariyasi emas, balki dunyoni sezgi va aql birligi sifatida anglab etish nazariyasidir. Bunda aqlli jon narsalar tabiatini sezgilar idrokidan foydalanib anglab etadi. Abu Rayhon Beruniy (973-1048 yillar, asarlari: “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Minerologiya”), tabiat va uning ob’ektiv qonunlari mavjudligiga shubha qilmagan. U tabiat muttasil o‘zgarish va rivojlanishda bo‘ladi, materiya narsalar shaklini o‘zi yaratadi va o‘zgartiradi, jon (tafakkur, ma’naviy hodisalar) tananing muhim xossasidir, deb ta’kidlagan. Abu Ali ibn Sino (980-1037 Buxorolik Ibn Sino (Avitsenna) 300 dan ortiq asar muallifidir Ularning orasida «Tib qonunlari» va «Bilim kitobi»,”Donishnoma”, “Xay ibn Yaqzon”ayniqsa keng dovruq qozongan.). O‘rta Osiyoning mashhur qomusiy allomasi va faylasufidir.
Abu Homid G‘azzoliy so‘fizmni panteizmdan tozalashga harakat qildi va u bunga muvaffaq bo‘ldi. G‘azzoliy fikriga ko‘ra, «har qanday ma’naviy poklanishlardan qat’i nazar, inson hech qachon Xudoga aylana olmaydi». Bu bilan u so‘fizm va panteizm o‘rtasida o‘ziga xos «xitoy devori»ni o‘rnatdi. Temur va temuriylar davrida uyg‘onish davrining ikkinchi bosqichi boshlandi. Bu ilm-fan va madaniyatning gullab-yashnash bosqichi bo‘ldi. Ma’naviyatga homiylik harakati avj oldi. Bunga Samarqandda Ulug‘bek astronomiya maktabining vujudga kelishi, rasadxonaning qurilishi, mashhur olimlar Qozizoda Rumiy, al-Koshiy, Ali Qushchi va boshqalarning fandagi jonbozligi yaqqol misoldir. Sa’duddin Ma’sud binni Umar Taftazoniy (1322-1392) islom falsafasi bo‘lgan kalomning yirik vakili edi. U o‘zining kalom, mantiq, geometriya, she’riyat va arab tili grammatikasi sohasidagi bilimlari bilan shuhrat topgan edi. Mir Sayyid SHarif Jurjoniyning (1339-1413) falsafiy qarashlari falsafiy qarashlari Forobiy, «Sof birodarlar» anjumani, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Nasriddin Tusiy va Qutbiddin ar-Roziy at-Taxtoniylar dunyoqarashi ta’siri ostida shakllandi. Ular kabi, Jurjoniy ham ob’ektiv borliqning mavjudligiga shubha qilmas edi, ammo uning kelib chiqishini aqliy yo‘sinda talqin qilib, emanatsiya nazariyasi nuqtai nazarida turar edi. Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek (1394-1449) er yuzining har qanday nuqtasining koordinatlarini aniqlaydigan vosita ishlab chiqishga intildi, quyosh va oy tutilishlarini oldindan aytib berish usuli, yil hisoblarining biridan ikkinchisiga o‘tish qoidalari, yil fasllari o‘zgarishlarining qonuniyligini ochib berish, osmoniy jismlar harakatining qonunlarini tushuntirishga harakat qildi. Navoiy falsafiy qarashlari vahdati-vujud va tasavvuf ta’limotiga asoslangan. Buning uchun u tinmay mehnat qilishi, kasb-hunar egallashi, tabiatning siru asrorini idrok qilishi, uning noz-ne’matlaridan foydalanishi darkor. Mavoraunnahrda adabiyot va tasviriy san’at, tarix va falsafa, me’morchilik va binokorlik san’ati rivojlanishda davom etdi. Samarqand, Toshkent va ayniqsa, Buxoro madaniy faoliyat markazi sifatida o‘z mavkelarida qolgan edilar. XVI – XVII asrlar adabiyoti Turdi, Mashrab, Mavlono, Vafoiy, Nodir, Mullo Mastiy, Ravnaq, Roqim, Andalib, Nishotiy, Umar Boqiy, akmal kabi siymolar ijodida o‘z aksini topgan edi. markaziy Osiyodan chiqqan XVII asrning ko‘plab shoirlari o‘z tug‘ilgan joylaridan yiroqda yashadilar va ijod kildilar. SHavkat Buxoriy (vaf. 1695) Hindiston. Afg‘oniston, Eronda yashadi; Mullo Mulham – Hindistonda, Muhammad Solih Samarqandiy – Buxoro, Balx. Hindiston, Lahorda. Boburiylar davrining Hindiston tarixchisi Abdulqodir Badayuniyning guvohlik erishicha, hind adiblari bo‘lgan guluiy, Kashmiriy, Kamoliy, mahsumiy, ramziy, Lohuriy, Jomiy, Kobuliy va fayzi Dukkoniylar Mavoraunnahr shaharlarida bo‘lgan edilar. Arab va fors yillarida yozilgan bir qator tarixiy asarlar o‘zbek tiliga tarjima qilindi. XVI asrda ilm-fan alohida murakkab vaziyatga tushib qoldi. Bu davrda biz endi Ulug‘bek va Ali Qushchi kabi yirik olimlarni ko‘rmaymiz. Bedil SHarq mashoiyunlari (Arastu izidan boruvchilar) an’anasini davom ettirdi. Uning fikricha, moddaning ibtidosi ham, intihosi ham (boshi va oxiri) yo‘q. Boborahim Mashrab (1640-1711) tasavvufning qalandarlik tariqatini tanlaydi, xalqni ezgulikka, insof va diyonatga, to‘g‘rilikka chaqiradi. Ahmad Donish (1827-1897) bo‘lib, u falsafa, falakiyot, riyoziyot, adabiyot, tarix sohasida asarlar yozgan. Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875-1919) jadidchilik harakatining asoschilaridan biri bo‘lib, yangi maktablar qurish, yosh avlodni mustaqillik ruhida tarbiyalash, ularni ilmli qilish, ma’rifat va taraqqiyot uchun kurashga katta hissa qo‘shgan mutafakkirdir. Abdulla Avloniy (1878-1934)dir.U pedagogik faoliyat va badiiy ijodni qo‘shib olib bordi.Avloniy ochgan maktablarda dunyoviy fanlarni o‘qitish yo‘lga qo‘yildi. Mutafakkir “Ikkinchi muallim”, “Birinchi muallim”, “Alifbedan so‘nggi o‘quv kitobi” kabi darsliklarni yaratdi. Abdurauf Fitrat (1884-1939) asarlarida xalqni jaholat va nodonlikdan qutqazish, ilm – ma’rifatga chorlash, milliy mustaqillikka erishish, xalqning o‘zligini tanishi, ongining o‘sishi, Evropaning fan va texnika yutuqlarini o‘rganish kabi g‘oyalar ilgari suriladi. Xullas, O‘zbekiston hududidagi temuriylardan keyingi ijtimoiy – falsafiy fikr tarixini qisqa yoritish shundan dalolat beradiki,u bizning davrimizgacha uzluksiz ravishda madaniyat, inson tafakkuri va aql- zakovatining yuksalishida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Lekin mustabid tuzum davrida ijtimoiy –falsafiy fikr tarixiga bir tomonlama, sinfiy nuqtai nazardan yondashildi, faqat kommunistik partiya mafkurasi talablariga to‘g‘ri keladigan g‘oya va fikrlarga e’tibor berildi.1917 yildagi Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng asta sekin- o‘tmish ma’naviyati, falsafiy fikr o‘rnini markscha-lenincha mafkura egallay boshladi. Oliy o‘quv yurtlari, keng xalq ommasi orasida dialektik va tarixiy materializm va ilmiy ateizm targ‘ib qilindi, ularga to‘g‘ri kelmaydigan ta’limotlar qattiq tanqid ostiga olindi. Eng achinarlisi shuki, o‘z milliy madaniyati, urf-odati va an’analariga sodiq bo‘lgan, ularni saqlab qolishga intilgan ziyolilar, shoir va yozuvchilar quvg‘inga uchrab, qatag‘on qilindi. 1922 yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) ijtimoiy gumanitar fanlar fakultetida falsafa fanidan o‘quv mashg‘ulotlarining olib borilishi, bu boradagi dastlabki qadam bo‘ldi. Falsafa bo‘limida o‘qitiladigan fanlarning differensiallashuvi natijasida “Mantiq”, “Falsafa tarixi” va “Dinshunoslik” kafedralari tashkil qilingan. O‘sha yillarda falsafa bo‘limi professor-o‘qituvchilari nafaqat o‘quv jarayoni, balki ilmiy ishlar sohasida ham faol ishtirok qilganlar. I.Mo‘minov (1908-1974) o‘zbek faylasuflaridan birinchi bo‘lib, totalitar tuzumning millatni ma’naviy qadriyatlardan mahrum etish, milliy ongni buzish va o‘z-o‘zini anglashga yo‘l qo‘ymaslikka intilib, kommunistik mafkurani shakllantirishga jon-jahdi bilan harakat qilayotgan bir paytda, tarixiy va ma’naviy merosni, o‘zbek xalqi va Markaziy Osiyoning boshqa xalqlari yaratgan boy ma’naviy qadriyatlarni har tomonlama o‘rgandi. Tulenov Jondor (1927-2002) ijodi dialektika va bilish nazariyasi, ilmiy tafakkur uslubi masalalariga bag‘ishlangan. X.Xayrullaev (1931-2004) Asosiy faoliyati Abu Nasr al Forobiyning ilmiy ijodini o‘rganish va sharhlashga bag‘ishlangan. Download 48.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling