Guruh talabasi Mamirjonova Shahnoza


Download 0.65 Mb.
Sana29.01.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1137382
Bog'liq
Презентация

52-20 guruh talabasi Mamirjonova Shahnoza

Mavzu: ISSIQLIK Nurlanishining qonunlari .

Reja:

  • 1. Issiqlik nurlanishining qonunlari.
  • 1.1. Stefan-Bolsman qonuni.
  • 1.2. Vin qonuni.
  • 1.3. Reley-Jins formulasi.
  • 1.4. Vin formulasi.
  • 2. Plank formulasi.
  • 3. Kvant o‘tishlar.
  • 3.1. Spontan va majburiy o‘tishlar.
  • Stefan-Bolsman qonuni. Absolyut qora jismning to‘la nur chiqarish qobiliyatining temperaturaga bog‘liqligi Stefan-Bolsman qonuni bilan ifodalanadi. Qonun quyidagicha ta’riflanadi: absolyut qora jismning to‘la nur chiqarish qobiliyati uning absolyut temperaturasining to‘rtinchi darajasiga proporsional:(1.8)(1.8) formulada σ– Stefan-Bolsman doimiyligi bo‘lib, uning tajribada aniqlangan son qiymati quyidagicha: σ=5,6710–8 Vtm–2 K–4,yoki σ=5,6710–8 Jm–2 s–1K–4,bu yerda σ– nurlanayotgan jismning xossalariga bog‘liq emas. σ– berilgan temperaturada nurlanayotgan jismning 1 m2 sirtidan bir sekundda chiqarilgan issiqlik miqdorini bildiradi. Stefan-Bolsman qonuni 1879-yilda avstriyalik fizik Stefan tomonidan tajribada aniqlangan, 1884-yil Bolsman tomonidan nazariy asoslangan.Absolyut qora jismning to‘la nur chiqarish qobiliyati­ning to‘lqin uzunlikka bog‘liq­ligi turli temperaturalar (T1T2T3) uchun rasmda keltirilgan. Rasmdagi egri chiziqlar turli temperaturalar­da tajribada aniqlangan bo‘lib, ulardan quyidagi xulosalar chiqadi:
  • 1. Absolyut qora jism issiqlik nurlanishining spektri uzluksizdir.
  • 2. Temperatura ortishi bilan absolyut qora jismning to‘la nur chiqarish qobiliyati ortadi, nur chiqarish qobiliyatining maksimumiga to‘g‘ri keladigan to‘lqin uzunligi qisqa to‘lqinlar tomonga (chap tomonga) siljiydi.
  • 3. Grafikdagi egri chiziqlar turli temperaturalarda absolyut qora jism nurlanish energiyasining to‘lqin uzunliklar bo‘yicha taqsim­lanishini ifodalaydi. Egri chiziqlarda maksimum mavjud bo‘lib, bu maksimum nur chiqarish qobiliyatining maksimumiga to‘g‘ri keladi.
  • 4. Har bir temperaturada taqsimlanish egri chizig‘i va absissa o‘qi orasidagi yuza, shu temperaturada absolyut qora jismning nur chiqarish qobiliyatini bildiradi.Vin qonuni. Muvozanatli issiqlik nurlanishi energiyasining to‘lqin uzunliklar bo‘yicha taqsimlanishini nemis fizigi V.Vin 1893-yilda nazariy jihatdan o‘rgandi. Vin o‘z izlanishlari natijalari asosida quyidagi xulosaga keldi: absolyut qora jism issiqlik nurlanishi energiyasining to‘lqin uzunliklar bo‘yicha taqsimlanishi zichligida maksimum mavjud bo‘lib, bu maksimum λmax to‘lqin uzunligiga to‘g‘ri keladi va quyidagi munosabat orqali aniqlanadi:(1.9)bu formulada λmax– absolyut qora jism nurlanishi energiyasining maksimumidagi to‘lqin uzunligidir, T– absolyut qora jismning absolyut temperaturasi, b– o‘zgarmas kattalik bo‘lib, Vin doimiyligi deyiladi, bning tajribalar asosida aniqlangan qiymati b=2,910–3 mK.
  • Kvant o‘tishlar. Atomning har bir diskret holati o‘z energiyasi bilan xarakter­lanadi. Atom bunday holatda ma’lum vaqt bo‘la oladi, bunday holat statsionar holat deyiladi. Atom energiyasi yuqori bo‘lgan holatdan energiyasi kichik bo‘lgan boshqa holatga o‘tganda holatlar orasidagi energiya farqi Eni yorug‘lik kvanti sifatida chiqaradi. Bunda chiqarilgan energiya chastotasi ko‘rinishda aniqlanadi.Xuddi shunday, atom energiyasi kichik bo‘lgan statsionar holatdan energiyasi yuqori bo‘lgan statsionar holatga o‘tishi mumkin. Lekin buning uchun atomga tashqaridan Eenergiya berish kerak. Spontan va majburiy o‘tishlar. Atom pastki energetik holatdan yuqori energetik holatga o‘tishi uchun fotonni yutishi kerak. Bunday o‘tish majburiy o‘tish bo‘ladi. Majburiy o‘tishda atomga nurlanish maydoni ta’sir qilishi kerak. Atomga tashqi nurlanish maydoni ta’sir qilmaganda, atom o‘z-o‘zidan yoki spontan ravishda pastki energetik sathdan yuqori energetik sathga o‘tmaydi, chunki bu energiyaning saqlanish qonuniga ziddir. Atomning yuqori energetik sathdan pastki energetik sathga o‘tishi ikki xil bo‘lishi mumkin: birinchisi, majburiy o‘tish, bu o‘tish atomga nisbatan tashqi sabablar ta’sirida bo‘ladi; ikkinchisi,spontan o‘tish, bu o‘tish atomdagi ichki sabablar ta’sirida bo‘ladi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling