Guruh talabasi ning


Oilada bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalash shakl, metod va vositalari


Download 232.5 Kb.
bet6/7
Sana05.05.2023
Hajmi232.5 Kb.
#1432319
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi namuna

2.2.Oilada bolalarni muvaffaqiyatli tarbiyalash shakl, metod va vositalari
Jamiyatimiz taraqqiyoti munosabati bilan oila, uning barcha hayotiy bosqichlari jiddiy o`zgarishlarga uchramoqda. Millatning tarixiy, milliy va regional xususiyatlarini hisobga olgan holda o`zbek oilalari taraqqiyotini umumiy va xususiy taraqqiyotlar asosida oilaviy tarbiyani maqsadga muvofiq yaxshilash lozim. Bu davlatning oilada yosh avlodni har tomonlama kamol toptirish jarayoniga qaratilgan ilmiy va amaliy tavsiyalardan biridir.
Oilaviy tarbiya deganda ota– onalarning o`z hayotlari, turmush tarzlari asosida bola shaxsida dunyoqarash asoslari, siyosiy, ahloqiy, estetik va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish maqsadida muntazam, izchil, g`oyaviy va ma’naviy ta’sir ko`rsatish jarayoni tushuniladi. O`zbek olimlari tomonidan olib borilgan ko`p yillik ilmiy tadqiqotlar shuni ko`rsatmoqdaki, O`zbekiston sharoitida oilaviy tarbiya, uning mazmuni va tashkil etilishi, oila va o`quv muassasalarining boshqa bo`g`inlariga ta’sir etuvchi o`ziga xos bir qancha ijtimoiy hamda tarbiyalash shart – sharoitlari mavjud bo`lib, ularni hisobga olmay ilojimiz yo`q.
Bulardan biri respublikamizning iqtisodiy sharoiti, iqlimi, tabiatning o`ziga xos xususiyatlari har bir o`zbek oilasining iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanishiga, oilaviy hayot sharoitining o`zgarishiga, binobarin, oiladagi bolalar tarbiyasiga sezilarli ta’sir etmoqda. Ikkinchidan, respublikamiz o`zining demografik, etnik, milliy shart – sharoitlari jihatdan ham o`ziga xos xususiyatlarga ega, bular aholining zich joylashishi va uning intensiv ko`payishidir. Uchinchidan, respublikamizning ma’naviy hayoti va uning o`ziga xos tomonlari muttasil rivojlanmoqda, ularning oilaviy tarbiyaga ta’siri kuchaymoqda.
Ahloqiy tarbiyani izchil va tartibli amalga oshirishda oila muhiti g`oyat muhim rol o`ynaydi. Inson ahloqiy, ma’naviy va ruhiy qiyofasining poydevori oilada qo`yiladi. SHuning uchun ham mashhur allomalar oila tarbiyasiga katta e’tibor berishgan hamda shu masalaga bag`ishlab qator qimmatli asarlar yozishgan. Dono xalqimiz «Bola — boshidan, nihol — yoshidan» degan naqlni bejiz aytmagan. Modomiki shunday ekan, yosh avlodni tarkib toptirish, tarbiyalash ishini yoshlikdan, oiladan boshlash kerak. Bi-nobarin, oiladagi tarbiya jarayonida har bir daqiqa va fursatni qo`ldan boy berish orqali ota-onalar keyinchalik ko`pgina qiyinchiliklarga duch keladilar. Axir, noto`g`ri tarbiya tufayli nafs balosi o`qiga giriftor bo`lgan o`n gulidan bir guli ham ochilmay turib umri hazon bo`lgan yoshlar kammi? Donishmand tili bilan aytganda, «Qapg`a ochlik, tashnalikning qiyinchiligini sezsa, muzni teshadi; bekinib turgan ovchini ko`rmay, uning tuzog`idagi donlar uchun parvo qilmay kiravsradi
O`zbek xalqining ko`p asrlik boy madaniyati va tarixi bor. Mazkur madaniy meros jamiyatdagi jamiki ma’naviy boyliklarni o`z ichiga qamrab oladi. Ayniqsa, O`rta Osiyo xalqlari pedagogikasi, ma’naviy-madaniy tarixi boy merosga ega bo`lib, ularning mohiyati, mazmuni xalq ijodiyotida, ilg`or mutafakkirlarning asarlarida aks yetgat. Xususan, jumhuriyatimiz xalqlarining pedagogika va ruhshunoslik fanlari buyicha merosini o`rganish ishlari hali o`zining ko`pgina tadqiqotchilarini kutib turibdi. Hatto bir necha asrlar ilgari At-Termiziy, Ismoil Buhoriy kabi allomalarning inson ma’naviy olamini boyitadigan durdona yodgorliklari, xususan, «Qur’oni karim» mazmunini yoritadigan hadislar majmuasi musulmon olamining hayotbahsh oftobidir.
Ma’lumki, yosh avlodga maqsadga muvofiq tarbiya berish uchun ota-onalar ham tarbiyaning vazifasi, maqsadi, vositalari, shart-sharoitlari yuzasidan har tomonlama bilimga ega bo`lishlari, farzandlarining yoshi va o`ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ish yuritishlari lozim.
O`zbek oilasida bola tarbiyalashning ishontirish, tushuntirish, nasihat, ibrat-namuna ko`rsatish, yaxshi fazilatlarni mashq qilish, rag`batlantirish, tanbeh berish, ogohlantirish, jazolash kabi usullari qo`llaniladi.
Oilada bola tarbiyasining o`ziga xos qoidalari mavjud bo`lib ota-onalar ulardan o`rinli foydalanishlari lozim. Xususan, ular quyidagicha:
1) oilada hissiy moslik, ruhiy hotirjamlik va iliq iqlim yaratish;
2) ota-ona obro`sini saqlash;

  1. tarbiyada ota-ona, kattalar o`rtasida talabchanlik birligi;

  2. bola shaxsini mehnatda tarbiyalash;

  3. oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi;

  4. bolani sevish va izzat qilish;

  5. oilada qat’iy rejim va kun tartibi o`rnatish;

  6. tarbiyada bolalarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish;

  7. bola tarakqiyotini aniqlab borish;

10) bolada mustaqillik, tashabbuskorlik sifatlarini xosil etish va boshqalar.
Oilaning ma’naviy dunyosini takomillashtirish uchun unda zarur ruhiy hotirjamlik, ibratli ruhiy munosabat, o`zaro totuvlik yaratilgan bo`lishi zarur. Ota-onalar o`rtasidagi o`zaro munosabatda hamjihatlik, mehr-oqibat, o`zaro hurmat, shirinsuhanlik, bir-biriga g`amho`rlik mavjud bo`lsa, bunday muomala, munosabat bola tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladi. Ular o`z farzandlariga chinakam baxt, quvonch hadya etadilar.
Oila a’zolarining did-farosati, qiziqishi, mayllari, ehtiyojlari, intilishlari o`zaro bir-biriga munosib bo`lsa, onaning inoq, axil turmush kechirishlariga, oilaviy munosabatlarning mustahkam bo`lishiga puhta zamin hozirlaydi. Muayyan darajada shart-sharoitlarning mavjudligi, ota-onaning o`zaro bir-birlarini tushunib turmush kechirishlari, maqsad va vazifalardagi birlik, yuzaga keladigai ziddiyatlarni birgalikda bartaraf eta olishlari mustahkam oila muhitini shakllantiradi.
Ota-ona obro`sini orttirishda, eng avvalo, ibrat-namuna muhim rol o`ynaydi. Oilada tarbiya ishini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ota-ona tinmay o`zlarini tarbiyalab borishlari kerak. O`zlarida etishmaydigan sifat va fazilatlarni to`ldirib, mavjud illatlarni batamom tugatishlari lozim. Chunki ota-onalarning tarbiya jarayonidagi ists’dodi — bu farzandlarga nisbatan muhabbat va sadoqatdan iboratdir.
Ota-ona farzandlar o`rtasida obro`ga ega bo`lishlari uchun qator chora va tadbirlarni amalga oshirishlari zarur. Dastavval ular turli yoshdagi farzandlari ruhiy dunyosiga mos muomala qilishlari darkor. Kichik, o`rta va katta yoshdagi o`g`il-qizlar bilan muloqotda ularning yosh xususiyatlariga mos muomalada bo`lish shart.
Ota-onalar farzandlari davrasida obro` orttirish uchun ular­ning ruhiy dunyosiga asta-sekin kirib borishlari ayni muddaodir. Chunki bolalar ota-onalar qalbiga yaqinlashish uchun kichkintoylar «ot-ot» o`ynashni, o`rta yoshdagilar musobaqalashishni yoki bellashishni, kichik yoshdagi o`quvchi bolalar esa ertaklar olamiga kirishni, o`spirinlar oilaviy, ijtimoiy masalalar yuzasidan munozara yuritishni yoqtiradilar. Chin obro`ga ega bo`lmoqchi bo`lgan har bir ota-ona qimmatli vaqtlarini o`z farzandlaridan hech ayamasliklari kerak. Bolalar ruhiy dunyosiga kirish bachkanalik emas, balki tarbiya vositasidir. Farzandlarning talab va ehtiyojlarini oqilona qondirib borish ularni bir-birlariga tobora yaqinlashtiradi, obro`lariga obro` qo`shadi.
Oila davrasida ota-onalarning kuzatuvchanligi, sezgirligi va hozirjavobligi muhim ahamiyatga ega. Mayda-chuyda narsalar ham diqqat-e’tibordan chetda qolmasligi, ularga shaxsiy fikr-mulohazalar bildirishlari farzandni xushyor torttiradi. Ular o`zlarining nuridiydalarida bunday ajoyib xislatlarning mavjudligidan cheksiz quvonadilar.

Ota-onalarning odilona me’yorli talabchanligi obro` orttirishning eng muhim yullaridan biridir. Farzandlarning kuchiga, qobiliyatiga, qiziqishiga binoan aqliy va jismoniy topshiriqlar berilishi va o`z vaqtida ularning natijasini tekshirish bolalarda qat’iyatlikni vujudga keltiradi, natijada katta yoshdagilarga nisbatan ularda ihlos ortadi. Ihlos, hurmat, obro`ning uzviy zanjiri bo`lib hisoblanadi. SHuning uchun unga alohida e’tibor berish farzand kamoloti uchun muhim ahamiyatga ega.


Shuningdek, ota-onalarning samimiyligi va g`amho`rligi ularga katta obru keltirishi mumkin. Ulardagi samimiylik, g`amho`rlik fazilatlari farzandlar yuragida uchmas iz qoldirib, to`g`ri yo`l topa oladi. Ularning ibratli xarakter xislatlari bolalar qalbida kelgusi orzu-umidlari gulshani sifatida katta rol o`ynaydi; binobarin, ularga nisbatan ishonch, intilish, moyillik kabi istiqbol sifatlari vujudga kela boshlaydi. Ota-ona obro`si ortishi uchun ularda ma’naviy qiyofa, ahloqiy baynalmilallik, go`zallikka qarashlari, barqaror e’tiqod bo`lmog`i zarur.
Oilada totuvlikning mavjud bo`lishi barcha muvaffaqiyatlarning garovidir. Chunki oila a’zolarining bir-biriga bo`lgan munosabatlari kelajak avlodning qanday shaxs bo`lib voyaga etishiga o`z ta’sirini ko`rsatadi. Xo`sh, oila quchog`ida qanday munosabat vujudga kelganda unda totuvlik, bir-birlarini tushunish holati hukm suradi?
Farzandlarning ruhiy xususiyatlaridan qariyalar, tajribali ota-onalar o`z turmush tajribalari orqali bir oz bo`lsada habardorlar. Lekin ulardagi bilimlar ruhiyat qonuniyatlariga, bolalarning yosh va shaxsiy xususiyatlariga asoslanmagan bo`ladi. Shu tufayli qariyalar yoki katta yoshdagi kishilar bilan bolalar o`rtasida «anglashilmovchilik g`ovi» vujudga keladi. Bunday munosabatni tubdan o`zgartirish lozim. Bu narsani o`zgartirish uchun ularni psixologiya va pedagogika hakidagi bi­limlar bilan muayyan darajada qurollantirish kerak.
O`z-o`zidan ma’lumki, bolalarning ruhiy xususiyatlarini qariyalarga hamda katta yoshdagilarga tanishtirish oilada totuvlik, hamjihatlik, iliq ruhiy iqlimni barpo qiladi. Bolalar­ning katta yoshdagilarga va qariyalarga bo`lgan iliq munosabati, mehr-muhabbati, namuna-timsol yoki maslak sifatida qarashi va boshqa jarayonlar orqali o`zaro tushunuv namoyon bo`ladi. Farzandlarga nisbatan qilingan yumshoq yoki qo`pol muomala ularning ruhiy dunyosida ijobiy yoki salbiy taassurot qoldiradi. Kishi kayfiyati yo ko`tariladi yoki mutlaqo buziladi.
Qariyalar va ota-onalar farzandlarining fe’l-atvori va xulqini, qobiliyati va qiziqishini, umuman olganda, ularning ruhiy dunyosini chuqur bilgan taqdirdagina oilada normal (mu’tadil) ruhiy iliq iqlim mavjud bo`lishi mumkin.
Kichik yoshdagi bolalar maktab ostonasiga oyoq bosishi bilan o`yin faoliyati o`rnini o`qish faoliyati egallay boshlaydi. Ba’zan ular qiyinchiliklar oldida bardosh bera olmay injiqlik qiladilar. Bunday holatning oldini olish uchun uni erkalatmaslik, hamisha qo`ygan talabini qattiqqo`llik bilan amalga oshiravermaslik darkor. Uning o`rniga yo`l-yo`riq ko`rsatish, tushuntirish ishlarini olib borish maqsadga muvofiq. Faqat ana shundagina unda irodaviy sifatlar shakllanadi.
Bunday yoshdagi bolalarga oilada talab bir xil bo`lishi yaxshi natija beradi. Ularning talab va istaklarini dalillar asosida tushuntirishga harakat qilish, noto`g`ri yoki qalbaki ahborotlar berishdan saqlanish kerak. Yolg`on javob berish orqali ota-onalarning farzand oldida obro`si pasayadi, chunki ular uyda olingan javob bilan o`qituvchisining javobini solishtiradilar va shu asnoda kim haq yoki kim nohaq ekanligini aniqlaydilar. Ular uchun boshlang`ich sinf o`qituvchisi donishmand, bilimdon, ishbilarmon shaxs rolida namoyon bo`ladi.
Oilada kattalar obro`si qo`rqitish asosida vujudga kelmasdan, balki samimiylik ila hurmat zamiriga qurilishi maqsadga muvofiqdir. Oila a’zolarining inoqligi, xatti-harakati, kiyinishi, mehnat faoliyati, o`zga kishilar to`g`risidagi suhbatlari va ularning boshqa sifat hamda fazilatlari bolaning murg`ak tasavvuriga yangi timsollarni olib kiradi. Kichik yoshdagi bolalar tarbiyaga beriluvchan hamda kattalarga ishonuvchan bo`ladilar. Ota-onalar ularning bu xususiyatlarini inobatga olgan holda muloqotda bo`lsalar, oilada totuvlik qaror topadi. SHu fazilatlar bola ongiga singib boradi va u kelajakda ahloqan sog`lom o`smir bo`lib etishadi.
O`smirlik davrida (11—15 yoshlar) bolalarning ruhiy dunyosida katta o`zgarishlar yuz beradi. Bu o`zgarishlarga qator sabablar ta’sir qiladi. Jumladan, uning biologik jihatdan taraqqiyoti, jinsiy o`sishi, pedagogik jamoa ko`lamining kengayishi, qurshab olgan muhit ta’siri va boshqa omillar. Ana shu omillar ta’siri natijasida uning ruhiyatida keskin burilish yasaladi. Shuning uchun maktabda, oilada va kucha-kuyda o`zini tutishi o`zgaradi; ahloqiy masalalarga qarashi boshqacharoq tus oladi. Xuddi shu davrda o`smirlarda shaxsiy fikrini ma’qullash, boshqalar fikriga tanqidiy munosabatda bo`lish, kamchiliklariga o`z vaqtida iqror bo`lmaslik, o`jarlik, o`zbilarmonlik, o`zini kattalardek his etish kabi xususiyatlar ko`zga tashlana boshlaydi.
Ota-onalar o`smirlar bilan muloqotga kirishishda ularning izzat-nafsiga tegmasligi hamda kalaka qilmasligi zarur. U holda ota-onaga bo`lgan mehr-muhabbat, samimiy hurmat o`rnini nafrat, hasad egallashi mumkin. Hamisha ularga haqiqatni silliq muomala orqali tushuntirish darkor: «O`g`lim, ugit-kengashimni qulogingga ol, bilimsizlikni tashla. Kimning talqoni bo`lsa, shinniga qoradi. SHuningdek, aqlli kishi nasihatni qabul qiladi»
Kichik yoshdagi bolalar hayotida o`yinning ahamiyati katta. Atoqli pedagoglar «bola kichikligida o`yin faoliyatiga qanday munosabatda bo`lsa, katta bo`lganida ham mehnat faoliyatiga huddi shunday muno­sabatda bo`ladi», deb ta’kidlaydilar. Krupskayaning fikricha, 5—6 nafar bolaning boshini qovushtirib, ularni o`yin faoliyatiga jalb eta olgan, o`yinning borishini muvaffaqiyatli tashkil etib, o`z tengdoshlari faoliyatini to`g`ri uyushtirayotgan bolalardan kelgusida davlat arboblari etishib chiqishi ehtimoldan holi emas. Bunga misol tariqasida jahongir Amir Temurni olishimiz mumkin.
Ertaklar, badiiy adabiyot va san’at asarlari kichik yoshdagi bola­larning murg`ak qalblarini to`lqinlantirib, ularning estetik va ahloqiy jihatdan shakllanishlarida g`oyat muhim rol o`ynashi hammaga ma’lum.
Bolaning faoliyatini to`g`ri tashkil etishda oilaning roli nihoyatda katta ekanligi to`g`risida o`zbek ma’rifatparvarlari g`oyatda qimmatli fikrlarni bayon yetgatlarki, o`qituvchi bu to`g`ridagi zarur fikrlarni Abu Rayhon Beruniyning «Minerologiya», Ibn Sinoning «Tib qonunlari», I. Husanxo`jaevning «Alisher Navoiy ta’lim va tarbiya haqida», Abdulla Avloniyning «Toshkent tongi», T.N.Qori Niyoziyning «Hayot maktabi» kitoblaridan, Abu Nasr Forobiyning mulohazalaridan olishi mumkin.
Abu Nasr Forobiyning e’tiqodiga ko`ra, «O`zida o`n ikki tug`ma xislatni birlashtirgan kishigina ahloqli odam bo`la oladi». «Birinchidan bunday odamning barcha a’zolari shu darajada mukammal taraqqiy yetgat bo`lishi zarurki, u bu a’zolari bilan bajarmoqchi bo`lgan barcha ishlarini osonlik bilan amalga oshira olsin; (ikkinchidan) barcha masalani, muhokama va mulohazani tezda va to`g`ri tushuna oladigan, uning ma’nosini anglay oladigan, so`zlovchining maqsadi va aytilgan fikrining chinligini tezda payqay oladigan bo`lsin; (uchinchidan) hotirjam, juda baquvvat bo`lsin, ko`rgan, eshitgan, sezgan narsalarining birortasini ham esidan chiqarmay, yodida saqlab qoladigan bo`lsin; (to`rtinchidan) zehni shu darajada tez va o`tkir ishlasinki, biron narsaning alomatini sezishi bilan, bu alomat nimani bildirishini tez bilib olsin; (beshinchidan) so`zlari aniq bo`lsin, fikrlarini va aytmoqchi bo`lgan mulohazalarini ravon va ravshan bayon eta olsin; (oltinchidan) bilish va o`qishga muhabbati bo`lsin, o`rganmoqchi bo`lgan bilimini charchashni sezmasdan osonlik bilan o`zlashtira olsin; (ettinchidan) ovqatlanishda, ichimlik iste’mol qilishda ochko`z bo`lmasin, tabiati qimor o`yinlarini o`ynashdan uzoq bo`lsin va ular keltiradigan hursandchilikdan jirkanadigan bo`lsin; (sakkizinchidan), haqiqatni va haqiqat tarafdorlarini sevadigan bo`lsin, yolg`on va yolg`onchilarga nafrat bilan qaraydigan bo`lsin; (to`qqizinchidan) ruhi g`ururli va o`z vijdonini qadrlaydigan bo`lsin, uning ruhi o`z tabiati bilan past ishlardan yuqori va olijanob ishlarga intiladigan bo`lsin; (o`ninchidan) dirham, dinar va shu kabi turmush buyumlariga jirkanish bilan qarasin; (o`n birinchidan) o`z tabiati bilan adolatli va adolat uchun kurashuvchilirni sevadigan, adolatsizlik va jabr-zulmga hamda jabr-zulm o`tkazuvchilarga nafrat bilan qaraydigan bo`lsin, o`z odamlari va boshqalarga adolatli bo`lsin, go`zal va yaxshi hisoblangan narsalarini barchaga taqdim yetgat holda, odamlarni adolatga targ`ib etadigan va adolatsizlik natijalarini yo`qotadigan va ularga yo`l qo`ymaydigan bo`lsin; (o`n ikkinchidan) adolatli bo`lsin, ammo qaysar bo`lmasin, adolat oldida qaysarlik qilib, o`zbilarmonlikka berilmasin, lekin har qanday adolatsizlik va pastkashlik oldida qat’iy bo`lsin, o`zi zarur deb bilgan narsasini amalga oshirishda qat’iylik ko`rsatish va qo`rqmas, jasur bo`lsin, qo`rqish va ojizlikni bilmasin».
O`qituvchi Forobiyning hayotga, odamlarga, ijtimoiy muhitga bo`lgan holis, sog`lom qarashlarini alohida ta’kidlab, bu to`g`rida o`z fikrini qo`yidagi so`zlar orqali asoslaydi: “Forobiy razil, iflos xislatlarni qoralash, ahloqsiz shaxslarni fosh qilish va ularga olijanob ahloqiy xislatlarni qarama-qarshi qo`yish bilan ham jismoniy, ham ahloqiy, har jihatdan yetuk va mukammal bo`lgan inson idealini yaratadi va uni har qanday ta’lim-tarbiyaning maqsadi sifatida namuna qilib qo`yadi»
Alisher Navoiy yosh avlodni voyaga etkazishda ta’limni tarbiya bilan birga uzviy bog`lab olib borish zarurligini qayd etadi. Ota-onaning hamda o`qituvchining jamiyat oldidagi vijdoniy burchi, vazifasi bolaga ilm o`rgatish va uning ma’naviy qiyofasini xush-xulq, xushodob bilan bezashdir, deb uqtiradi.
Shoir, yozuvchi, tarjimon, pedagog, davlat arbobi Abdulla Avloniyning ma’rifatparvarlik g`oyalari farzandlarni voyaga etkazishda har bir oila, ota-ona uchun dasturulamal ta’limotdir. Ayniqsa, uning didaktik (ta’limiy) mazmunda yozgan va ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo`lgan «Turkiy guliston yohud Ahloq» asari g`oyat mashhur bo`lib, Abdulla Avloniy umrini abadiylashtiruvchi mangu obidadir.
Tajriba va kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, oilada bolalar faoliyatini to`g`ri tashkil etish ularning kelajagini yaratishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo`lsada, biroq, ota-onalar bunga yetarlicha ahamiyat bermaydilar. Ota-onalarning beparvoligi, beg`amligi, loqaydligi tufay­li bolaning qimmatli vaqti ko`pincha behuda o`tadi.
Kun tartibiga amal qilmaslik vaqtdan unumli foydalana bilmaslikni keltirib chiqaradi. Hatto uyda dars tayyorlash uchun ma’lum tartib-qoidalar borki, bola bu tartib-qoidalarga qat’iy amal qilishi, o`z navbatida, ota-onalar bu faoliyatni nazorat qilishlari lozim. Mutahassislarning fikricha, bola dars tayerlashi uchun mustaqil ish stoliga ega bo`lishi va dars qilayotganida bu stolda tegishli daftar-kitoblardan bo`lak ortiqcha narsalar bo`lmasligi zarur. Hatto qaysi o`quv fanlari bo`yicha uy vazifalarini qachon, qay tarzda bajarish shartlari mavjud bo`lib, bunda:
a) dars tayyorlashni o`rtacha qiyinchilikdagi o`quv fanidan boshlash;
b) keyin qiyin o`quv fanlarini (matematika, fizika va h. k.) tayyorlash;
v) ohirida esa oson o`quv fanlari bilan shug`ullanish maqsadga muvofiqdir.
Har bir 45 minutlik dars tayyorlash faoliyatidan so`ng 10-15 minut tanaffus qilish kerak. Atoqli pedagog A.S.Makarenko tavsiya yetgat bu tartib metodik tomondan hamon ahamiyatlidir.
Uy sharoitida o`g`il bolalar bilan qiz bolalar bajaradigan ishlar, turli yumushlarda ma’lum darajada farq bor, albatta. Biroq o`rni kelganda har ikkala jinsdagi bolalarning duch kelgan yumushlarni bajarishlari foydadan holi emas. Bu to`g`rida N.K.Krupskaya «Ayollar bajaradigan ishlarni o`g`il bolalarga o`rgatish kerakmi?» degan maqolasida ham yozgan edi.
Bolalarni ozodalikka, saranjom-sarishtalikka, mehnatni qadrlashga, kattalarni, ayniqsa, keksalarni hurmat qilish va mehribonlik, kichiklarga g`amho`rlik ko`rsatishga o`rgatish g`oyatda muhimdir, ota-onalar buni farzandlariga uqtirib, ular faoliyatiga katta e’tibor bilan qarashlari lozim. Ular o`g`il-qizlarining xatti-harakatlaridan ogoh bo`lib turishlari, hatto kichik bo`lib ko`ringan hato va kamchilik uchun ham murosasiz bo`lib, ularni tez orada bartaraf etish choralarini ko`rishlari lozim. Chunki bugun arzimas bo`lib ko`ringan kichik hato ertaga katta hatolarga yo`l ochib beradi buning oqibati yomon bo`ladi.
Oilada to`ng`ich farzand boshqa farzandlarga g`amxo`r, mehribon bo`lishi lozim. Xalqimizda «Katta arava qayerdan yursa, kichik arava ham shu yoqda yuradi» degan naql bor. Zero, to`ng`ich farzand o`zining barcha yaxshi fazilatlari bilan boshqa kichik bolalarga namuna bo`lishi kerak.
Olimlar fikricha, oilada bolalar kitobxonligini mohirona tashkil etish ahloqiy go`zallik tarbiyasida katta rol yo`naydi. Shunga ko`ra, bolalar kitobxonligini tashkil etishda oila va maktab hamkorligini o`rnatish, bunda maktabning etakchilik rolini oshirish maqsadga muvofiqdir. Keyingi paytda Yassaviyning «Hikmat»lari, hadis namunalari kabi qator kitoblar ko`p nushada nashr etildi.
Oilada bolalarning kitobxonligini uyushtirishni qo`yidagicha amalga oshirish mumkin:

  1. Har qaysi yoshdagi bolalar uchun badiiy asarlarni to`g`ri tanlash.

  2. Ma’lum tartib asosida badiiy kitoblarni o`qish uchun vaqt hamda sharoitni to`g`ri belgilash.

  3. Badiiy asarlarning tarbiyaviy tomondan ta’sir etadiganlarini tanlash va kerakli adabiyotlarni to`plab, oila kitobxonasini tashkil etilishi; kattalar va bolalar kitoblari alohida javonlarda tartibli saqlashnishi kerak.

  4. Bolalar kitobxonligini bog`cha va maktab bilan hamkorlikda uyushtirish. Bunda metodistlar va sinf rahbarlari, mutahassislar bilan doimiy aloqa o`rnatish.

  5. Oilada bolalar kitobxonligini uyushtirishda turli usullarni topish.

Tajriba va kuzatishlar oilada bolalar kitobxonligini uyushtirishda suhbat, ifodali o`qish, hikoya, bahs-munozara metod va usullaridan foydalanish yaxshi samara berishini ko`rsatadi.


XULOSA
Ta’lim-tarbiya muassasalari oila va jamoatchilik tarbiyasini tashkil etishda hal etuvchi vazifani bajaradi. Tarbiyaviy ta’sirni muvofiqlashtirishda u o`z ishini qaytadan tashkil etishi, oilalarga yaqinlashish yo`llarini izlashi, pedagogik ma’lumotlarni kengroq yoyib borishi zarur.
Ta’lim-tarbiya muassasasi, oila va jamoatchilikning tarbiyaviy ta’sirini muvofiqlashtirish quyidagi tashkiliy shakllarda amalga oshiriladi:
- Ta’lim-tarbiya muassasalari jamoasi, ota-onalar qo`mitasi, jamoatchilik kengashi, klublar kitobxonalar, stadionlar, huquqni himoya qilish organlari, uchastka nozirlari va sog`liqni saqlash muassasalari ish rejalarini muvofiqlashtirish, har bir tomon vazifalarini aniqlab berish;
- Ta’lim-tarbiya muassasalari kuchiga tayanib ota-ona va jamoatchilik vakillarini bolalar hamda oilalar bilan ishlashga o`rgatishni tashkil etish;
- tarbiyaviy-tashkiliy ish hamda pedagogik madaniyat tashviqotining ayni paytdagi ahvolini va natijalarini chuqur o`rganish, birgalikda muhokama qilish, navbatdagi ishlarni belgilab olish kabilarni o`z ichiga oladi.
Ta’lim-tarbiya muassasalari oila va ota-onalar bilan asosiy ishini ota-onalar kengashi orqali amalga oshiradi. Bu kengash hamkorlikda faoliyat ko`rsatish rejasiga ega bo`lib, umumiy faoliyat tashkilotchisiga aylanadi, ishni nazorat qilib boradi. Keyingi paytlarda ota-onalar qo`mitasi o`z vakolatlarini to`liqligicha amalga oshirmay, o`z ishida yuzakichilikka yo`l qo`ymoqda. Ular:
- Ta’lim-tarbiya shakl va mazmunini tanlashda qatnashish;
- Ta’lim-tarbiya rejalarini tuzishda ishtirok etish;
- kun tartibini o`zgartirish va uning muhokamasida qatnashish;
- tarbiyalanuvchilarni qobiliyat va moyilliklariga qarab guruhlashtirishda ishtirok etish;
- mehnat va dam olishni tashkil etishda qatnashish;
- tarbiyalanuvchilarga tibbiy xizmat ko`rsatishda qatnashish;
- rag`bat va jazo tizimini ishlab chiqishda ishtirok etish;
Ota-onalar qo`mitasi hamda hamkorlikdagi pedagogik madaniyati tashviqoti guruhi ishini muvofiqlashtirish o`z samarasini berishi tayin.
Ota-onalar qo`mitasiga katta hayotiy va pedagogik tajribaga ega bo`lgan o`qituvchilarning kiritilishi ko`zlangan maqsadga erishishning asosiy omilidir. Ota-onalar qo`mitasining asosiy vazifasi pedagogik ta’limni tashkil etish va ularni amalga oshirishdir. Pedagogik o`qishlar, ota-onalar universitetlari davra suhbatlari, anjumanlar, ota-onalar maktabi kabilar shu vazifani amalga oshirishga qaratilgan. Bularning barchasi farzand tarbiyasi bilan shug`ullanayotgan fuqarolarning pedagogik ma’lumotini oshiradi, o`z farzandlarini yaxshiroq tarbiyalashga o`rgatadi, murakkab muammmolarni hal etishda yordam beradi, yuzaga keladigan nizolarni bartaraf etishda qo`l keladi, bolalar bilan dildan suhbatga o`rgatadi.
Pedagogik madaniyat tashviqoti guruhi va ota-onalar qo`mitasi faollari bu o`qishlarga ko`proq oilalarni jalb qilishga harakat qiladi. Aksariat oila boshliqlari o`z farzandlarining qobiliyatli va madaniyatli, tarbiyali va a’lochi bo`lib ulg`ayishlarini xohlaydi. Mana shu tabiiy intilish asosida oila va ta’lim-tarbiya muassasalari o`rtasida iliq munosabat o`rnatiladi.
Ta’lim-tarbiya muassasasi va oilaning hamkorlikdagi faoliyati bolalarda ahloqiy sifat, jismoniy sog`liq, aqliy rivojlanish, estetik didni shakllantirishga qaratilgan.
Kelajak avlodni tarbiyalash birgina ota-onaning vazifasi hisoblanmaydi, balki keng jamoatchilik aralashuvini talab qiladigan jarayon hisoblanadi. Bu boradagi keng jamoatchilik harakati ham tarbiyachi-pedagog hodimlar tomonidan amalga oshiriladi.

Download 232.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling