Guruh talabasi nurmamatova munisaning
Download 446.88 Kb. Pdf ko'rish
|
3-kurs A guruh talabasi Nurmamatova Munisa (2)
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI “O’ZBEK TILI ADABIYOTI” FAKULTETI 3-KURS “A” GURUH TALABASI NURMAMATOVA MUNISANING “HOZIRGI O’ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN “O’ZBEK MAQOLLARIDA GAP BO’LAKLARINING TAHLILI” MAVZUSIDA
Ilmiy rahbar: f.f.doc. Yarasheva N
Navoiy-2020-yil Mundarija Kirish ……………………………………………………3-4-bet I bob. O’zbek xalq maqollarida bosh bo’laklarning o’rni 1.1. Ega va uning maqollarda ifodalanishi………………5-7-bet
1.2. Maqollar tarkibida kesim turlarining kelishi............8-10-bet II bob. Ikkinchi darajali bo’laklar va ularning ifodalanishi
2.1. Maqollarda qo’llangan aniqlovchi va to’ldiruvchilar, ularning turlari …………………………………….11-14-bet
2.2. Hol va uning maqollardagi tahlili………………...15-17-bet Xulosa………………………………………………….18-19-bet Foydalanilgan adabiyotlar………………………………...20-bet
Kirish Maqollar biz uchun asrlarning sadosi,uzoq o’tmish bilan hamnafaslik hissini uyg’otuvchi mangu chaqiriq,zamonlararo ko’prikdir. Maqol so’z ko’rkigina emas,dilning ham,umrning ham ko’rkidir. O’z qadrini bilgan odam so’zni pala-partish ishlatmaydi,uning asl ma’nosini qidiradi,bilib o’rniga qo’yib gapiradi. Hikmatlar… Har kuni har birimiz har kimdan eshitib,har kimga aytib yuradigan had-hisobsiz hikmatlar... Maqollar kishilarning aqlini o’tkirlashtiradi,nutqini ravshan va ta’sirchan qiladi,hayotda to’g’ri yo’lni tanlay bilishga ,hayotiy jumboqlar va muammolarni to’g’ri yechishga o’rgatadi,turmushning jamiki kata-kichik masalalari xususida qimmatli maslahatlar beradi. Umuman insoniyat yaratgan maqollarning tematikasi keng va rang- barangdir. Ayniqsa,she’riyati va didaktizmi bilan qadimdan mashhur bo’lib tematik jihatdan shu qadar boy va rang-barangki,ularda ijtimoiy hayotning eng murakkab muammolaridan tortib oilaviy hayotning eng kichik urf-odatlarigacha,oliy axloqiy normalardan tortib kishilar xarakteridagi mayda-chuyda nuqsonlargacha o’z in’ikosini topgan.
Xalqimizning asrlar davomida to’plagan boy hayotiy tajribasi son- sanoqsiz maqollarda umumlashtirilgan. Ularda ota-bobolarimiz bosib o’tgan yo’lni,kechirgan turmushlarini,shodliklari va chekkan azob- uqubatrlarini teran mazmunli pand-nasihatlarini,qadimgi davrlarda,o’rta asr va undan keying asrlarda yashagan ajdodlarimizning urf- odatlarini,an’analarini ko’ramiz.Xalqimiz asrlar davomida yaratgan va hozir ham yaratayotgan minglab ajoyib maqollar og’izdan-og’izga o’tib yuribdi.
Maqollar zamonlar osha tobora sayqallanadi,pishadi,mazmuni teranlashadi. Ba’zi hollarda esa buning aksicha,eshituvchi va talaffuz etuvchilarning muayyan maqolda aytilmoqchi bo’lgan ma’noni tushunmasligi yoxud eshitganini eslay olmay,o’zicha qo’shib chatishi yoki ma’lum bir fikrni isbotlash,ma’lum bir holni ifodalash uchun eshitgan maqoli tarkibidagi ayrim so’zlar o’rniga atayin boshqa so’zlar ishlatib,asl ma’nosi va mazmunini boshqa tomonga burib aytishi oqibatida ko’pgina maqollar keyingi avlodga asliga nisbatan noto’g’ri,mantiqqa zid tarzda qo’llaniladigan bo’lib qolgan. Maqollar mag’ziga ularni yaratgan xalqning asriy hayoti,dunyoqarashi,urf-odatlari singib ketgan. Modomiki shunday ekan, maqollarning tarixiy ildizlarini aniqlash,ularni g’oyaviy-tematik mazmunini ochib berish ko’p izlanishni,uzoq yillar mobaynida sabr-toqat bilan ish olib borishni taqozo etadi.
Maqollarni tahlil qilish jarayonida ularning to’g’ri va majoziy ma’nolarini,ularda uchraydigan arxaik so’zlarning asl va ko’chma ma’nolarini aniqlash maqsadida tarix,etnografiya fanlariga murojaat qilishga,turkey tillarning lug’atlaridan foydalanishga to’g’ri keladi. U yoki bu maqolning ma’nosi,und anima deyilmoqchi bo’layotganini aniqlash uchun maqolda keltirilgan mohiyatini to’g’ri anglamoq kerak.
I bob. O’zbek xalq maqollarida bosh bo’laklarning o’rni 1.1. Ega va uning maqollarda ifodalanishi Gapda so'zlar o'zaro grammatik munosabatga kirishib,gap bo'laklarini hosil qiladi. Gap bo'laklari vazifasini mustaqil so'zlar va gapda mustaqil so'zlar vazifasida kelgan yordamchi so'zlar bajaradi. Har bir gap bo'lagi boshqa gap bo'laklari bilan bo'lgan grammatik munosabatiga ko'ra belgilanadi, ya'ni har bir gap bo'lagi o'zi munosabatga kirishgan so'z bilan ma'lum sintaktik aloqada bo'ladi. Gap bo'laklari 5 ta: kesim, ega, to'ldiruvchi, aniqlovchi, hol. Kesim gapning asosini tashkil qiluvchi markazdir. Ega kesimga ergashib, kesimda
ifodalangan ish-harakatning bajaruvchisini ko'rsatadi. To'ldiruvchi, aniqlovchi, hol bo'laklari ega va kesimga ergashib kelib, ularni to'ldiradi, aniqlaydi yoki izohlaydi. Shuning uchun ular gapning ikkinchi darajali bo'laklari deyiladi. Gap kesimining qo'shimchalaridan anglashilib turgan shaxs-son ma'nosini aniqlashtiruvchi bo'lak egadir. Ega, asosan, k i m? n i m a? qayer? so'roqlariga javob bo'lib keladi. Ega doimo bosh kelishik shaklida bo'ladi, egalik va ko'plik shakllarini qabul qilishi mumkin. Ega maqollar tarkibida quyidagi so'z turkumlari bilan ifodalanadi: 1. Ot bilan: Bulbul chamanni sevar,odam-vatanni; 2. Olmosh bilan: Har kimniki o’ziga, oy ko’rinar ko’ziga; 3. Son bilan: Oltovlon ola bo’lsa,og’zidagin oldirar,To’rtovlon tugal bo’lsa tepadagini indirar; 4. Sifatdosh bilan: Qimirlagan qir oshar; Birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar; Ko’rmaganni ko’rgani qursin; O'qigan o'qdan o'zar, o'qimagan turtkidan shoshar. 5. Sifat bilan: Teng tengi bilan,tezak qopi bilan; Yaxshi bilib so’zlar,
6. Harakat nomi bilan: Yemoqning qusmog’i bor; Ilm olish-igna bilan quduq qazish; 7. Ravish bilan: Ko'p so'zning ozi yaxshi, oz so'zning o'zi yaxshi; 8. Modal so'z bilan: Bor so'zlaydi, yo'q o'ylaydi; 9. Taqlid so'z bilan: Qars ikki qo'ldan chiqadi. Sodda gaplar egali (shaxsli) va egasiz (shaxssiz) bo'lishi mumkin. Egasi mavjud bo'lgan gaplar shaxsli gaplardir. (Masalan, Biz bugun Samarqandga jo'naymiz), egasi mavjud bo'lmagan gaplar esa shaxssiz gaplardir. (Masalan, Bugun Samarqandga jo'naladi) Birinchi gapda ega (biz) ishtirok etgan, ikkinchi gapda esa ega ishtirok etmagan, kesimdan ifodalangan ish-harakatning kim tomonidan bajarilishi ma'lum emas. Xuddi shu kabi maqollarda ham ega ishtirok etishi yoki etmasligi mumkin. Masalan, Qarg’a qarg’aning ko’zini cho’qimaydi maqolida ega ishtirok etgan. Bu yerda ega qarg’a so’zi bilan ifodalangan.
Bunday gaplar shaxssiz gaplar deyiladi. Egasi yashiringan gaplar ikki turlidir: 1. Egasi (shaxsi) ma'lum gaplar. 2. Egasi (shaxsi) umumlashgan gaplar.
Egasi ma'lum gaplarda gapning egasi matndan, nutq sharoitidan, kesimning shaxs-son shakllaridan ma'lum bo'lib turadi. Bunday gaplarning kesimi, odatda, I va II shaxs shaklida bo'ladi. Egasi umumlashgan gaplarda gapning umumiy mazmuni barcha shaxslarga aloqador bo'ladi. Bunday gaplarning kesimi II va III shaxs shakllarida keladi: Hurmat qilsang hurmat ko'rasan. Boshingga qilich kelsa ham to'g'ri gapir (Maqol). Maqol va matallar, hikmatli so'zlar, odat tusiga kirgan rasm-rusumlarni bayon etuvchi gaplarda ega, asosan, umumlashgan bo'ladi.
umumlashgan gaplar hisoblanadi.
1.2. Maqollar tarkibida kesim turlarining kelishi Kesim gap markazi bo'lib, u tasdiq-inkor, zamon, mayl, shaxs-son ma'nolarini ifodalab keladi, hukmni ifodalaydi va gapning boshqa bo'laklarini o'z atrofida birlashtiradi.
Gapni yuzaga keltirish, fikrni ifodalash jihatidan kesimning gapdagi ahamiyati juda katta. U hukmni ifodalovchi, gapning asosiy belgilarini ko'rsatuvchi eng muhim bo'lakdir. Gapda ega ham, ikkinchi darajali bo'laklar (to'ldiruvchi, aniqlovchi, hol) ham bevosita yoki bilvosita kesimga bog'lanadi. Kesim nima qildi? nima qilyapti? nima qiladi? (ba'zan nechanchi? qanday?) kabi so'roqlarga javob bo'ladi. Kesim qaysi turkum so'zlari bilan ifodalanishiga ko'ra ikki xil: fe'l kesim, ot kesim.
Kesim tuzilishiga ko'ra ikki xil bo'ladi: sodda kesim va murakkab kesim.
Fe'lning turli shakllari orqali ifodalangan kesim fe'l kesim deyiladi.
O’zbek xalq maqollarida fe'l kesimlar quyidagi ko'rinishlarga ega: 1. sof fe'l kesimlar:Jahl kelganda,aql ketadi; 2. ravishdosh bilan ifodalangan kesim: O’ntaning yori
3. sifatdosh bilan ifodalangan kesim: It hurar -karvon o'tar.
Fe'ldan boshqa so'z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, ravish, taqlid so'z) bilan, shuningdek, fe'lning harakat nomi shakli bilan ifodalangan kesim ot kesim deyiladi. Maqollarda ot kesimlar quyidagicha ifodalanadi: 1. ot bilan: Elga xizmat-oliy himmat; Yaxshi ro'zg'or -jannat, yomon ro'zg'or -do'zax. 2. sifat bilan: Usti yaltiroq, ichi qaltiroq. 3. son bilan: Birniki -mingga, mingniki -tumanga. 4. modal so'z bilan: Yemoqning qusmog’i bor;
Kesimlar tuzilishiga ko'ra ikki xil bo'ladi: sodda kesim va murakkab kesim. Birgina so'z bilan ifodalangan kesim sodda kesim deyiladi: Qolgan ishga qor yog’ar; Qimirlagan qir oshar. Ikki va undan ortiq so'z bilan ifodalangan kesim murakkab kesim deyiladi: Sayoq yurgan tayoq yeydi; Mehnatdan kelsa boylik,Turmush
Quyidagi hollarda ot kesim va ega orasida tire qo'yiladi: 1. Ot kesim
kesimlik qo'shimchalarisiz yoki bog'lamasiz qo'llanganda: Bolali uy- bozor,bolasiz uy- mozor; Er yigit-elda aziz; 2. Gapning egasi yoki kesimi harakat nomi bilan ifodalanib,kesim tarkibida kesimlik qo'shimchasi yoki bog'lama bo'lmaganda:
3. Eganing ma'nosi ta'kidlab ko'rsatilganda: Kitob-bilim manbayi. Tilimizda shart mayli shakli (istak gaplardagi bundan mustasno) nomustaqil kesim shaklini yasashga xizmat qiladi. Bunday kesimli gaplarning mustaqil ravishda qo'llanilishi uchun maxsus nutqiy sharoit talab etiladi. Mehnatdan kelsa boylik,turmush bo’lar chiroylik; Shaxs-son va zamon shakllaridagi fe'l kesimlar hamda bog'lamasiz va bog'lamali ot kesimlar mustaqil kesimlardir. Oltin olma, duo ol. Ko’rpangga qarab oyoq uzat.
II bob. Ikkinchi darajali bo’laklar va ularning ifodalanishi 2.1. Maqollarda qo’llangan aniqlovchi va to’ldiruvchilar, ularning turlari Gapning biror bo'lagiga (ko'pincha kesimga) boshqaruv yo'li bilan bog'lanib, uni to'ldirib kelgan ikkinchi darajali bo'lak to'ldiruvchi deyiladi. O’zbek xalq maqollarida to'ldiruvchi quyidagicha ifodalanadi: 1. Ot bilan: Elga xizmat-oliy himmat; 2. Otlashgan sifat bilan: Yaxshiga qora yuqmas, yomonga el boqmas;
3. Sifatdosh bilan: Bilmagandan bilgan yaxshi, to'g'ri ishni qilgan yaxshi;
4. Harakat nomi bilan: Tekintamoqning non yeyishini ko’r; 5. Modal so'z bilan: Yo'qni yo'q deydi, borni bor deydi. To'ldiruvchilar yordamida aytilmoqchi bo'lgan fikr ravshanlashadi: Oyni (etak bilan) yopib bo'lmas. (Maqol) Odam (mehnatda) sinaladi. Bu gaplardagi etak bilan, mehnatda bo'laklari yordamida so'zlovchining niyati to'la ochilgan. K i m n i? n i m a n i? so'rog'iga javob bo'ladigan so'zlar bilan birikma hosil qiladigan fe'llar o'timli fe'llardir. To'ldiruvchi tushum kelishigi qo'shimchasi -ni bilan belgili va qo'shimchasiz - belgisiz
ko'rinishlarda kela oladi. Belgili va belgisiz tushum kelishigi shakllari bilan ifodalangan to'ldiruvchi vositasiz to'ldiruvchi deyiladi. Bulbul chamanni sevar,odam-vatanni; Ayrilganni ayiq yer, bo’linganni bo’ri yer kabi maqollardagi to’ldiruvchilar vositasi to’ldiruvchilar hisoblanadi. Hokim so'zning kimga? nimaga? kimdan? nimadan? kim uchun? nima uchun? Kim haqida? nima haqida? kim bilan? nima bilan? kabi so'roqlarga javob
bo'lib keladigan kengaytiruvchilari vositali to'ldiruvchilar deyiladi. Vositali to'ldiruvchi jo'nalish, chiqish, ba'zan o'rin-payt kelishiklari qo'shimchalarini yoki uchun, bilan, orqali, xususida, to'g'risida kabi ko'makchilarni olgan so'zlar (yoki so'z birikmasi) bilan ifodalanadi. Yaxshiga yondash, yomondan qoch; Bekorchidan xudo bezor; So'rashdan uyalma, bilmaslikdan uyal; Ochko'z - molga qul, saxiy- elga hokim kabi maqollarda vositali to’ldiruvchilar ishtirok etgan.
Gapning biror bo'lagini aniqlab kelgan ikkinchi darajali bo'lak aniqlovchi deyiladi.Aniqlovchi qanday? qaysi? nechanchi? qancha? nechta? kimning? nimaning? so'roqlaridan biriga javob bo'ladi. Aniqlovchi aniqlagan (bog'langan) bo'lak aniqlanmish hisoblanadi. Aniqlovchi narsa-buyumning rang-tusi, mazasi, hajmi, kim yoki nimaga qarashliligini bildiradi. Aniqlovchi ega, ot kesim, to'ldiruvchi va holga bog'lanadi: Bahaybat samolyot (ega) yerga ohista qo'ndi. Salimjon-a'lochi o'quvchi (ot kesim).
Ilg'or ishchilarga (to'ldiruvchi) mukofotlar topshirildi. Mehnat faxriylari bilan yangi bog'da (hol) uchrashdik. Aniqlovchilarning bir xili narsa- buyumning belgisi (rangi, miqdori, mazasi, hajmi)ni bildirsa, boshqa xili narsa-buyumning kimga yoki nimaga qarashliligini bildiradi. Shunga ko'ra, aniqlovchilar ikkiga bo'linadi: 1) sifatlovchi aniqlovchi; 2) qaratqichli aniqlovchi. Misol: Yangi (sifatlovchi aniqlovchi) binolar qishloqning (qaratqichli aniqlovchi) husniga husn qo'shmoqda. (Sh.R.) Gapda shaxs yoki narsa-buyumning belgi-xususiyati, hajmi, shakli, maza-ta'mi, rang-tusi, miqdori, tartibi kabi ma'nolarni anglatadigan aniqlovchi sifatlovchi aniqlovchi deyiladi. Sifatlovchi bog'lanib kelgan so'z sifatlanmish deb ataladi: Mustaqil O'zbekiston, qizil gul, mohir qo'llar, qo'shni hovli, kuzgi bug'doy, uzoqdagi do'st, temir eshik kabi.
O’zbek xalq maqollarida sifatlovchi aniqlovchilar quyidagi so'z turkumlari bilan ifodalanadi: 1. sifat bilan: Yaxshi o'g'il otga mindirar, yomon o'g'il otdan indirar. 2. ot bilan: O’z uyim-o’lan to’shagim; 3. sifatdosh bilan: Qolgan ishga qor yog’ar;
Gapning biror shaxs yoki narsa-buyumga qarashliligini,xosligini bildirgan bo'lagi qaratqichli aniqlovchi deyiladi. Aniqlovchining bu turi qaratqich kelishigidagi so'zlar bilan ifodalanadi. Qaratqichli aniqlovchilar tobelangan so'z (bo'lak) qaralmish hisoblanadi. Qaratqich aniqlovchili so'z birikmalarining asosiy belgisi hokim so'zning egalik qo'shimchalari bilan (ko'pincha, III shaxs birlik sondagi -i, -si qo'shimchasi bilan) kelishini talab qilishidadir: maktabimizning binosi, hunar maktabi. Qaratqichli aniqlovchilar qaralmish bilan munosabatga kirishganda turlicha shakllanadi: 1) qaratqich va qaralmish belgili keladi (daraxtning bargi); 2) qaratqich belgisiz, qaralmish belgili keladi (direktor xonasi); 3) qaratqich va qaralmish belgisiz qo'llanadi (o'rik danak, yong'oq mag'iz). Ayrim vaqtda qaratqich belgili, qaralmish belgisiz kelishi ham mumkin (bizning qishloq). Maqollarda qaratqichli aniqlovchi quyidagi so'z turkumlari bilan ifodalanadi: 1) ot bilan: Kishi yurtida shoh bo’lguncha,o’z yurtingda gado bo’l; 2) otlashgan sifat bilan: Yaxshining yaxshiligi tegar har yerda, yomonning yomonligi tegar tor yerda; 3) olmosh bilan: O’z uyim-o’lan to’shagim; 4) otlashgan sifatdosh bilan: So'raganning bir yuzi qora,
5) Harakat nomi bilan: Yemoqning qusmog’i bor. 6) otlashgan son bilan: O’ntaning yori bo’lguncha, bittaning vafodori bo’l.
2.2. Hol va uning maqollardagi tahlili Hol ko'proq gap markazi - kesimga bog'lanib, undan anglashilgan ish-harakatning o'rnini, paytini, holatini, bajarilish sababini,maqsadini, daraja-miqdorini bildiradigan ikkinchi darajali bo'lakdir. Hollar qanday? qanday qilib? qay tarzda? qayerda? qayerga? qayerdan? qachon? nega? nima uchun? qancha? kabi so'roqlarning biriga javob bo'ladi. Hollar ravish so'zlar bilan, kelishik shaklidagi va ko'makchili otlar bilan, sifat, son, taqlid so'z va undovlar bilan, fe'lning xoslangan shakllari bilan ifodalanishi mumkin. Hollar sodda (bir so'zdan iborat) va murakkab (ikki va undan ortiq so'zdan iborat) tuzilishga ega bo'ladi.
holi turlari ifodalangan. Ish-harakatning o'rnini bildirib, qayerga? qayerdan? qayerda? kabi so'roqlardan biriga javob bo'lgan bo'lak o'rin holi deyiladi.
O'rin holi o'zi ergashgan so'zga boshqaruv yo'li bilan bog'lanadi. O'rin holi makon- zamon (jo'nalish, o'rin-payt, chiqish) kelishiklaridagi so'zlar yoki ko'makchili otlar va o'rin ravishlari bilan ifodalanadi. - Yoringni gul orasidan izla, Erkingni — el orasidan; - Kishi yerida sulton bo'lguncha, O'z elingda cho'pon bo'l; - Tug'ilgan yerdan ko'ngil uzilmas, Yurt qo'riganning yurti buzilmas; - Bog'bonga tog' yarashmas, Biyobonga — bog'; - Mardning mardi maydonda sinalar, Yigitning yigiti — mehnatda; - Osmonga og'iz ochgan och qolar; - Yalqov o'tirgan yerida o'tin terar; - Yomonning zarari tegar keng yo'lda, Yaxshining foydasi tegar tor yo'lda. Ish-harakat yoki holatning paytini bildirib, qachon? qachongacha? qachondan beri? qay vaqt? kabi so'roqlarga javob bo'lgan hol payt holi deyiladi. Payt holi ko'pincha ot yoki payt ravishi bilan, shuningdek, son birikmalari bilan ifodalanadi. Bundan besh yil ilgari, o'sha kundan beri, shu yildan boshlab shaklidagi so'z birikmalari ham gapda birgina payt holi sanaladi. Maqollarda payt holi quyidagicha ifodalanadi: - Dangasaning g'ayrati ish bitganda qo'zir;
- Do'kon to'qisang, bo'z bo'lar, Charx yigirsang, ip bo'lar; - Do'lanani ko'rganda tog' esingdan chiqmasin;
- Tindim tunda, tinmadim kunduzi, Bo'ldi qo'y telpagim qunduzi; - Ho'kiz o'lsa ham, ko'zining olaligi qolmas;
- Iting yomon bo'lsa, otib qutulasan, Oting yomon bo'lsa, sotib qutulasan, Qo'shning yomon bo'lsa, ko'chib qutulasan, Ering yomon bo'lsa, ketib qutulasan, Fe'ling yomon bo'lsa, o'lib qutulasan; - Bog'ni qishda ko'l qil, Yozda cho'l qil; - Shanbada bichma, jumada ko'chma; - Bugungi ishni ertaga qo’yma. Ish-harakatning qay tarzda bajarilganligini bildirib, qanday? qanday qilib? qanday ahvolda? kabi so'roqlarga javob bo'lgan hol ravish holi deyiladi. Ravish holi ravish, fe'l va ko'makchili otlar bilan ifodalanadi. Ravish holi kesimga bitishuv yo'li bilan bog'lanadi. Demak, u ko'pincha o'zi ergashgan so'zdan oldin keladi. Ravish holining o’zbek maqollarda qo’llanilishi quyidagicha: - Yig'lab-yig'lab marza olsang, O'ynab-o'ynab sug'orasan; - O'ynab-kulgin yigitdek, Siqilmagin chigitdek; - Beshikdagi besh turlanar, Qayoqqa bursang, shunga o'rganar; - Aqrab kelar hayqirib, Bola-chaqasini chaqirib. Ish-harakatning miqdorini va darajasini bildirib, qancha? nechta? necha marta? qay darajada? so'roqlaridan biriga javob bo'lgan hol daraja-miqdor holi deyiladi. Daraja-miqdor hollari sonlar bilan, miqdor ravishlari bilan, marta so'zi qatnashgan birikmalar bilan ifodalanadi. Maqollarda miqdor holining o’rni quyidagicha bo’ladi: - Yoridan ayrilgan yetti yil yig’lar,Yurtidan ayrilgan o’lguncha yig’lar; - Yetti o’lchab, bir kes.
Xulosa Maqollar xalq og’zaki ijodining o’ziga xos janri, qisqa va lo’nda, obrazli, grammatik va mantiqiy tugal ma’noli hikmatli ibora, chuqur mazmunli, muayyan ritmik shaklga ega. Maqollarda avlod- ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga munosabati mujassamlashgan. Asrlar mobaynida xalq orasida sayqallanib,ixcham va sodda poetik shaklga kelgan. Maqollar mavzu jihatdan nihoyatda boy va xilma-xil. Vatan, mehnat, ilm-hunar, do’stlik, ahillik, donolik, hushyorlik, til va nutq madaniyati,sevgi va muhabbat kabi mavzularda maqollar yaratilgan. Maqollar uchun mazmun va shaklning dialektik birligi, ko’p hollarda qofiyadoshlik, ba’zan ko’p ma’nolilik, majoziy ma’nolarga boylik kabi xususiyatlar xarakterlidir. Maqollarda antiteza hodisasi ko’p uchraydi. (mas,”Kattaga hurmatda bo’l,kichikka izzatda bo’l” va hk). Turkiy
xalqlarning maqollaridan namunalar dastlab
M.Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit-turk” asarida keltirilgan. Bu maqollarning bir qanchasi hozir ham o’zbek xalqi orasida turli variantlarda ishlatiladi. Masalan, M.Qoshg’ariy asarida “Kishi olasi ichtin,yilqi olasi tashtin”, “Odam olasi ichida,mol olasi tashida” kabi. O’zbek xalq maqollarida gap bo’laklarining barcha turlari ishtirokini yuqorida ko’rib o’tdik. Eganing maqollardagi o’rni,qaysi so’z turkumlari bilan kelishi, kesim va uning turlari, maqollarda kesimning joylashish o’rni, vazifasi, ikkinchi darajali bo’laklar hisoblangan aniqlovchi,to’ldiruvchi va hol, ularning har birining maqollar tarkibida kelishi,vazifasi haqida aytildi. Maqollarni tahlil qilish jarayonida ularning to’g’ri va majoziy ma’nolarini,ularda uchraydigan arxaik so’zlarning asl va ko’chma ma’nolarini aniqlash maqsadida tarix, etnografiya fanlariga murojaat qilishga,turkey tillarning lug’atlaridan foydalanishga to’g’ri keladi. U yoki bu maqolning ma’nosi, unda nima deyilmoqchi bo’layotganini aniqlash uchun maqolda keltirilgan mohiyatini to’g’ri anglamoq kerak. Masalan, Qarg’a qarg’aning ko’zini cho’qimaydi maqoli ko’chma ma’noda qo’llangan bo’lib,bu yerda hech qanday qarg’a obrazi yo’q. Qarg’a vositasida insonlar nazarda tutilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yXati 1. R.Sayfullayeva,B.Mengliyev,G.Boqiyeva,M.Qurbonova, Z.Yunusova,M.Abuzalova. Hozirgi o’zbek adabiy tili. T.2009. 2. M.Qodirov,H.Ne’matov va boshq. Ona tili.8-sinf darslik. T.2010. 3. Sh.Shomaqsudov, Sh.Shorahmedov. Hikmatnoma. O’zbek xalq maqollarining izohli lug’ati. T.1990. 4. I.Yo’ldoshev. O’zbek va turk maqollari.T.1998. 5. T.Mirzayev va boshq. O’zbek xalq maqollari. T.”Sharq” nashriyoti. 2005. 6.
www.ziyonet.uz
7. www.ziyouz.com
8. www.kutubxona.uz
9. www.library.uz
10. www.google.uz
Download 446.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling