Guruh talabasi Ollaberganov Mirzoxidning Kompyuter tashkil etish fanidan Mustaqil ishi
MA’LUMOTLARNI KOMPYUTERGA KIRITISH-CHIKARISHNI TASHKIL KILISH
Download 36.32 Kb.
|
941 21 Ollaberganov Mirzoxid Kompyuterni tashkil etish fanidan Mustaqil
MA’LUMOTLARNI KOMPYUTERGA KIRITISH-CHIKARISHNI TASHKIL KILISH
Zamonaviy kompyuter yoki kompyuter tizimi uchta asosiy tashkil etuvchilardan iborat: - protsessor; xotira (asosiy va yordamchi xotira); malumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalari (klaviatura, monitor, printer, modemlar). Malumotlarni kiritish-chiqarish arxitekturasi deganda malumotlarni kiritish-chiqarish qurilmalarini (MKCHQ), kompyuterning boshqa qurilmalari bilan qanday boglanganligi va ular ozaro qanday malumotlar almashinishi tushuniladi. Kompyuterning asosiy platasida (rus tilida – materinskaya plata) – protsessorning mikrosxemasi, asosiy xotira modullari bo‘lgan DIMMlar uchun mo‘ljallangan ulanish nuqtalari (rus tilida – raz’yomы) va turli xil yordamchi mikrosxemalar bilan birga – shinalar ham joylashgan bo‘ladi (5.1-rasm). Kompyuterga malumotlarni kiritish-chiqarish jarayonlarini tushunib olish uchun quyidagi chizmalar bilan tanishib chiqamiz. 5.2-rasmda shaxsiy kompyuterning mantiqiy strukturasi keltirilgan. Har bir malumotlarni kiritish-chiqarish qurilmasi ikki qismdan tashkil topgan boladi: kontroller (nazorat qiluvchi) va MKCHQning ozi. Har bir kontroller oziga tegishli bolgan MKCHQni boshqarishni va uning shinaga murojaat qilish jarayonini nazorat qilib turadi. Masalan, biron-bir dastur magnitli diskdan (vinchesterdan) malumotlarni oqib olishi kerak bolsa, u disk kontrollerini bu haqida ogoxlantiradi va diskka kerakli malumotni qidirib topish buyrugini yuboradi. Diskning malumotlar yozilgan yolkasi va sektori topilgandan song, disk kontrollerga malumotlarni bitlar oqimi korinishida uzata boshlaydi. Kontrollerning vazifasi - 79 kelayotgan bitlar oqimini malum bir uzunlikdagi (8, 16, 32 yoki 64 bitli) sozlarga aylantirib, xotiraga yozish hisoblanadi [1,2]. Shinalar, na faqat MKCHQ kontrollerlari tomonidan, balki protsessor tomonidan, buyruqlar va malumotlarni uzatish uchun ishlatiladi. Kompyuter shinasi orqali malumotlar, adreslar va boshqarish signallari uzatiladi, yani shina uch qismdan iborat boladi: 1.Malumotlarni uzatish uchun moljallangan qismi (8, 16, 32, 64 va 128 bitli). 2.Asosiy xotira adresini uzatish uchun moljallangan qismi, 16 razryadli 64 Kbayt, 20 razryadli 1 Mbayt va 32 razryadli 4 Gbayt hajmga ega xotirani adreslash uchun. 3.Malumot almashinish jarayonini boshqarish uchun moljallangan signallar toplami qismi. Shinalarning yuqorida sanab otilgan qismlarini 5.3-rasmda keltirilgan chizmada ham korishimiz mumkin. Uchinchi bobdagi 3.16-rasmda keltirilgan, Pentium 4 protsessorining mikrosxemasi va undagi ulanish nuqtalarining belgilanishi chizmasida ham shinalarni korsatib utish mumkin. Hozirgacha shinalarning quyidagi xillari ishlab chiqarilgan: Download 36.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling