Guruh talabasi rahimqulova charosning


Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati


Download 51.68 Kb.
bet2/10
Sana05.01.2022
Hajmi51.68 Kb.
#231913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Rahimqulova Charos

Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH

Barchamizga yaxshi ayonki, ona tili – millat maʼnaviyatining mustahkam poydevoridir. Shu maʼnoda dunyo hamjamiyatidan munosib oʻrin egallashni maqsad qilib qoʻygan har qaysi davlat avvalo oʻz xalqining milliy tili va madaniyatini asrab-avaylashga, rivojlantirishga intiladi.1

Ona tili – millatning ruhi, uning or-nomusi, ma’naviy qiyofasi,  orzu-umidlarning namunasidir. Ona tili millatning birligi va birdamligining timsolidir. U millatni yagona xalq sifatida o’z atrofida birlashtiradi va dunyoda borliqni ta’min etadi. Har bir millatning o’z Vatani, oilasi bo’lgani kabi uning jonajon va betakror ona tili ham bo’ladi. Inson uchun uning vatani, ota-onasi, oilasi qanchalik qadrli bo’lsa, uning ona tili ham shu qadar aziz va muqaddas bo’ladi. Hattoki, go’dak ham o’z vatanini, ota-onasini, dunyoni o’z ona tili orqali anglaydi va atay boshlaydi. Farzand tarbiyasida onaning o’rni beqiyos bo’lganidek, insonning hayotda o’z o’rnini topishida, kamolotga erishuvida tilning o’rni ulkan ahamiyatga ega. Shu bois tilni, onaga qiyoslab ona tili deb ataydilar. Til inson vujudida qon-qoniga singib oqadi. Jamiki, ezgu fazilatlar, avvalo, ona allasi va ona tilining bebaho jozibasi orqali singadi. Inson qalbida ona tiliga nisbatan sof tuyg’u, mehr-muhabbat alanga oladi. Turk dunyosining buyuk marifatparvar ijodkori Ismoilbek Gaspirali aytganidek :  “Millatning ikki asosi bordur. Bu ularning tili va dinidur. Agar millat hayotidan shu ikkisidan biri sug‘urib olinsa, bu millat tanazzulga yuz tutur”.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, islohotlar, mamlakatimiz iqtisodiy qudrati oshib borish natijasida jamiyat ijtimoiy sohasining markaziy bo`g`ini hisoblangan xalq ta’limida ham tub islohotlar ro`y bermoqda. U yangilanmoqda, yoshlar ta’lim-tarbiyasini takomillashtirish, ularning mazmunini, uzluksizligini ta’minlab beradigan yangi hujjatlar, pedagogik texnologiyalar, amaliyot uslublari bilan boyib bermoqda.

Zero, birinchi prezidentimiz ta’kidlaganidek, “...Xalq ta’limini tubdan isloh qilish, mazkur dasturni amalga oshirish bizdan nihoyatda katta kuch, mablag` va imkoniyat talab qilmoqda. Lekin, istiqbolimiz, istiqlolimiz ko`zi bilan qaraganda, ham iqtisod, ham siyosat, ham ma’naviyat nuqtai nazaridan bu sarf-xarajatlarga nazar tashlasak, undan keladigan manfaat har qanday xarajatlarni qoplashi va oqlashi muqarrar”2

Mustaqillik qo’lga kiritilganidan boshlab, respublikamizda yoshlar tarbiyasiga jiddiy e’tibor berila boshlandi. Hukumatimiz tomonidan ta’lim tizimini isloh qilishga astoydil kirishildi. “Ta’lim to’g’risida Qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va O’zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari fikrimizning yaqqol dalilidir. Yuqorida tilga olingan qonunlar va o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi, respublikamizning mustaqil deb e’lon qilinishi barcha ta’lim bo’g’inlarida ona tili o’qitish imkoniyatini kengaytirib, unga bo’lgan mas’uliyat hissini kuchaytirdi.

Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimovning “Yuksak manaviyat – engilmas kuch” asarida taraqqiyotning o’zbek modeli manaviy yuksalishga asoslanishi nazariy jihatdan asoslab berildi. Yurtboshimiz talqiniga ko’ra, «...manaviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg’ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-etiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg’otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir».3

Ana shu ruhan poklanish omili bo’lgan inson manaviyatini yuksalishida ona tilining alohida o’rni bor. O’quv fanlarining asosi hisoblangan ona tilini o’rganish juda katta ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Shaxsning tarbiyalanganlik va madaniyatlilik darajasi ham o’z ona tilini qay darajada bilishi bilan belgilanadi. Shu sababli mustaqil respublikamiz tobora rivojlanib borgan sari ona tilini, ya’ni davlat tilini o’qitishning maqsad vazifalari ham takomillashib borishi zarur.




Download 51.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling