O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
3-6 IQTIM-21 GURUH TALABASI
RAHMONOV NAMOZNING
« Atrof - muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti»
fanidan
MUSTAQIL TA’LIM
ISHI
Atrof-muhitni qadrlash
Reja:
1.Atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish zarurati.
2.Atrof-muhitni huquqiy muhofaza qilish asoslari.
3. Ekologiya huquqining predmeti.
4.Xalqaro ekologiya huquqi.
5.Ekologiya huquqining o’ziga xos usullari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Тabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunning 4-moddasidagi ekologik prinsiplardan biri «Тabiatni muhofaza qilish sohasida milliy, mintaqalararo va xalqaro manfaatlarni uyg‘unlashtirish»dir. Chunki tabiatda sodir bo‘layotgan jarayonlar va hodisalar, jamiyatdagidan farqli, na ma’muriy va na tabiiy chegarani biladi. Qirg‘izistonda Sirdaryo irmoqlarining radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi, so‘zsiz, O‘zbekiston va Qozog‘iston respublikalarida atrof-muhitga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Chernobil yoki Orol dengizi ekologik fojialari nafaqat Sharqiy Yevropa yoki Markaziy Osiyo, balki butun Yer kurrasidagi insonlarning «yashash huquqi»ning zaruriy elementlaridan biri bo‘lgan ekologik xavfsiz muhit holatiga salbiy ta’sir etmoqda. Shuning uchun ham
Atrof-muhitni xalqaro muhofaza qilish deb insonlarning ekologik xavfsiz muhiti va davlatlarning barqaror me’yorda rivojlanishini ta’minlovchi xalqaro huquq prinsiplari, normalari va munosabatlari yig‘indisiga aytiladi.
Atrof-muhitni xalqaro miqyosda muhofaza qilish XIX asrning boshlarida yuzaga keldi. Avvaliga bu masala ikki davlat o‘rtasidagi tabiiy ob’yektlardan teng huquqli foydalanish ko‘rinishida namoyon bo‘lgan. Bunday ekologik munosabatlar ikki davlat o‘rtasida tuzilgan umumiy shartnomalar tarkibidan joy olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |