Guruh talabasi salaydinova sevara ning


Download 1.41 Mb.
bet2/8
Sana28.12.2022
Hajmi1.41 Mb.
#1019259
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
S.S. Kurs ishi

I. ASOSIY QISM
I.1. Oksikislotalar nomenklatura va izomeriyasi.
Tarkibida bir necha hil funksonal gruppalar bor birikmalar aralash birikmalar deyiladi. Bunday birikmalar jumlasiga molekula tarkibida gidroksil va karboksil gruppalar bor bo’lgan oksikislotalar misol bo’ladi.
Masalan:
CH2(OH)-COOH glikol kislota(T)
oksisirka kislota (R)
oksietan kislota (J)
COOH salisil kislota (T)
OH 0 - oksibenzoy kislota (R)
2-oksi benzoy kislota (J)
НООС-СН-СН-С-СООН vino kislota (T)
ОН ОН dioksi qaxrobo kislota (R)
dioksibutandi kislota (J)
Molekulasida gidroksil (—OH) hamda karboksil (—COOH) gruppalar bo‘lgan organik birikmalar oksikarbon kislotalar deb ataladi.
Keltirilgan misollardagi nomlardan ko’rinib turibdiki, sistematik nomenklaturada "OH" gruppa "ol" suffiksi bilan emas, balki " oksi" gruppa nomi bilan yuritiladi.
Oksikislotalarning kimyoviy xususiyatlari ularning molekulasi tarkibiga kirgan funksonal gruppalarga bog’liq bo’ladi.
Oksikislotalarning olinish yo’llari va xossalari ham spirt va kislotalarnikiga o’xshaydi.
Oksikislotalar o’simliklarda ko’p uchraydi. Sanoatda ba'zan (sut kislotasi) biosintez yo’li bilan olinadi.
Oksikislotalar spirtlarga karboksil gruppa yoki kislotalarga gidroksil gruppa kiritilganda xosil bo’ladi.
Nomenklaturasi va izomeriyasi. Oksikarbon kislotalarning ko‘pchiligi, asosan, trivial nom bilan ataladi, ya’ni kislotaning nomi shu kislota birinchi marta qanday xomashyodan olinganligini (yoki qanday birikmalar tarkibida uchrashini) ko‘rsatadi. Jeneva nomenklaturasiga ko‘ra oksikislotalarni nomlashda asosiy zanjirdagi uglerod atomlari sonini ifodalovchi uglevodorod nomiga oksigruppani ko‘rsatuvchi «ol» qo‘shimchasi qo‘shilib, tegishli raqam bilan belgilanadi. Oksikarbon kislotalarda izomeriya kislotalar molekulasining tarmoqlangan yoki tarmoqlanmaganligiga hamda gidroksil gruppaning karboksil gruppaga nisbatan qanday joylashganliliga (ya’ni α, β, γ) bog‘liq. Masalan, oksi propion kislotaning ikki xil izomeri mavjud. Ko‘pgina oksikarbon kislotalarning molekulasida asimmetrik uglerod atomlari bo‘lganligi sababli ularda stereoizomer turlaridan biri bo‘lgan optik izomeriya ham mavjud. Bunday izomeriya haqida keyinroq batafsil to‘xtalib o‘tamiz.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling