Guruh talabasi shomurov adham tekshirdi : saipnazarov j


Tezlik - turg‘unlik boғliqligining ekstremal harakteri


Download 332 Kb.
bet3/5
Sana24.12.2022
Hajmi332 Kb.
#1064408
1   2   3   4   5
Bog'liq
Grafda turg’unlik to’plami. Graflning ichki va tashqi turg’unlik

Tezlik - turg‘unlik boғliqligining ekstremal harakteri. Baozi xollarda kesuvchi asbobning turg‘unligi uning charxlashlar orasidagi ish uzoqligini emas, balki buyum (detal) miqdori n, qirindi xajmi Q yoki turg‘unlik davrida ishlov berilgan buyum yuzasining maydoni S bilan harakterlanadi.


Q=tSVT m(sm) (120),
S=SVT m(10sm)
BU yerda t-kesish chuqurligi, m(mm);
S-bir aylanishga surish, m(mm);
V-o‘rtacha kesish tezligi, m/sek (m/min);
T-turg‘unlik davri, sek(min).
(6) formulaga (7) formuladagi T qiymatni quyib quyidagini topamiz:
(121)
Q kattalik debet deb nomlanadi.
z ko‘rsatkichning barcha birdan katta qiymatlarida debet turg‘unlik kabi z ning barcha musbat qiymatlarida kesish tezligini kamayishi bilan to‘xtovsiz o‘sishi shart. Biroq, tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, debet va turg‘unlik davrini kesish tezligiga boғliqligi barcha tezliklarda hamisha birxil va bir maonoli hisoblanmaydi. Debet kabi turg‘unlik davri ham kesish tezligini kamayishida oldin o‘sadi, maksimumga erishadi, so‘ngra kamaya beradi. Debetning (va ishlov berilgan yuza maydoni) maksimumga erishgan kesish tezligi qiymatini eng kichik yeyilish tezligi V ni deb ataymiz.
Bunga muvofiq T va Q ni kesish tezligiga boғliqligi 89-shaklda ko‘rsatilgan egri chiziq bilan ifodalanadi. Turg‘unlik davrining maksimumiga t=0 qiymat, debetning maksimumiga z=1 qiymat javob beradi.

Tajriba natijalarini taqqoslash shuni ko‘rsatadiki, tezkesar keskichlar uchun debetning egri chiziғi eng yuqori kesish tezligi zonasida joylashadi va debet maksimumi uglerodli keskichlarnikicha nisbatan yuqori bo‘ladi. Lekin, kichik kesish tezliklarida debet kabi uglerodli keskichlar uchun turg‘unlik davri tezkesar keskichlarnikicha nisbatan yuqori bo‘ladi (90-shakldagi a va b nuqtalarga qara).


SHunga o‘xshash ko‘rinish qiyin ishlov beriladigan materiallarga tezkesar va qattiq qotishmali keskichlar bilan ishlov berish taqqoslanganda kuzatiladi, masalan molibden va konstruktsion po‘lat.
Birqancha tajribalarda tatqiqotchilar ikkita maksimumli debetning egri chiziғini olishgan (shakl-91).


Birinchi tatqiqotchilar uchun mutlaqo tasodifiy hisoblanuvchi va T-V boғliqlik bilan qarama - qarshilikda joylashuvchi debet o‘zgarishining bu ajoyib xususiyatlarini, kesish haroratini o‘zgarishda mexanik xossalarini, qismon kesilayotgan qatlam va keskich kesuvchi qismini qattiqligini o‘zgarish qonuniyatlari bilan tushuntiriladi. Kesuvchi asbob kesuvchi qismining va kesilayotgan metall qatlamning qattiqliklari orasidagi farq katta bo‘lsa, keskich turg‘unligi shunchalik katta, uning yeyilishi esa shunchalik kichik bo‘ladi. Aniq bir haroratlarda bu farq maksimumga erishadi va bu kesish haroratlariga kesuvchi asbobning minimal yeyilishi va maksimal turg‘unlik yoki eng katta debet javob beradi. T-V chiziq maksimumning mavjudligi shuningdek toblangan po‘latlarni qattiq qotishmali keskichlar bilan tezkor yo‘nishda topilgan edi.
Keskichlar kichik kesish tezligida tez o‘tmaslanadi, V=4 m/sek (235 m/min) yuqori tezlikda keskich turg‘unligi maksimumga erishadi.
Bu xodisani tushuntirish, ishlov beriladigan material (toblangan uglerodli po‘lat) qattiqligini va kesuvchi qattiq qotishmali plastinkni kesish haroratiga boғliqligini 92- shakl beradi: yuqori tezlikga muvofiq bo‘luvchi 800 850S haroratda qattiq qotishmali kesuvchi asbobning kesuvchi qismining qattiqligi biroz kamayadi, u holda metalning kesilayotgan qatlami kabi toblashni yo‘qotadi va ancha yumshoq bo‘lib qoladi. V=235 m/min tezlikda kesuvchi asbob kesuvchi qismi va kesilayotgan metall qatlami qattiqliklari orasidagi farq shu yuqori qattiqlikda keskich turg‘unligini oshishi bilan tushuntiriladi.
Ko‘p sonli tajribalar shuni ko‘rsatadiki, qattiq qotishmalar bilan po‘latni yo‘nishda T-V egri chiziqlar 0,5 - 1,0 m/sek (30-60 m/min) kesish tezligi va 300 - 1600 min bo‘lgan katta turg‘unlik davri zonasida maksimumga ega bo‘ladi.
Biroq, eng katta turg‘unlik davrini yoki maksimal debetni beruvchi ish kichik kesish tezliklarda ko‘p xollarda foydasiz hisoblanadi, chunki bunday maromlarda ishlov berish kam unumdorlikka ega. Minimal yeyilish tezligidan kichik bo‘lgan tezliklarda ish ayniqsa maqsadga muvofiq emas, chunki u faqatgina kam unumdorlikka ega bo‘libgina qolmasdan, kesuvchi asbob turg‘unligini ham pasaytirib yuboradi.
Kichik kesish tezliklarda qattiq qotishmalar va mineralokeramika bilan ishlov berish tez - tez kesuvchi asbob kesuvchi qismining materialini kesuvchi qirra bo‘ylab mo‘rt yeyilishni (uvalanishni) chaqiradi.
Amaliy jixotdan ishlov berishni debet egri chiziғining pastlashib beruvchi (o‘ng) bo‘lagiga muvofiq bo‘luvchi tezliklarda o‘tkaziladi. Agar debet yoki turg‘unlik egri chiziғi kesish tezligi funktsiyasi sifatida ikkita maksimum (ikki cho‘qqi) ga ega bo‘lsa, u holda ishlov berishni ko‘p xollarda tezliklar zonasida (91-shaklga qara) o‘ng cho‘qqining patslashuvchi bo‘lagiga muvofiq bo‘luvchi tezliklarda bajarish ko‘zda tutiladi. Bularga (1) va (2) formulalar bilan ifodalanuvchi bir maonoli boғliqlik o‘rniga ega, ko‘rsatkich esa taxminan doimiyligicha qoladi.

Download 332 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling