Guruh talabasi Umruzakova Zuxroning
Download 216.43 Kb.
|
2213 - guruh Umruzakova Zuxro
- Bu sahifa navigatsiya:
- Barcha shodlik senga bo’lsin
2213 -guruh talabasi Umruzakova Zuxroning G’azal tahlili Erkin Vohidov 1936- yilning 28-dekabrida Farg’ona viloyati Oltiariq tumanida qishloq o’qituvchilari oilasida tug’ilgan. Ota- onasining erta vafotidan so’ng, shoir tog’asi qo’lida katta bo’lgan. Ilk she’rlari “Mushtum” jurnalida chop etilgan va talabalik paytlarida birinchi she’rlar to’plami “ Tong nafasi” kitobi nashrdan chiqadi. 1960-yillarda shoir universitetni tugatib “Yosh gvardiya” nashriyotiga ishga kiradi va 1970 – yilgacha muxarrir bo’lib ishlaydi. Bu vaqt ichida uning 7ta she’riy kitoblari, Sergey Yesenin, Lesya Ukrainka, Mixail Svetlovdan qilgan tarjimalari ham nashrdan chiqadi. 1970- 1975 – yillar orasida u buyuk nemis shoiri Iogann Volfgang Gyotening “Faust” tragediyasini o’zbek tiliga tarjima qiladi. U bolalik xotiralari asosida “Nido”, “Quyosh maskani” poemalari, “Bolalik”, “Oqsoqol”, “Bolalik ekanda” kabi she’rlarini yozadi. 2. Bu go’zal g’azalning yozilish tarixi shunday bo’lgan, 50-yillar oxiri 60-yillarda vaziyat o’zgarib inson shaxsiga hurmat, qalbiga e’tibor bir muncha oshadi, kishining xilma-xil kechinmalari, an’anaviy sevgi taronalarini kuylashga yo’l ochiladi. Bu an’anaviy she’r shakli g’azalning jonlanishiga olib keldi. Tabiiyki, g’azal yozish o’sha kezlarda osonlikcha, silliq kechgan emas. Yosh avlod orasidan Erkin Vohidov birinchilardan bo’lib aruzning tabarruk ostonasida posbon yanglig’ paydo bo’ladi va ba’zilar ishqiy kechinmalarni kuylash, ko’hna she’riy shakl – aruzga murojaat qilishni zamondan uzoqlashish deb aytadilar. E. Vohidov “Yoshlik devoni” kitobining “Debocha” sida shunday qarashlar bilan bahsga kirishadi: Istadim sayr aylamoqni men g’azal bo’stonida. Kulmangiz, ne bor sanga deb Mir Alisher yonida. “Barcha shodlik senga bo’lsin” g’azali ham shu kitobdan joy olgan bo’lib unda go’zal sevgi tarona qilingan. Barcha shodlik senga bo’lsin Barcha shodlik senga bo’lsin, Bor sitam, zorlik menga. Barcha dildorlik senga-yu, Barcha xushtorlik menga. Sen mening jonimni olgin, Men sening dardingni olay. Barcha sog’lik senga bo’lsin Barcha bemorlik menga. Senga bo’lsin barcha husnu Menga bo’lsin barcha ishq. Kori xunxorlik senga-yu Mehri poydorlik menga. Bu jahonning rohatin ol Barcha azobin menga ber. Senga bo’lsin barcha orom Barcha bedorlik menga. Ol o’zing koshonalarni, Menga qo’y mayxonani. Barcha xushyorlik senga-yu, Barcha xummorlik menga. Senga bo’lsin nurli kunduz Menga bo’lsin qora tun, Barcha gulahan senga bo’lsin Bor tikanzorlik menga. Sen shahanshohlikni olgin Menga qullik bo’lsa bas, Bor jafokorlik senga-yu Bor vafodorlik menga. Mayli ostonangda yotsam Mayli, quvsang tosh otib, Bor dilozorlik senga-yu Bor dilafkorlik menga. Senga she’rni bitdi Erkin, Yirtib otmoq o’z ishing. Kasbi inkorlik senga-yu Aybga iqrorlik menga. 3. G’azal lirik janrda yozilgan 4. G’azaldagi asosiy mavzu bu- otashin ishq bo’lib, unda go’zal sevgi tarannum etilgan. 5. Bu g’azal boshdan oyoq tazod san’atiga qurilgan va bu shoirning qanchalik badiiy mahorat egasi ekanligini ko’rsatgan. Masalan, Barcha shodlik senga bo’lsin Bor sitam, zorlik menga. Bu misralardagi shodlik, sitam, zorlik o’zaro zid ma’noli so’zlar bo’lib, g’azal shakllanishiga o’zgacha go’zallik qo’shgan. 6. Bu g’azal haqidagi mening taassurotlarim juda ham o’zgacha. G’azlani birinchi marta o’qiganimda, shoir buni qanchalar go’zal tarzda sevgini jonlantirgani meni hayratlantirdi. Vafodor oshiqning mashuqasi uchun barcha qiyinchliklarga, azoblarga tayyor ekanligi juda ham ta’sirli qilib namoyon qilingan ekan. Bu g’azalni tanlashimni yana bir sababi shundaki, undagi barcha so’zlar bizlarga tushunarli va yod olishga oson tarzda qo’llanilgan. Bu g’azal menga juda ham yoqdi va yod olgan she’r va g’azallarim orasidan alohida joy oldi. Download 216.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling