Guruh talabasi Xasanov Asadbek ning Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan Mustaqil ishi


Mashinalarni unifikatsiyalash va agregatlashtirish


Download 101.75 Kb.
bet2/2
Sana11.05.2023
Hajmi101.75 Kb.
#1451656
1   2
Bog'liq
Standartlashtirishning huquqiy va me’yoriy asoslari

4.Mashinalarni unifikatsiyalash va agregatlashtirish.
Standartlashtirishning eng muhim usullariga mashinasozlikda keng qo’llaniladigan unifikatsiya va agregatlashtirish kiradi.
Unifikatsiyalash – bu mashinalarda qo’llaniladigan turli xil nomdagi, o’lchamdagi, turdagi detallarni, agregatlarni va yig’indi qismlarini mumkin qadar qisqartirishdir (minimumga olib kirishdir). Ya’ni unifikatsiya qilish bu bir xil nomdagi, o’lchamdagi detal agregat va yig’indi qismlarini kam nomenklatura, nomda va o’lchamda bir necha mashinalarda qo’llanishidir. Unifikatsiyalashtirilgan detal bo’lb bir xil nom va ko’rinishda ikki yoki undan ortiq turlicha mashinalarda qo’llanilishi xisoblanadi.
Unifikatsiyalashda bir xil ishga mo’ljallangan detallarning turlari qisqartiriladi ko’pchilik bir xil umumiy detallardan, yig’indi qismlardan foydalaniladi. Natijada turli xildagi agregatlar (masalan reduktorlar), nazorat o’lchov asboblari, kesib ishlov beruvchi asboblar (parma, zenker, keskichlar, rezьba qirqish asboblari) shuningdek buyumlarni tayyorlash uchun foydlaniladigan turli xil rusumdagi materiallar, prokatlar kamaytiriladi. Tayyorlanadigan detallarning nomenklaturasi kamayadi, ularni ishlab chiqarish dasturi oshiriladi. Natijada taraqqiy qilgan, ya’ni progressiv texnologik jarayondan foydalanish imkoniyati tug’iladi, detallarni tayyorlash tannarxi pasayadi,buyumlarni loyixalash va ishlab chiqarishga tadbiq qilish muddatlari qisqaradi.
Mashinalarni agregatlashtirish– bu mashinaning nima maqsadga mo’ljallanganligiga (qanday ish bajarishga) muvofiq ravishda mashinalarni, priborlarni va texnologik moslamalarni unifikatsiyalashtirilganturlicha sondagi va ko’rinishdagi agregatlardan komponovka qilish usulidir.
Masalan: Bir xil klassdagi, lekin turlicha ish bajarishga mo’ljallangan traktorlar turkumini ixtiro qilishda ularning barchasi uchun yoki bir necha modifikatsiyasi uchun qator agregatlar (dvigatel ilashish muftasi, uzatmalar qutisi, ketingi ko’prik) dan foydalanish mumkin.Agregatlashtirish asosida turli xil agregat stanoklar, mexanizmlar tayyorlaniladi. Unifikatsiya qilish va agregatlashtirishni loyixalash usulida foydanilganda loyixalash muddati yangi texnikani o’zlashtirish 2 – 4 marta qisqartirish, tannarxini esa 25% - 30% ga kamaytirish imkoniyatini beradi.


MTZ-80 traktori asosidagi turli vazifalarga mo’ljallangan traktorlar


5.Standartlashtirishning texnikaviy – iqtisodiy samaradorligi
Standartlashtirishning yillik va istiqbolli rejasiga kiritiladigan barcha chora – tadbirlar iqtisodiy asoslangan bo’lishi kerak. Standartlashtirishni ishlab chiqarishga amalda tadbiq qilish uni yuqori iqtisodiy samaradorligi bilan tasdiqlanadi.
Standartlashtirishning iqtisodiy samaradorligini tashkil etuvchilari:
Standartlashtirishning qtisodiy samaradorligi – bu standartni unga qilgan zaruriy xarajatlarni xisobga olgan holda uni tadbiq qilish natijasida jamoatchilik ishlab chiqarishdagi tirik yoki boshqa mexnatni pul yoki xaqiqiy iqtisod shaklida foydalanishdir.
Loyihalash bosqichida:
loyihalash – konstruktorlik ishlarini tashkil qilishni yaxshilash;
standartlarni texnik xujjatlashtirishdan ko’p marta foydalanish;
standartli grafikaviy shartli belgilanishlarni ishlatish;
standart xisoblash usullaridan foydalanish;
nusxalash (kopiyalash) ishlari xajmini kamaytirish;
texnik arxivda saqlanadigan xujjatlar xajmini kamaytirish;
kabilarni asosan loyixalash ishlari hajmini, mexnat hajmini loyihalash muddatini va narxini kamaytirishlar natijasida standartlashtirishning iqtisodiy samaradorligiga erishiladi.
Ishlab chiqarish bosqichida:
materiallar xajmini kamaytirish;
jarayonlar mexnati xajmini kamaytirish;
ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish korxonalaridan olinadigan butlovchi qismlar qo’llashni oshirish;
unifikatsiyalash;
fondlar xajmini kamaytirish;
elektr energiyasi va yonilg’i solishtirma xarajatlarini kamaytirish;
kabilar natijasida olingan iqtisod va ishlab chiqariladigan maxsulotlarni xajmini oshirish kabilar tashkil qiluvchilari xisobidan standartlashtirishning iqtisodiy samaradorligi xisoblanadi.
Foydalanish bosqichida:
mahsulot sifatini va texnik satxini oshirish;
bir necha maxsulotlarni bitta standart maxsulotga (mahsulot birligiga) almashtirish;
maxsulot hizmat qilish muddatini oshirish;
maxsulot ishonchligini oshirish;
energiya hajmini, yonilg’i, suv va qo’shimcha materiallar qo’llashni kamaytirish;
hizmat qiluvchi personallar (kishilar) sonini kamaytirish va ularning kvalifikatsiyasini pasaytirish;
ta’mirlash ishlari narxini pasaytirish kabilar natijasida isteomolchining xarajatlari kamayishi iqtisodiy samaradorlikni tashkil etadi.
Download 101.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling