Guruh talabasi Xudayqulov Diyorbekning mustaqil-ishi. Mavzu: Yog’ochli sardobasi (og’ochli)


Download 0.99 Mb.
Sana05.04.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1273737
Bog'liq
Diyorbek-3

98-20 guruh talabasi Xudayqulov Diyorbekning mustaqil-ishi.

Mavzu:Yog’ochli sardobasi (og’ochli).

Reja: 1.Og’ochli sardobaning tarixi. 2.Og’ochli sardobaning geografik o’rni. 3.Og’ochli sardobaga kelgan xalqlar.

Yog‘ochli sardoba haqidagi ilk maʼlumotlar Hofiz Tanish al-Buxoriyning „Abdullanoma“ asarida keltirilgan. Unga ko’ra o’zbek xoni Abdullaxon (1557—1598) „Toshkentga harbiy yurishi chog‘ida shu hududda hordiq chiqarish uchun to‘xtab, suvsizlikdan qiynalgan askarlari uchun sardoba vakarvonsaroy qurishni buyuradi“. Manbalarga koʻra Yog‘ochli sardoba XVI asrning 2-yarmida (1580-yilda yoki 1585—1590-yillarda) bunyod etilgan. Taxminlarga koʻra, uning gʻishtlari Samarqand shahrida yoki hozirgi G’allaorol tumani hududida quyilib, pishirilib, olib kelingan.

.XX asr tarixchilarining yozishicha, sardoba yaqinida karvonsaroy bilan birga bogʻ-rog’lar bo’lgan. XIX asr tarixchilarining yozishicha, sardobaga kirish qismidagi o’ziga xos yo’lakning tepasida xizmatchilar va qo’riqchilar uchun maxsus xona bo’lgan. Unga inshoot tashqarisida qurilgan zinapoya orqali chiqilgan.

O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng Yog’ochli sardoba tarixiy yodgorligida bir necha marta tamirlash ishlari olib borilgan. 2001-yil tarixiy yodgorlikning atrofi toʻliq o’ralgan, oldi qismiga cho’yan panjaralar o’rnatilgan va kirish qismiga darvoza o’rnatib kirish yo’laklarini va tarixiy yodgorlik atrofida yassi toshlar yotqizilib, yoʻlaklar qilingan. Tarixiy yodgorlikning ayvon qismiga ganchli darvoza qurilgan va ichki qismi to’liq tamirlanib maxsus yoritgichlar o’rnatilgan hamda sardobaning atrofiga ko’chatlar va gullar ekilgan. Lekin, keyinchalik uning rekonstruksiyasi to’xtatib qo’yilgan.

2019-yilda sardoba xarobaga aylanib, achinarli holatga kelib qolgan. Obidaning atrofi temir panjara bilan to‘silgan, darvozasi esa bir parcha mato bilan bog‘lab qo‘yilgan. Tevarak-atrofi chiqindilar bilan to‘la, yonidagi ikkita binoning qurilishi ham yakuniga yetmagan. Yog‘ochli sardoba joylashgan hududda sayyohlar uchun deyarli sharoit yo‘q ed. Sardoba 2019-yil tasdiqlangan O’zbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy ro’yxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan.2021-yilda qabul qilingan Xalq deputatlari Sardoba tumani kengashi qarorining mazmuniga ko’ra, tumanning bir nechta mansabdor shaxslariga tarixiy yodgorlikni turistik marshrutga kiritish bo’yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqib, tasdiqlash va ijrosini taʼminlash maqsadida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritish vazifalari yuklatilgan.

 „Moddiy madaniy merosning ko’chmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 28-oktabr 2021-yil.

  •  „Moddiy madaniy merosning ko’chmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 28-oktabr 2021-yil.
  •  Muhammedov 2014, s. 56.
  • Oʻzbekiston tarixi telekanali / Koʻhna manzillar. Koʻhna sardoba tarixi. YouTubeda
  • Jump up to:4,0 4,1 4,2 4,3 „Xarobaga aylangan sardoba“. Kun.uz (25-aprel 2022-yil). Qaraldi: 1-yanvar 2023-yil.
  • „Yogʻochli sardoba“ turistik maskanga aylanadi“. Sirdaryo.uz (9-noyabr 2021-yil). Qaraldi: 1-yanvar 2023-yil.
  •  1585—1590-yillarda qad rostlagan „Yog‘ochli sardoba“ tarixiy-meʼmoriy suv saqlagich inshooti. YouTubeda
  •  Jump up to:7,0 7,1 7,2 7,3,7,4 7,5 7,6 7,7 Shoisoyev, Arziyev 2019, s. 52—55.
  •  Jump up to:8,0 8,1 8,2 8,3 8,4 8,5 8,6 „Koʻhna sardoba tarixi“. Soglom.uz (18-mart 2017-yil). Qaraldi: 1-yanvar 2023-yil.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling