Guruh talabasi xurazova buvsalimaning taqdimoti


Download 9.77 Kb.
bet2/2
Sana31.01.2024
Hajmi9.77 Kb.
#1833199
1   2
Bog'liq
613-20- GURUH TALABASI XURAZOVA BUVSALIMANING TAQDIMOTI

Vahdat ul- VUJUD


Vahdatul vujud nazariyasi Sharq falsafiy tafakkuri ta-raq-qiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Tasavvufning fikriy – mushohadaviy doirasini kengaytirdi. Ammo uni hamma so’fiylar ham qabul qilgan emaslar. Vahdatul vujudni zararli ta’limot, shariatga zid qarash, deb baholaganlar ham ancha edi. Chunonchi Ibn Taymiya, Ibn Xaldun, al-Asqaloniy, Alouddavla Simnoniy shunday kishilardan bo’lgan.
Alouddavla Simnoniy vahdatul vujud o’rniga vahdatush shuhud (yagona guvohlik yoki mushohada birligi) nazariyasini taqdim etgan. Bu nazariyaga ko’ra, Mutlaq zot sifatlari jami ashyolarga emas, balki inson qalbida jilolanadi. Insonning maqsadi esa musaffalanib, Mutlaq vujud nurini qabul qilishga tayyorlanib borishdir. Shunday qilib, orif inson – Mutlaq zotning sifatlari, qudrati va kamolining shahodati (guvohi) bo’la oladi. Bu ham, baribir, boya ko’rganimizdek, Ibn Arabiyda bor: Komil inson kichik olam bo’lgani uchun ulug’ olam xususiyatlarini aks ettiradi. Simnoniy Boyazid Bistomiy, Mansur Halloj, Aynul Quzzot Hamadoniy fikrlarini qayta jonlantirib, insonning ilohga yaqinligini ta’kidlagan. Ammo Simoniy insonning Mutlaq zotga aylanishi, ijtihod, hulul kabi hodisalarga keskin qarshi chiqadi.
Ko’rinadiki, tariqat ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilgan. Tariqat asosida tasavvufning yaxshi, ideal jamiyat haqidagi qarashlari vujudga kelgan. Masalan, Jomiyning «Xiradnomai Iskandariy» va Navoiyning «Saddi Iskandariy» dostonlarida podshohsiz odamlar, ya’ni solih kishilar jamiyati haqida gap boradi. Tasavvuf bunday jamiyatga zo’rlik, inqilob yo’li bilan emas, har bir insonni axloqiy tarbiyalash oraqli yetish mumkin, deb hisoblagan.
Tasavvufdagi o’zini-o’zi takomillashtirish g’oyasi, axloqiy yuksalish, ezgulik, xayr, himmat, mardlik haqidagi qarashlar butun musulmon olamiga keng tarqalib, katta ijtimoiy hodisaga aylangan edi. Darveshlar, so’fiylar, shayxlar, valiysifat ruhoniylarni xalq juda hurmat qilgan, ularga e’tiqod qo’yish orqali Tangri taolo qudratini chuqurroq his qilgan, amaliy turmushda odamlar shu darveshlar kabi qanoatli, halol bo’lishga intilgan, nafsini tiygan. Shuning uchun ham tasavvufga ta’rif berganda, juda ko’p shayxlar uni shaytoniy nafsni jilovlash va rahmoniy xislatlar kasb etish ilmi deb ko’rsatganlar.
Endi bu o’rinda shuni aytish kerakki, agar tasavvufning negizida chin insonparvarlik g’oyasi, xalqning adolat va haqiqat haqidagi orzulari yotmaganda, u bunchalar keng tarqalmas, bunchalik keng ommaviylashib, ijod ahli qalbidan o’rin olmasdi, bu qadar qaynoq va jozibali bir she’riyat yaratilishiga turtki bo’lmas edi.Biroq, yana bir nuqtani ta’kidlash muhim: tasavvufning sathi keng, yo’nalishlari ko’p. Hamma so’fiylarni falsafaga daxldor deb bo’lmaydi. Umuman, faylasuflarni yoqtirmaydigan shayxlar ham bo’lgan.
Tasavvufning «falsafiylanish» davri XIII–XIV asrlarda bir qator mutafakkir adiblar, orif sufiylar yetishib chiqdiki, biz ularni tasavvufni falsafa bilan bog’lovchilar deb aytamiz. Chunonchi, Ibn al Arabiy, Abu Homid Muhammad G’azzoliy, Fariddidin Attor, Aziziddin Nasafiy, Yahyo Suhravardiy, Ibn Saboin, Abdurazzoq Koshoniy, Abdulkarim Jiliy, Mahmud Shabistariy, Jaloliddin Rumiy, Abdurahmon Jomiy, Abdulqodir Bedil shunday mutafakkirlar sirasiga kiradi. Bularning ijodida olam va odam haqida o’ylar, qazovu qadar, erk va ixtiyor, suvrat va ma’no, aql va ruh, vaqt va zamon, inson tiynati xususida ko’plab yangi qarashlar bayon etilgan. Bu zotlar ilohiyshunoslikni butunlay yangi pog’onaga ko’tardilar. Ularning asarlarida insoniy ma’rifat, insoniy kechinmalar tasviri va tahlili bilan olib boriladi, komil inson xislatlari batafsil ishlab chiqildi.
Bu mualliflar o’z qarashlari bilan Ibn Sino, Ibn Rushd, Umar Xayyomga yaqinlashib bordilar, ya’ni irfoniy tasavvufni rivojlantirdilarki, bu, masalan Ibn Sino tomonidan ham iliq qarshi olingan edi. Ibn Sino irfoniy bilish yo’lini inkor etgan emas, aksincha, «Hayy ibn Yaqzon», «At tayr», «Salomon va Absol» nomli asarlarida ramzlar orqali sufiyona ma’rifatga erishishni tasvirlaydi. «Risola fil ishq» asarida esa muhabbatni aynan irfoniy mazmunda talqin etgan.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 9.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling