Guruh talabasi yo’lbarsova Qunduzxon Paxlavon qizining “Texnologiya fanini o’qitish metodikasi fanidan” fanidan
Download 387 Kb.
|
Guruh talabasi yolbarsova Qunduzxon Paxlavon qizining Texnolog
2-bob bo’yicha xulosa
Darsni tashkil etishda ko‘rgazmali qurollar muhim o‘rin tutadi. Didaktikaning asosiy tamoyillaridan biri darsning ko‘rgazmaliligini ta’minlash. Ayniqsa, mehnat ta’limini o‘qitishda ko‘rgazmali qurollardan foydalanish o‘quvchilarga iqtisodiy kategoriyalarni, muammolarni o‘rganishda katta yordam beradi.Ko‘rgazmali qurollar yordamida o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida muhokoma qilinayotgan savolni, axborotni ham eshitish, ham ko‘rish orqali qabul qilishishubhasiz ularni puxta bilim olishlariga yordam beradi.Ko‘rgazmali qurollar xilma-xil taraqqiyotning o‘zi bir tomondan, fanni chuqur o‘zlashtirishni zarur qilib qo‘ysa, ikkinchi tomondan, dars berishning turli-tuman yangi uslublari ko‘rgazmalilikni oshirish, texnik vositalardan foydalanish, ularni qo‘llashni takomillashtirish orqali bilim olishni osonlashtirish, qiziqarli jarayonga aylatirishga yordam beradi. «Bilim olish ignada quduq qazish bilan barobar» degan naql bejiz emas, chunki u nihoyatda mashaqqatli mehnat. Sabr- toqatni talab qiladi. Tabiiy yoshlarda energiya ko‘p, sabr-toqat esa yetishmaydi.Eng uyqori malaka, tajribaga ega o‘qituvchilar ham darsdan ko‘zlangan maqsadga erishish, o‘quvchilarning mavzuni puxta o‘zlashtirishlari uchun doimo auditoriyaga qarab, dars mashg‘ulotini ma’lum bir tartibda avvaldan qanday tarzda, qaysi metodlarni qo‘llab o‘tkazishini o‘ylab qo‘yishi, rejalashtirishi kerak. Multimedia texnologiyasi bir vaqtning o’zida mahlumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi: matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz. Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaolik - axborot muhiti ishlashida foydalanuvchiga tahsir o’tkaza olishga qodirligi hisoblanadi. Multimedia texnologiyalarining asosiy maqsadi - tovush, video, animatsiya va boshqa vizual effektlar bilan tahminlangan dasturiy maxsulotlarni yaratishdan iboratdir. Bunda multimedia dasturiy maxsulotlari o’z ichiga interfaol interfeys va boshqarish mexanizmlarini qamrab oladi. Undan tashqari multimedia texnalogiyasidan foydalanuvchi o’zi dizayn bilan shug’ullana olishiga imkon beradi, shuningdek statik (xarakatsiz) va dinamik (xarakatlanuvchi) tasvirlarni yaratishi hamda o’z ijodiy ishining natijalarini aloqa kanallari orqali tashqi muxitga tarqatishi mumkin. Download 387 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling