Guruh talabasining dinshunoslik fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Download 118.5 Kb.
bet2/5
Sana08.02.2023
Hajmi118.5 Kb.
#1176628
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-Mavzu Dunyoviylik daxriylik emas

Dunyoviylik yoki sekularizm diniy muassasalarning davlatdanjamiyatdan ayri turishi kerakligini uqtiruvchi qarash va oqimdir. Dunyoviylarga koʻra din va eʼtiqod kishilarning shaxsiy masalasi boʻlmogʻi lozim. Dunyoviylik nafaqat davlatni din taʼsiridan, balki dinni ham davlat siyosati taʼsiridan saqlaydi. Hozirgi kunda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning koʻpchiligi dunyoviydir. JumladanOʻzbekistonda ham din va davlat strukturalari bir-biridan ayirilgan.


Diniylik va dunyoviylik Islom nigohida.
Bugungi kunda turli mutaassib kuchlar tomonidan diniylik va dunyoviylik nisbati buzib talqin qilinib, davlatga oid dunyoviy ishlardan dinni ajratish dahriy davlat va axloqsiz jamiyat qurishga olib kelishi haqidagi noxolis da'volar tobora ko‘proq yangramoqda.
Musulmonlarning dunyoviy davlatda yashashi mumkinligi ilmiy isbotlar talab qilmaydi. Nafaqat G‘arbiy Yevropa, Amerika va Avstraliyadagi aholining ozchiligini tashkil qiluvchi musulmonlarning tajribasi, balki aholisining mutlaq ko‘pchiligi musulmonlardan iborat Turkiya yoki O‘zbekiston tajribasi ham shundan dalolat beradi.
Ammo ayrim guruhlarning siyosat bilan din ajralmasdir, ijtimoiy hayotning barcha sohalari islom dini qoidalari asosida boshqarilishi kerak, degan demokratiya tamoyillariga zid da'volari biryoqlama kayfiyatlarni uyg‘otmoqda.
Vijdon erkinligi barcha demokratik tizimlarda kafolatlangan va Inson huquqlari haqidagi halqaro deklaratsiyada belgilab qo‘yilgan muhim huquq hisoblanadi.
Dunyoviylik tushunchasini diniylik bilan mutlaq qarama-qarshi qo‘yish to‘g‘ri emas. Ma'lum ma'noda, diniylik va dunyoviylik bir-biriga mutlaq zid tushunchalar ham emas. Ular dunyo va inson hayotining mohiyatiga turlicha qarash usullaridir. Dunyoviylik tushunchasida diniy tashkilotlarni siyosiy tashkilotlardan ajratish va diniylikni barcha uchun asos qilib olmaslik tamoyili turadi. Dindorlik esa qalbga bog‘liq hissiyot. Uni barchaga majburiy singdirish hech qaysi diniy tamoyillarga to‘g‘ri kelmaydi. Dunyoviy taraqqiyot yo‘lini tutgan davlatlarda garchi din davlatdan ajratilgan bo‘lsada, jamiyatdan ajralmagan. Milliy va diniy qadriyatlar xalqlar ma'naviy qiyofasining muhim qismlaridan hisoblanadi.
Islom dinida dunyoviylikka dinga yot tushuncha sifatida qaralmaydi. Islom dinining muqaddas manbalari – Qur'oni karim va Sunnada ham dunyoviylik tamoyillari asosini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, Baqara surasi 201-oyatda: Yana shundaylari ham borki, ular: «Ey, Rabbimiz, bizga bu dunyoda ham yaxshilik ato etgin, oxiratda ham yaxshilik (ato etgin) va bizni do‘zax azobidan asragin», – deydilar.
Ushbu oyatda inson bu dunyosi uchun ham harakat qilishi kerakligiga ishora qilinadi. Qur'oni karimdagi “Dinda (dinga) zo‘rlash yo‘q” (Baqara, 256) oyatida dunyoviylikning eng muhim asoslaridan biri mujassam bo‘lgan. Unga ko‘ra diniy hayot tarzini majburlab singdirish mumkin emasdir. Ushbu oyatning so‘nggi nozil bo‘lgan oyatlardan ekani ham alohida e'tiborga molik.
Shuningdek, “Qasas” surasida bayon qilingan: “Alloh senga ato etgan narsa bilan oxiratni istagin va dunyodan bo‘lgan nasibangni ham unutmagin” (Qasas, 77) oyati karimani Abu Lays Samarqandiy “Bu dunyodagi nasibangni tark qilmagin, toki oxirating uchun xizmat qilsin” deya tafsir qilgan.
Mazkur oyatda oxiratni yodda tutgan holda, bu dunyo ne'matlarini ham yoddan chiqarma, deyilmoqda. Chunki senda tanang, oilang, qo‘ni-qo‘shni, jamiyat, qo‘l ostingdagilarning haqqi bor, har bir haqdorning haqqini ado etish kerak.
“Kahf” surasi 29-oyatida: Ayting: «(Bu Qur'on) Rabbingiz (tomoni) dan (kelgan) Haqiqatdir. Bas, xohlagan kishi imon keltirsin, xohlagan kimsa kofir bo‘lsin», deb marhamat qilinadi. Bu oyatda ham har bir inson imon keltirish masalasida ixtiyorli ekani, o‘z amali uchun o‘zi mas'ul bo‘lishi ta'kidlanadi.
Shular bilan birga Qur'onda ko‘plab oyatlar dunyoviy masalalarni ham qamrab oladi. Misol tariqasida, Qur'ondagi eng katta oyat ham aynan dunyoviy masala – qarz oldi-berdisi haqidagi “Baqara” surasining 282-oyati bo‘lib, unda masalaning moddiy va ma'naviy jihatlariga e'tibor e'tibor qaratilgan.
Payg‘ambar (a.s.)ning hayot yo‘lini o‘rgangan ulamolar u yerdagi dunyoviylikka e'tibor berilgan nuqtalarni alohida o‘rganganlar. Muhammad (a.s.) diniy masalalarda barchaga muallim bo‘lsalar ham, dunyoviy masalalarda mutaxassislarning fikrlariga quloq tutardilar. Xuddi shunga o‘xshash “xurmo changlatish” haqidagi hadisda ham Payg‘ambar (a.s.) dunyoviy ishlarida soha mutaxassislarining fikriga tayanish kerakligiga ishora qilganlar. Jumladan, Imom Muslimning Anas (r.a.)dan keltirgan rivoyatda:
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam (xurmo) changlatayotgan bir qavmning oldidan o‘tayotib, buni qilmasangiz ham bo‘laveradi, dedilar. O‘sha yili hosil yomon chiqdi. U zot yana o‘shalarning oldilaridan o‘tayotib, xurmoingizga nima bo‘ldi? deb so‘radilar.Ular, shundoq, shundoq, degan edingiz… deb aytdilar. U zot: «Sizlar dunyongiz ishini biluvchiroqsiz» dedilar.
Ya'niki, Rasulullohning ba'zi gaplari diniydan ko‘ra tajribaviy asosga yoki shaxsiy ra'yga tayangan. Shuning uchun ham sahobiylar Rasulullohning ba'zi amrlari borasida “shaxsiy fikringizmi yoki Allohning amrimi?” deb so‘rar edilar. Shaxsiy fikrlari bo‘lsa, unda ba'zan boshqa afzalroq variant taklif eta olardilar. Rasululloh (a.s.) bunday taklifni qabul qilib, o‘z ra'ylarini o‘zgartirar edilar. Ya'ni shu dunyoviy soha mutaxassisining fikrini albatta inobatga olar edilar.
Rasululloh (a.s.)dan keyin chohoryorlar ham shu yo‘lni tutdilar. Hazrati Umar (r.a.) “Sizlarning yaxshingiz u dunyo va bu dunyo uchun harakat qilganingizdir” deb alohida ta'kidlagan. U zot masjidda ertayu-kech ibodat bilan mashg‘ul bo‘lgan yoshlarni tayoq bilan urib haydab, dunyoviy ish bilan shug‘ullanishga chaqirgani rivoyatlarda mashhurdir. Ali (r.a.) esa “Bu dunyo uchun abadiy yashaydigandek, oxirating uchun ertaga vafot etadigandek harakat qil” deb marhamat qilgan.
Hozirgi zamonaviy davlatlar ham o‘z poydevorini e'tiqodiy tamoyillar emas, balki fuqarolik negiziga quradilar. Yuqorida kelganidek, “Madina sahifasi”da ham deyarli shunday tamoyillar nazarda tutilgan edi. Payg‘ambar (a.s.)ning jamiyat qurilishi va davlat boshqaruviga oid tuzgan ilk hujjat – “Sahifa”da ham ko‘rib turganimizdek dunyoviylik tamoyili yetakchilik qiladi. Ushbu hujjatga binoan Madina aholisining hech bir vakiliga diniy aqidalarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmagan, fuqarolik haq-huquqlari diniy mansublik nuqtai nazaridan belgilanmagan. Hattoki, turli e'tiqodiy qarashlarga ega Madina aholisiga ham bir xalq deb qaralgan.
Payg‘ambar (a.s.) vafot etayotganlarida ham o‘rinlariga boshqaruvni amalga oshiradigan xalifani tayinlab ketmadilar, balki musulmonlar ixtiyoriga qoldirdilar. Ya'ni, davlatning keyingi rahbarlarini saylash jarayonlari diniy shaklda amalga oshmasligi ma'lum bo‘ldi. Shuning uchun ham Abu Bakr Siddiq (r.a.) rahbar etib saylanganlarida boshqaruv ishida xato qilishlari mumkinligini e'tiborga olib, sahobiylardan ularni to‘g‘rilab turishni, to‘g‘ri ish qilsalar ularni qo‘llab-quvvatlashni so‘raganlari rivoyatlarda mashhur. Islom dini ta'limotida davlat siyosiy tuzilmasining muayyan shakli ko‘rsatilmagan. Faqatgina umumiy tamoyillar belgilangan. Ulamolar bu tamoyillar 4 ta ekanini aytadilar: tenglik, erkinlik, adolat va mashvarat. Ushbu tamoyillar o‘rnatilsa, davlat qanday shaklga ega ekanidan qat'i nazar, u islom diniga muvofiq keladi.
Bugungi kunda ayrim buzg‘unchi kuchlar tomonidan zamonaviy dunyoviy qonunchilik asosida hayot kechirish musulmonlar uchun maqbul emasligi haqida soxta da'volar tarqatilmoqda. Vaholanki, dunyoviy qonunlar haqida islom ulamolarining fikrlarini quyidagicha umumlashtirish mumkin: zamonaviy jamiyat talablariga muvofiq chiqarilgan qonunlar shariatga zid kelmasa, unday qonunlar shariatdandir. Zero, har bir shariat inson manfaati uchun yuborilgan, jamiyatlarning o‘z manfaatlarini ko‘zlab chiqargan qoidalari garchi shariatdan olinmagan bo‘lsada, lekin shariatga zid kelmasa ular ham shariatga muvofiq (shar'iy) hisoblanaveradi.
Yuqoridagi misollardan ko‘rinadiki, islom dinida dunyoviylikka dinsizlik sifatida baho berilmagan. Dunyoviy ishlar shaxs va jamiyat manfaatini ko‘zlar ekan ular din ta'limotlarida doim qo‘llab-quvvatlagan. Din dunyoviy ishlarning ma'naviy jihatlarini tartibga solib turgan. Masalan, bu ishning savobli yoki savobsizligi, ma'naviy jihatdan mumkin yoki mumkin emasligi kabi. Umuman olganda demokratik tizimlarning konstitusion normalarida davlat va din o‘rtasidagi munosabatlar masalasidagi ikki jihat yaqqol ajralib turadi:

  • din jamiyatda insonparvarlik ruhiyatining shakllanishida yuksak ma'naviyat bulog‘i, beqiyos axloqiy tarbiya manbai, insonlarni halollik, poklik kabi fazilatlarga undvchi qadriyat sifatida e'tirof etiladi;

  • dindan g‘arazli maqsadlarda foydalanish, diniy omildan foydalanib siyosatga aralashish, hokimiyatga intilish kabi holatlar man etiladi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini qurish bosqichida diniylik bilan dunyoviylik o‘rtasidagi yangi nisbatni shakllantirish har doim ham silliq kechmadi. Bu yo‘lda musulmon aholi diniy ongini radikallashtirish va siyosiylashtirishga qaratilgan urinishlar hamon davom etmoqda. Bunday harakatlarning aniq ko‘rinishlari sifatida islom niqobi ostida harakat qilayotgan turli oqimlarning faoliyatida ko‘rish mumkin.
Dunyoviylik tamoyili mustaqil O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonuni bilan huquqiy kafolatlangan. O‘zbekiston tanlagan taraqqiyot yo‘li – dunyoviy demokratik yo‘l. Din axloqiy tarbiya sohasida muhim ahamiyatga ega vazifani bajaradi.
Ming yillar davomida islom dini tamoyillariga sodiq holda yashab kelayotgan xalqimiz go‘zal fazilatlarni to‘laligicha hayoti, urf-odat va an'analariga singdirib olgan. Xalqimizning urf-odat va asriy an'analarini o‘zida aks ettirgan respublikamiz qonunchiligida kimning qanday e'tiqodga ega bo‘lish-bo‘lmasligi uning vijdoniga havola etiladi. Lekin havola etilayotgan e'tiqod qonunga xilof bo‘lmasligi shart.



Download 118.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling