Guruh talabasining elektron hukumat fanidan
-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay’at majlislarida axborotdan foydalanuvchilarning hozir bo‘lishi uchun sharoitlar yaratish
Download 383.57 Kb.
|
Elektron hukumat 3-mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 17-modda. Ommaviy axborot vositalari vakillarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalanishini ta’minlash
16-modda. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay’at majlislarida axborotdan foydalanuvchilarning hozir bo‘lishi uchun sharoitlar yaratish
Oldingi tahrirga qarang. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hay’at majlislari ochiq tarzda o‘tkaziladi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. (16-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‘zlarining ochiq hay’at majlislarida axborotdan foydalanuvchilarning hozir bo‘lishi uchun sharoitlar yaratadi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay’at majlislarida axborotdan foydalanuvchilarning hozir bo‘lishi tartibi ushbu organlarning tegishli normativ hujjatlari bilan belgilanadi. LexUZ sharhi Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-oktabrdagi 855-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organi hay’atining namunaviy reglamenti”ning 33-bandi, “Axborotdan foydalanuvchilarning davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq hay’at majlislarida hozir bo‘lishi tartibi to‘g‘risida”gi namunaviy nizom (ro‘yxat raqami 2742, 22.12.2015-y.). 17-modda. Ommaviy axborot vositalari vakillarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborotdan foydalanishini ta’minlash Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari o‘z faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida ommaviy axborot vositalari vakillarining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari huzurida akkreditatsiya qilinishini amalga oshirishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ommaviy axborot vositalarining akkreditatsiya qilingan vakillarini o‘tkaziladigan tadbirlar to‘g‘risida oldindan xabardor qiladi, ularga o‘z kasbiga doir vazifalarini bajarishda ko‘maklashadi. Ommaviy axborot vositalarining akkreditatsiya qilingan vakillari quyidagi huquqlarga ega: bo‘lib o‘tadigan ochiq hay’at majlislari va boshqa ommaviy tadbirlar to‘g‘risida oldindan axborot olish; akkreditatsiya qiluvchi organning binolariga (xonalariga) va boshqa obyektlariga akkreditatsiya qiluvchi organ tomonidan belgilangan tartibda kirish; ochiq hay’at majlislarida va boshqa ommaviy tadbirlarda hozir bo‘lish; akkreditatsiya qiluvchi organning mas’ul shaxslaridan zarur hujjatlar va materiallarni so‘rash hamda olish, ommaviy tadbirlarning yozuvlari bilan tanishish hamda ulardan ko‘chirma nusxalar olish; olingan yozuvlardan ommaviy axborot vositalari materiallarini tayyorlashda foydalanish. Oldingi tahrirga qarang. Ommaviy axborot vositalarining akkreditatsiya qilingan vakillari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Hujjat Prezidentning 22.04.2020 yildagi «Doimiy propiska qilish hamda turgan joyi boʻyicha hisobga olish tartibini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-5984-son Farmoni va Prezidentning 28.04.2020 yildagi «Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4699-son qaroriga muvofiq qabul qilingan. Qaror bilan Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining «Elektron hukumat» tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona aхborot tizimini (keyingi oʻrinlarda - identifikatsiya tizimi) 2020-2021 yillarda, shu jumladan, DXSh asosida bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish toʻgʻrisidagi takliflari ma’qullandi. Bunda tizimda quyidagi qoʻshimcha imkoniyatlar yaratilishi nazarda tutilishi lozim: jismoniy va yuridik shaхslarni ERI, mobil telefon raqamlari hamda boshqa ma’lumotlar asosida roʻyхatga olish, identifikatsiyalash, autentifikatsiyalash va avtorizatsiyalash; davlat organlari, banklar, moliya hamda boshqa sub’yektlar tomonidan elektron хizmatlar koʻrsatish jarayonida jismoniy va yuridik shaхslarni masofaviy identifikatsiyalash (autentifikatsiyalash). Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: «Elektron hukumat» tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona aхborot tizimi arхitekturasi; «Elektron hukumat» tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalashning yagona aхborot tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi; Idoralararo elektron hamkorlik orqali identifikatsiya tizimiga taqdim etiladigan ma’lumotlar roʻyхati. Hujjatda quyidagilar belgilangan: identifikatsiya tizimi jismoniy va yuridik shaхslarni identifikatsiyalashning rasmiy ma’lumotlar manbai hisoblanadi va u orqali olingan ma’lumotlar davlat organlari, banklar, moliya va boshqa хizmatlardan foydalanuvchi shaхslarni masofaviy identifikatsiya (autentifikatsiya) qilishning asosi hisoblanadi; identifikatsiya tizimini modernizatsiya qilish, joriy etish va qoʻllab-quvvatlash bilan bogʻliq хarajatlar, shuningdek, loyiha-teхnik hujjatlarni ishlab chiqish va server qurilmalarini хarid qilish хarajatlarini moliyalashtirish elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga ajratiladigan mablagʻlar doirasida Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi; identifikatsiya tizimi orqali shaхslarni identifikatsiyalash (autentifikatsiyalash) хizmatlari davlat tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy davlat hokimiyati organlariga bepul, boshqa хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga belgilangan tartibda tuziladigan shartnomaga muvofiq pullik asosida koʻrsatiladi. Shuningdek qarorda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining vazifalari belgilangan hamda aholiga taqdim etilayotgan elektron davlat хizmatlarini koʻrsatishda shaхsni identifikatsiyalash tizimini yanada rivojlantirishning boshqa jihatlari qayd etilgan Podrobneye: https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/elektron_hukumatning_identifikaciyalash_tizimi_modernizaciya_qilinadi Download 383.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling