Guruhlarga ajraladi. O`zbek tilidagi kiyim-kechak nomlarini kamida 5 ta lmg ga ajratib o`rganishi kerak. Bular quyidagilar
Download 18.62 Kb.
|
LMG sistem leksikologiyaning eng zarur tushunchalaridan biri hisoblanadi
LMG sistem leksikologiyaning eng zarur tushunchalaridan biri hisoblanadi. LMG deganda, muayyan birlashtiruvchi semasi asosida muayyan guruhga birlashuvchi, ayni vaqtda farqlovchi semalariga ko`ra esa o`zaro farqlanib, ajralib turuvchi leksemalar tushuniladi. Tom ma’noda, yuqorida ko`rib o`tilgan ma’nodoshlik qatorlari va, xususan, mazmuniy darajalanish qatorlari LMG larining bir turidir. LMG lari xilma-xil shakllari va turlariga egadir. Bunday turlardan biri ma’nodoshlik va darajalanish qatorlaridir. O`ar bir ma’nodosh qatorlar uchun atash semalari umumlashtiruvchi, ifoda semalari esa farqlovchi semalar vazifasini o`taydi. O`zbek tili leksemalarining mazmun guruhlari sistem usulda yetarlicha o`rganilmagan. Faqat nutq fe’llari I.Qo`chqortoyev tadqiqotlarida, holat fe’llari R.Rasulov ishlarida, qavm-qarindoshlik nomlari M.Narziyeva, baholash sifatlari S.o`iyosov, hayvon nomlari R.Safarova, tana a’zolari nomlari B.Jo`rayev, ko`lam sifatlari I.Abdurahmonov izlanishlarida zamonaviy usullarda LMG lari sifatida tahlil etildi. Ammo LMG larini ajratish nazariyasi o`zbek tilshunosligida hali to`la ishlab chiqilmagan bir necha ichki, nisbatan tor doiradagi
1. «Bosh kiyim» LMG: (bo`rk, do`ppi, takya, telpak, qalpoq, quloq, salla, shlyapa, shapka. . .). 2. «Ich kiyim» LMG: (ishton, ko`ynakcha; siynaband, cho`milQich, nimcha, trusi, mayka. . .). 3. «Ustki kiyim» LMG: (kiyim, ko`ylak, yaktak, to`n, po`stin, yopinQich, yoQmirlak, shim, shalvar, poyjoma, palьto, kostyum. . .). 4. «Oyoq kiyimlari»LMG: (paypoq, etik, mahsi, kavush, kalish, tufli, choriq. . .). 5. O`ragichlar LMG: (ro`mol, qiyiq, belboQ, tasma, peshonaband, gardanband, bo`QinboQ, poytova, kamar. . .). O`zbek tilidagi hayvon nomlarini atashga xizmat qiladigan leksemalar ham bir necha LMG larini hosil qiladi. Jumladan, R.Safarova faqat uy hayvonlari atamalari ichida quyidagi LMG larini ajratadi: 1) qoramol LMG: (sigir, buzoq, tana, Qo`najin, ho`kiz, buqa, govmish. . .).
I.Qo`chqortoyev o`zbek tilidagi nutq fe’llarini 8 ta LMG iga ajratadi. (17). 1) demoq fe’li; 2) gapiruv fe’llari (gapirmoq, atamoq, aljimoq, maqtamoq, tushuntirmoq, isbotlamoq, yakunlamoq. . .); 3) ifodalov fe’llari (aytmoq, bildirmoq, ta’kidlamoq. . .); 4) talaffuz fe’llari (boshqarmoq, o`shqirmoq, qichqirmoq, biQillamoq); 5) sub’yektiv hukm fe’llar (kesatmoq, maqtamoq, ta’riflamoq, yomonlamoq, chalpimoq, o`pkalamoq, harakatlanmoq, jerkimoq, qarQamoq, salomlashmoq, tabriklamoq. . .); 6) nutqiy da’vat fe’llari (buyurmoq, undamoq, tarQib qilmoq, da’vat qilmoq taklif etmoq, chaqirmoq, qistamoq. . .); 7) simmetrik nutq fe’llari (suhbatlashmoq, gaplashmoq, otamlashmoq, hangomalashmoq, chaqchaqlashmoq, o`rtoqlashmoq, sirlashmoq, dardlashmoq, fikrlashmoq, maslahatlashmoq. . .); 8) sukut fe’llari (gapirmadi, aytmadi, indamadi, churq etmadi, tilini tiymoq, jim bo`lmoq, sukut saqlamoq. . .). R.Rasulov o`zbek tilidagi holat fe’llarini 9 ta LMG ga ajratadi (21); 1) davomli holat fe’llari: (turmoq, yotmoq, o`tiromoq, qolmoq. . .); 2) harakat natijasi bo`lgan holat fe’llari: (to`xtamoq, tinmoq, qoraymoq, yorishmoq. . .); 3) ijro holati fe’llari: (saqlamoq, asramoq, qo`riqlamoq, poylamoq. . .); 1) harakatning holati fe’llari: (kuchaymoq, qiziqmoq, ko`paymoq. . .); 5) malaka holati fe’llari: (odatlanmoq, o`rganmoq, ko`nikmoq. .); 6) obrazli holat fe’llari: (qaqqaymoq, olovlanmoq, charaqlamoq, oltinlanmoq. . .); 7) biologik holat fe’llari: (keksaymoq, chanqamoq, gullamoq, qovjiramoq. . .); 8) fiziologik holat fe’llari: (uxlamoq, charchamoq, kasallanmoq, semirmoq. . .); 9) ruhiy holat fe’llari: (qo`rqmoq, zavqlanmoq, Qazablanmoq, uyalmoq. . .). LMG markazi va qurshovi. LMG lar ikki qismdan – asos va qurshovdan iborat bo`ladi. LMG da bosh leksema bo`lmasligi ham mumkin. Bunda LMG qurilishida bo`shliq (lakuna, qar. 86) seziladi va til bunday bo`shliqni yangi bitta leksema yoki boshqa atov birligi (so`z birikmasi va boshqalar) bilan to`ldirishga intiladi. Masalan, «oyoq kiyimi» LMG da qadimda [kechak] bosh leksemasi bo`lgan (bu leksema kiyim-kechak) da saqlangan. LMG bu leksemani yo`qotdi va tarkibi ancha ravshan bo`lgan (oyoq kiyimi) birikmasi bilan LMG ni birlashtiradi. «LMG lari markazidagi leksemalar o`zaro qanday munosabatlarda turadi» degan savol tuQilishi tabiiydir. Bu savolga biz tolibi ilmoarimizga: «Buni siz aniqlaysiz», - deb javob bera olamiz, xolos. Buning boisi shundaki, jahon tilshunosligida leksemalararo ma’no munosabatlari, asosan, ma’nodoshlik (sinonimiya) va, (antonimiya) va, qisman, jinsturlilik (giponimiya) (qar.29;32) munosabalarini o`rganish bilangina cheklangan. O`zbek tilshunosligi esa bu sohada yana ham ilgarilab ketdi. O`zbek tilidagi LMG markaziy leksemalari orasidagi ma’no aloqalarini o`rganish (graduonomiya), jins-tur (giponimik), butun bo`lak (partonimik), vazifadoshlik (funktsonimik) va poQonalik (iyerarxonimik) kabi ma’no munosabatlarini ajratilishi mumkinligini ko`rsatadi (32). Bu munosabatlar asosida LMG larining tashkil topishi xususiyatlari esa hali o`rganilgan emas LMT bir umumiy mavzuga oid bir necha LMG ni o`zida birlashtiradi. Masalan, o`zi bir necha LMG laridan iborat «uy hayvonlari» yoki «qush» kabi LMT lari shular jumlasidandir. I.Qo`chqortoyev tomonidan ajratilgan nutq fe’llarining 8 ta LMG «demok» LMT (nutq fe’llari LMT)ga birlashadi. LMT lari ham markaz va qurshovdan iborat bo`lib, ularning markaziga LMG larning bosh leksemalarigagina mansubdir. «o`simlik» LMT ni olaylik. U o`z navbatida ustki, asosiy, markaziy leksemadan iboratdir. Download 18.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling