Gurux talabasi Teshaboyev Sherdorbek


Savol: Markaziy bank tomonidan kredit oluvchi banklarga va kredit ta’minotiga qanday talablar qo’yiladi? Javob


Download 26.81 Kb.
bet3/8
Sana06.10.2023
Hajmi26.81 Kb.
#1693775
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Pul va banklar mustaqil ta\'lim

Savol: Markaziy bank tomonidan kredit oluvchi banklarga va kredit ta’minotiga qanday talablar qo’yiladi?
Javob:
11. Banklar kredit olish to‘g‘risida ariza bergan vaqtda quyidagi talablarga javob berishi lozim:
majburiy rezerv talablarini o‘z vaqtida va to‘liq hajmda bajarish;
belgilangan iqtisodiy normativlarga to‘liq rioya qilish;
bank ustav kapitali miqdori qonunchilikda belgilangan me’yor talablaridan kam bo‘lmasligi;
Markaziy bank tomonidan berilgan kreditlar bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish va unga hisoblangan foizlarni to‘lash borasida muddati o‘tgan qarzdorlikning bo‘lmasligi;
oxirgi uch oy mobaynida avval berilgan qayta moliyalash kreditlari bo‘yicha qarzlarni qaytarish muddatini kechiktirmagan bo‘lishi.
Oldingi tahrirga qarang.
Lombard krediti olmoqchi bo‘lgan bank yuqoridagi talablarga javob berishi bilan birga O‘zbekiston respublika valyuta birjasida (bundan buyon matnda O‘zRVB deb yuritiladi) davlat qimmatli qog‘ozlarini saqlash va ularga bo‘lgan huquqlarni hisobga olish uchun ochilgan hisobvaraqqa (bundan buyon matnda DEPO hisobvarag‘i deb yuritiladi) ega bo‘lishi lozim.
(11-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2201-1, 06.11.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 44-son, 570-modda)
12. Banklarga berilayotgan lombard krediti ta’minoti sifatida garovga olinadigan davlat qimmatli qog‘ozlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
Oldingi tahrirga qarang.
davlat qimmatli qog‘ozlarning chiqarilish shartlari, muddatlari, likvidligi, emitentlarining mavqeyi va moliyaviy holatidan kelib chiqqan holda Markaziy bank boshqaruvi tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda tasdiqlanadigan Markaziy bank tomonidan lombard kredit ta’minoti sifatida garovga olinadigan davlat qimmatli qog‘ozlari ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lishi;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2201-1, 06.11.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 44-son, 570-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat qimmatli qog‘ozlarining hisobi DEPO hisobvarag‘ida yuritilishi;
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2201-1, 06.11.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 44-son, 570-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
bankka mulk huquqi asosida tegishli ekanligi, bankning boshqa majburiyatlari bilan bog‘lanmaganligi hamda DEPO hisobvarag‘ining ahvoli to‘g‘risidagi ko‘chirma bilan tasdiqlanganligi;
(12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 8-oktabrdagi 27/2-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2201-1, 06.11.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 44-son, 570-modda)
davlat qimmatli qog‘ozlari to‘lovini amalga oshirish muddati lombard kreditini qaytarishning oxirgi muddati yetib kelgandan keyin 10 kalendar kunidan kam bo‘lmasligi.
13. Bank arizasida so‘ralgan lombard krediti va unga hisoblangan foizlar summasining yetarli darajada ta’minlanganligini dastlabki tekshirish vaqtida garovga qo‘yilgan davlat qimmatli qog‘ozlarining bozor narxi sifatida rasmiy e’lon qilinadigan o‘rtacha narx qabul qilinadi.
So‘ralgan lombard kreditining summasi (shu jumladan, kredit uchun hisoblangan foizlar summasi) garovga qo‘yilayotgan davlat qimmatli qog‘ozlarining Markaziy bank belgilagan tuzatish koeffitsiyentiga ko‘paytirilgan bozor narxidan (ariza ko‘rib chiqilgan kundan oldingi kunda yuzaga kelgan) oshmasligi lozim.
14. Banklar chet el valyutasini garovga qo‘ygan holda kredit olishlari uchun Markaziy bankning Toshkent shahar Bosh boshqarmasi Hisob-kitob-kassa markazidagi (bundan keyingi o‘rinlarda — HKKM deb yuritiladi) 29896 — “Boshqa majburiyatlar” balans hisobvarag‘ida alohida ochilgan “Garovga olingan chet el valyutasi” shaxsiy hisobvarag‘iga chet el valyutasini belgilangan tartibda o‘tkazishlari lozim.
Bunda, kredit olish uchun chet el valyutasini garovga qo‘yish AQSh dollari, Yevro, Angliya funt sterlingi, Shveysariya franki va(yoki) Yaponiya iyenasida amalga oshirilishi mumkin.
15. Banklarga ajratilgan kreditlar va undan ko‘zda tutilgan muddatda foydalanilganligi uchun hisoblanadigan foizlarning umumiy miqdori, chet el valyutasi garovga olingan kundagi Markaziy bank tomonidan chet el valyutasining so‘mga nisbatan belgilangan kursi bo‘yicha hisoblangan valyuta mablag‘larining tuzatish koeffitsiyentiga ko‘paytirilgan so‘mdagi ekvivalentidan oshmasligi kerak.


Download 26.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling