«H i m o y a g a r u x sa t eti l d i»


Download 0.7 Mb.
bet37/40
Sana10.06.2020
Hajmi0.7 Mb.
#116828
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40
Bog'liq
chizmachilikni oqitishda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish

Chizma qog'ozi. Chizma qog'ozi yuqori sifatli В markali va oddiy О markali qogozlar ishlab chiqariladi. Ikkala turdagi qog'ozning o'ng silliq va teskari gadir - budir tomonlari boladi. Chizmalar qog`ozning ong tomoniga chiziladi. Qogozning orqa tomoniga akvarel boyoqlarda rasm bajariladi.

В markali qogoz uzoq vaqt saqlanidagan muhim chizmalarni chizish uchun moljallangan va u О markaliga nisbatan qattiqroq va qalinroq boladi.
Umumiy o’rta talim muassasalari darsdan tashqari mashgulotlarida o’quvchilarni kasbga yonaltirish ishining mazmunini tanlash mezonlari tuzilmasi
1. Oquvchiga tushuncha berilayotgan kasblarning tiplari va nomlari boyicha real mavjud kasblarning miqdoriga nisbatan optimal munosabatni saqlash.

Oquv materialini haddan tashqari kamaytirish zamonaviy fan texnika yutuqlarini va ilgor ishlab chiqarish texnologiyalarini yetarli darajada tahsil oluvchilar tomonidan ozlashtirilishiga imkon bermasa, organilayotgan obyektlarni juda batafsil bayon etilishi ularni ortiqcha zoriqishiga, oz imkoniyatlariga ishonmay qolishiga sabab boladi. Fan- texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish texnologiyalari muntazam ravishda rivojlanib borganligi sababli talim mazmunini ham unga mushtarak tarzda takomillashtirib borishni taqozo etadi.

Hozirgi vaqtda, ijtimoiy va ilmiy - texnikaviy taraqqiyot sharoitida maktab oquvchilarini kasbga yonaltirishning muhimligi ancha oshdi. Bir tomondan - ishlab chiqarishni murakkablashtirayotgan xilma - xil kasblar va mutaxassisliklarning mavjudligi, ikkinchi tomondan - bir qator barqaror shaxsiy xususiyatlari bilan ajralib turgan odamlarning mavjudligi kasblarni, oquv yurtlarini tanlashda, kadrlarni ish orinlariga joylashtirishda va qayta joylashtirishda ana shu omillarni, umuman inson omilini hisobga olishni qatiy talab qiladi.

2. Kasb tanlash ishida mahalliy va mintaqaviy ehtiyojlar asosida kasbga
yonaltirishning ustuvorligi.
Kasb tanlashga yollash ishining vazifalari, birinchi galda oquvchilarni maktabga yaqin joylashgan korxonalar uchun zarur hisoblangan kasblar bilan tanishtirishga karatilishi lozim. Biroq kopincha biror kasb haqida malumotlar oquv dasturlari mazmuniga kiritilmaydi. Sinfdan tashqari mashgulotlar bunday cheklashlardan xoli ekanligidan foydalanib, biz o`quvchilarni yakin atrofdagi korxonalarda uchraydigan kasblar bilan togridan to`g`ri tanishtirishni maqsad qilib qo`ydik. Bu bilan o`quvchilarni mahalliy talablarni qondirishga xizmat qiladigan kasblarga yo`naltirishga muvaffaq boldik. Bu ishda turli kasb egalari uchrashuvlar uyushtirib, kasbga qiziquvchilar klublarini tashkil qilish va shu kabi tadbirlardan keng foydalandik.

Kasb tanlashga yo`llash ishlarining mazmunini tanlashning mazkur mezonini amalga oshirishda darsdan tashqari mashg`ulotlarning ommaviy shakli eng maqbul yonalish ekanligi tajriba - sinov ishlari jarayonida o`z tasdigini topdi. Jumladan, bizning tajriba - sinov maydonchalari bo`lgan Samarqand viloyati Kattaqurg`on tumani Kattaqurg`on shaxridagi Yog` moy ishlab chiqarish zavodi, Kattaqurg`on paxta tozalash qayta ishlash zavodiga uyushtirgan sayoxatlarimiz ularni mahalliy kasblarga yo`naltirishda muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Sayoxat jarayonida oquvchilar o`zlari tanishgan korxonalar va muassasalar uchun slesarlar, duradgor ustalar, santexniklar, elektr va gaz payvandchilar,labarantlar , preslovchilar kasb talimi oqituvchilari zarurligi va bu kasb egalarining mexnat sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.

O`zbekistonning agrar mamlakat ekanligi e`tiborga olinsa, o`quvchilarga qishloq xojaligiga oid kasblarga yonaltirish muammosi naqadar dolzarb ekanligi yaqqol namoyon boladi. O`qituvchining o`quvchilarda yerga omilkorlik bilan qarash hissini shakllantirishi, qishloq xojaligidagi mehnat togrisida togri tasavvur berishi, o`z mehnati va o`z jamoasi mehnati natijalaridan xursand bg`lishni o`rgatishi muhimdir. Shu boisdan ishni shunday rejalashtirish kerakki, bolalar chorva mollarni parvarish q iladigan, xosilni yigishtirib oladigan, mehnat

natijalarini hisob - kitob qiladigan bolsinlar. Bunday hollarda bolalarning ishga qiziqishi kuchayadi va kasbga yonaltirish ishi alohida mazmun kasb etadi.

Agar mahalliy kasblarga yonaltirish bilan bogliq ishlar faqat shiorlarga tayanib tashkil qilinsa, hech qanday samara bermaydi. Chaqiriqlar muayyan ishlar bilan hamohang bolishi kerak. Yuqorida aytilganlardan korinib turibdiki, darsdan tashqari ish ayni shunday ishlardan iboratdir. Ularga tarbiyalovchi go`yo berish lozim. Buning uchun darsdan tashqari ishning maqsadlari shunday ifodalanishi kerakki, o`quvchilar o`z shaxsiy sifatlari va jamiyat extiyojlarini o`zaro uzviy boglay olsinlar, ularning tafakkuri rivojlanishi, o`z faoliyati natijasi o`quvchining faqat ularning o`zigagina emas, balki jamiyatga xam foyda keltirishini, sinfdan tashqari ishda ishtirok etish, jamiyat qurilishiga shaxsiy hissa qo`shish uchun yaxshi tayyorgarlik ekanligini tushunib yetsinlar. Sinfdan tashqari mashg`ulotlarni boshqarishda o`qituvchining ta`limni foydali mexnat bilan qo`shib olib borish, texnik ijodkorlikni, politexnik talnmini va kasb tanlashga yollash ishini avtomatik ravishda rivojlantirish orqaligina erishish mumkin, deb oylash notogri, albatta. Bu holda mexnatning tarbiyalovchi, kasbga yonaltiruvchi roli pasayadi. Binobarin oqituvchi mashgulotning qanday shakli eng samarali bolishini oylab ko’rishi va uni darsdan tashqari ishda qollashi zarur. Faqat ana shundagina sinfdan dan tashqari mashgulotlarda kasb tanlashga yollash ishi zarur darajada amalga oshirilishi mumkin.


Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling