«H i m o y a g a r u x sa t eti l d i»
Download 0.7 Mb.
|
chizmachilikni oqitishda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish
Respublika va viloyat miqyosidag Olimpiadalarga,Ko’rgazmalarga tayyorlash Ommaviy mashg`ulotlarga gurux o`quvchilari qatnashishlari mumkin. Bunday mashg`ulotlarda «Chizmachilik kuni» kabi kechalar, konferensiyalar, muzokaralar, vektarinalar, qishloq xo`jaligi novatorlari bilan uchrashuvlar o`tkazish, ekskursiyalar materiallariga asoslangan ko`rgazmalar tashkil etish, o`tkir zexnlilar mushoirasi kabi turlari kiradi. Demak, umumiy o`rta-ta’lim maktablarida uyushtiriladigan sinfdan tashqari ishlarni yuqorida bayon etilgan shaklda olib borishda ishning mazmuniga qarab turli usullardan foydalaniladi. Vaholanki, bajariladigan ishning mazmuni, shakli va qo`llaniladigan metodlari bir-biri bilan bog`liq bo`lib, ta`lim-tarbiya ishlarining bir butun holda olib borishni ta’min etadi. Umumiy ta`lim va kasb-hunar kollejlarida tashkil qilinadigan sinfdan tashqari mashg`ulotlarning asosiy formalari quyidagicha bo`lishi tavsiya qilinadi. 1.2. Sinfdan tashqari mashg`ulotlarni tashkil qilishning pedagogik asoslari «Ta`lim to`g`risida»gi qonun respublikamizda keng miqyosda amalga oshirilayotgan ta`lim islohotlarining huquqiy me`yoriy asoslarini ta`minlab bergan asosiy xujjatdir. Ushbu qonun fuqarolarga ta`lim-tarbiya berish, kasb- hunar o`rgatishning xuquqiy asoslarini belgilaydi, hamda har kimning bilim olishdan iborat bo`lgan Konstitusiyaviy huquqini ta`minlaydi. Ushbu dasturiy xujjatda qayd etilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchu n o`quvchilarni kasb-hunarga yo`llash samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi mashg`ulotlarni samarali o`tkazish texnologiyasini ishlab chiqish lozim. Buning uchun, birinchidan, o`quvchilarni sinfdan tashqari mashg`ulotlarda kasb yo`naltirish samaradorligini oshiruvchi metod va nazariyalarni tahlil qilish, ikkinchidan, mashg`ulotlarni tashkil etishning zamonaviy shakllaridan foydalanish, uchinchidan, xar bir o`quvchining individual fazilat va sifatlarini to`laroq e’tiborga olish muhim hisoblanadi. Sinfdan tashqari mashg`ulotlarda kasblar to`g`risida ma’lumot berish, kasbga yo`llash, kasbiy yo`l-yo`riq ko`rsatish, kasbiy va iqtisodiy tarbiya, pedagogik-psixologik tashxis ishlariga asoslanilgan pedagogik texnologiyani amalga oshirish jarayonini, boshqacha aytganda, o`quvchilarni kasbga yo`naltirishning umumiy tuzilmasini sxematik tarzda tasvirlab ko`rsatishimiz mumkin. Bunda pedagogik tadqiqotlarda asoslab berilgan o`quv jarayonini loyihalash bosqichlariga amal qilish maqsadga muvofiq, ya’ni: Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling