«H i m o y a g a r u x sa t eti l d i»
Download 0.7 Mb.
|
chizmachilikni oqitishda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish
1-BOB. O`quvchilarni chizmachilik darsiga qiziqishini oshirishda sinfdan tashqari mashg`ulotlarni ahamiyati
1.1Sinfdan tashqari mashg`ulotlarni ta`limiy-tarbiyaviy ahamiyati.Mumtoz fan va madaniyat arboblarining madaniy-ma`rifiy meroslarida ham ta`lim-tarbiya, xususan bolalarga kasb-kor o`rgatish masalasi birinchi o`ringa qo`yiladi. Eng asosiysi, Mamlakatimizda olib borayotgan bugungi siyosatning negizi ham xuddi shu dolzarb muammo bilan bevosita bog`liqdir. Bu mo`tabar ish turli tuman usul va metodlar orqali amalga oshirilishi mumkin. Turli fanlar bo`yicha sinfxonalarda, ya`ni dars jarayonida olib boriladigan ta`lim-tarbiya ishlari yetarlicha o`rganiladi. Lekin chizmachilik fani bo`yicha sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va shu usul orqali kasbga yo`llashni shakllantirish muammosi hali to`liq o`rganib chiqilmagan sohadir. Zero, hozirgi zamon texnika taraqqiyoti, katta qurilish inshootlari, umuman xalq xo`jaligining rivojlanish texnologiyasi chizmachilik fani bilan bevosita bog`liqdir. Kasbga yo`llash va qiziqtirishda umumta’lim maktablaridagi ta`lim-tarbiya ishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, chizmachilik bo`yicha sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilishning o`ziga xos xususiyatlari, maqsadi, vazifalari va ahamiyati mavjud. Bu o`rinda Fan va madaniyatning tarixiy ildizlarini o`rgatish, ajdodlarimiz qoldirgan benazir merosni xronologik tarzda tadqiq etish beqiyos tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Sinfdan tashqari o`tkaziladigan chizmachilik to`garagi mashg`ulotida o`quvchilarga chizma asboblarining tuzilishi, texnologik jihatdan ularning evolyutsion rivojlanishi, ulardan foydalanish uslubi qiyosiy aspektda tushuntiriladi. Bu uslub, avvalambor, ajdodlarning fan sohasidagi qadriyatlariga mehr uyg`otadi, qolaversa, o`quvchilarda chizmachilik faniga va shu fanga aloqador kasblarga nisbatan qiziqish uyg`otishda muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bu muhim vazifa hozirgi shart-sharoitda xalq ta`limi tizimi, chunonchi, bolalar bog`chalari, umumta`lim maktablari va oliy o’quv yurtlar Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling