67
„Ayolni qadrlash, og‘ir ishlardan xalos etish, yomon illatlar-
dan himoya qilish –
er kishining, butun jamiyatning burchidir“,
deb ta’kidlagan edi yurtboshimiz.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq respublika rahbariyati
tomonidan onalik va bolalikni muhofaza qilish maqsadida muhim
tadbirlaramalgaoshirildi.Хususanonalarvabolalarsalomatli-
gini mustahkamlash, ularga ko‘rsatilayotgan
tibbiy xizmatni
yaxshi lash va zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish maqsadida
1993-yilda O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining
„O‘sib kela yotgan yosh avlodni sog‘lomlashtirish muammolarini
kompleks hal qi lish to‘g‘risida“ gi qarori qabul qilindi.
„Sog‘lom avlod uchun“ xalqaro xayriya jamg‘armasi,
mustaqil O‘zbekistonning I va II darajali „Sog‘lom avlod“ ordeni
ta’sis etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
„Sog‘lom avlod davlat dasturi to‘g‘risida“gi qarorida sog‘lom
avlodni tarbiyalash yuksak insoniy
qadriyatlarga asoslangan,
ma’naviy boy, yuqori ma’lumotli, jismonan kuchli va har
tomonlama yetuk shaxsni shakllantirish
eng muhim masala
sifatida e’tirof etiladi. Bunda chuqur ma’no bor. Bolalar va
yoshlar haqida o‘ylash bu – o‘z mamlakatining kelajagini o‘ylash
va mustaqillik yillarida boshlangan jamiyatni yaxshilashdek
buyuk ishni davom ettirish demakdir.
Do'stlaringiz bilan baham: