H. I. Shukurov, S. Q. Qanoatov jamoada hamshiralik ishi tibbiyot kollejlari uchun darslik Qayta ishlangan uchinchi nashr toshkent «Iqtisod-moliya»


Onalik va bolalikni muhofaza qilish


Download 485.49 Kb.
bet29/125
Sana21.10.2023
Hajmi485.49 Kb.
#1715047
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   125
Bog'liq
Hamshiralik ishi-www.hozir.org

4.4. Onalik va bolalikni muhofaza qilish
Mamlakatimizda oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza
qi lish, nogironlikni oldini olish, sog‘lom va barkamol avlod tar-
biyasi muammolari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Buni
istiqlol davri yillariga berilgan alohida maqomlardan, ya’ni
respublikada 1998-yil „Oila yili“, 1999-yil „Ayollar yili“, 2000-
yil „Sog‘lom avlod yili“, 2001-yilni „Onalar va bolalar yili“ yoki
2006-yilni „Homiylar va shifokorlar“ yili deb e’lon qilinishi va
davlat dasturlarida amalga oshirilgan ishlar miqyosida yaqqol
ko‘rish mumkin.


67
„Ayolni qadrlash, og‘ir ishlardan xalos etish, yomon illatlar-


dan himoya qilish – er kishining, butun jamiyatning burchidir“,
deb ta’kidlagan edi yurtboshimiz.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq respublika rahbariyati
tomonidan onalik va bolalikni muhofaza qilish maqsadida muhim
tadbirlar­amalga­oshirildi.­Хususan­onalar­va­bolalar­salomatli-
gini mustahkamlash, ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatni
yaxshi lash va zarur bo‘lgan sharoitlarni yaratish maqsadida
1993-yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
„O‘sib kela yotgan yosh avlodni sog‘lomlashtirish muammolarini
kompleks hal qi lish to‘g‘risida“ gi qarori qabul qilindi.
„Sog‘lom avlod uchun“ xalqaro xayriya jamg‘armasi,
mustaqil O‘zbekistonning I va II darajali „Sog‘lom avlod“ ordeni
ta’sis etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
„Sog‘lom avlod davlat dasturi to‘g‘risida“gi qarorida sog‘lom
avlodni tarbiyalash yuksak insoniy qadriyatlarga asoslangan,
ma’naviy boy, yuqori ma’lumotli, jismonan kuchli va har
tomonlama yetuk shaxsni shakllantirish eng muhim masala
sifatida e’tirof etiladi. Bunda chuqur ma’no bor. Bolalar va
yoshlar haqida o‘ylash bu – o‘z mamlakatining kelajagini o‘ylash
va mustaqillik yillarida boshlangan jamiyatni yaxshilashdek
buyuk ishni davom ettirish demakdir.

Download 485.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling