H jamolxonov
Download 5.34 Mb.
|
H jamolxonov
Arxaizm-leksema — hozirgi paytda mavjud bo'lgan voqelikning eskirgan nomi: lab (odam organizmidagi a’zolardan birining hozirgi nomi) — dudoq (shu a’zoning eskirgan nomi, arxaizm-leksema: «Yo‘lchiningkuchli, erkak nafasini, dudoqlarida uning bo ‘sasining jonli o/ovini bir lahza sezdi». O.); qassob («mol so'yuvchi» — hozirgi ma’no) — sallox («mol so'yuvchi» ma’nosidagi eskirgan so'z, arxaizm-leksema: «Tikka oldiga borib, devkor salloxlarday shoxidan ushlab «bismiilohu ollohu akbar», deb ... bo'g'ziga pichoq tortib yubordim, — dedi Shum bola». G'.G'.); eichixona («bir davlatning boshqa davlatdagi diplomatik vakolatxonasi») - saforat («...diplomat ik vakolatxona» ningeskirgan nomi, arxaizm-leksema); qo'shin («askar», «armiya») — cherik («askar», «armiya» tushunchalarining eskirgan nomi, arxaizm-leksema: «Andoq qalin cherikka ne ish qila olg'ay edi. So'ngicha qovg'unchi bordi, o'zini daryog'a soldi, g'arq bo‘ldi». «Boburnoma»dan;
parol («maxfiy shartli so‘z») — o'ron («parol», «maxfiy shartli so'z» ma’nosidagi arxaizni-leksema: «U1 yurushta ma’hud o'ron alfazi «Toshkand» bila «Sayram» edi. Toshkand desa, Sayram deyilgay, Sayrani desa Toshkand». — «Boburnoma»dan) kabi. Arxaizm-semema — hozirgi tilda mavjud bo'lgan leksemaning eskirgan ma’nosi. Masalan: g'am so'zi hozirgi o'zbek tilida «qayg‘u», «xasrat», «alani», «tashvish», «kulfat» ma’nolarida qo'llanadi, o'tmishda (eski o'zbek tilida) esabu so'z «ishq», «muhabbat», «sevgi» ma’nolarini ham ifodalagan: «Bir yuzi gulgun g'amidin yuz tugon ko‘nglumdadur,■ Xor-xorimning iloji bodan gulgun dengiz-» ~ «Xazoyinul-maoniy»dan. Hozir g'am so'zining «ishq», «muhabbat» ma’nolari eskirgan bo'lib, arxaizm-semema sanaladi. Bunday holni harf so'zi ma’nolarida ham ko'ramiz. Bu so'z hozirgi o'zbek tilida «alifbodagi grafik belgi» ma’nosini anglatadi, eski o'zbek tilida esa harf so'zining «so‘z», «nutq» ma’nolari ham bo'lgan: «Har harfi oning tanimda jon bo'ldi yana, Har lafzi hayoti jovidon bo'ldi yana» — «Xazoyinul- maoniy»dan. «...U1 rnasal borkim, «On guzarro burd». Aning davlatining va navkarining intiqomida bu harfni aning tiliga teqgri soldi». — «Boburnoma>xian. Harf so'zining ana shu ikki gapdagi ma’nosi hozirgi o'zbek tiliga nisbatan arxaizm-semema hisoblanadi. Ba’zan so'zning o'zi yoki uning ma’nolaridan biri emas, balki talaffuzi eskiradi, natijada shu so'zning eskirgan talaffuz varianti, demak, leksik- fonetik (yoki fonetik-leksik) arxaizm yuzaga keladi. Qiyos qiling: qo'biz (g'ijjakka o'xshash cholg'u asbobi) — qo'buz (shu asbob nomining eskirgan talaffuz varianti, leksik-fonetik arxaizm: «yana biri Sayid Yusuf o'g'loqchi edi... Mardonalig'i ham bor edi. Qo'buzni yaxshi cholur edi». — «Boburnoma»dan; bugun (payt ravishi) — bukun (shu so'zning eskirgan talaffuz varianti, leksik-fonetik arxaizm: Bukun sendin xabartopa olmaduq. — «Holoti Sayyid Hasan Ardasher»dan; ilon («sudraluvchi jonivorning bir turi») — yilon (shu jonivor nomining eskirgan talaffuz varianti, leksik- fonetik arxaizm: «Muloyim takallum vahshiylarni ulfat sari boshqarur, fusungar afsun bila yilonni to'shukdin chiqarur» — «Mahbubul-qulub»dan. Talaffuzdagi arxaiklashish leksemalardagina emas, balki leksik ma’noga ega bo'lmagan so'zlarda (olmoshlarda, ko'makchilarda) ham uchraydi. Masalan: u, bu, shu, o‘sha (kishilik va ko'rsatish olmoshlarining hozirgi fonetik-orfoepik shakllari) — ul, bul, shul, o'shal, o'shul(shu olmoshlarning eskirgan talaffuz variantlari). M i s o 11 a r: Ahli irfon soliki atvori ul, Ma 'rifat bozorining Attori ul («Lisonut~tayr»dan); Bul Rustamdurkim, amirul- mo'minin Umar ... Madoying‘a Sa’d Vaqqosni arab cherikin boshlatib yibarganda... («Tarixi rnulki ajam»dan); Janobi o'shal Hodixoja eshon, Olur o'zlarin ag'niyon zamon. (Muq.); Fath tolibg'a yetishmas, agar ermas muxlis, Kim o ‘shutfotihaning lozimasidur ixlos («Xazoyinul-maoniy»dan). Bunday.arxaiklashish bilan ko'makchisida ham kuzatiladi: X'oh tanobingni duchandon qilay, Xoh karam birla boshingni silay. (Muq.). Bu gapdagi birla hozirgi bilan so'zining arxaiklashgan talaffuz variantidir. Download 5.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling