Tekshirish savollari va topshiriqlar
Sinonimiya nima?
Sinonimiya hodisasining so‘z turkumlariga munosabati qanday?
Sinonimik qator va dominanta haqida ma’lumot bering.
Leksik sinonimlarning qanday turlari bor?
Ma’no sinonimlari, uslubiy sinonimlar va nutqiy sinonimlar qanday farqlanadi?
Qanday holatlarda kontekstual sinonimlar yuzaga keladi?
Absolut sinonimlar yoki leksik dübletlar haqida ma’lumot bering.
Qanday holatlarda leksemalar sinonimik munosabatda bo'lmaydi?
Sinonimiya_va_polisemiya_ortasida_qanday_boglanish_bor'>Sinonimiya va polisemiya o'rtasida qanday bog'lanish bor?
Sinonimiya hodisasi tilning qaysi sathlarida uchraydi?
Sinonimlarning uslubiy vosita sifatidagi rolini tushuntiring.
Tayanch tushunchalar
Sinonimiya — leksemalarning bir xil ma’no anglatishiga ko'ra gu ruhlanishi.
Sinonimik qator (sinonimik uya) — bir ma’no anglatishiga ko'ra guruhlangan sinonim so'zlar yig'indisi.
Dominanta — sinonimik qatordagi betaraf ma’noli so'z.
Do'stlaringiz bilan baham: |