§. Leksik neologizm turlari
So’zning neologizmlik belgisi leksemaga yaxlit holda yoki uning bir qismiga (mas., ma’nolaridan biriga) aloqador bo’Iadi, shunga ko’ra leksik neologizm quyidagi ikki turga bo’linadi:
Neologizm-leksema. Bunda leksema yaxlitligicha neologizm bo’Iadi: devident, internet, faks, interfaks kabi.
Neologizm-semema. Bunda leksemaning o’zi emas, uning ma’nolaridan biri neologizm sanaladi. Bunga ko‘k so’zining hozirgi tilda paydo bo’lgan «dollar» ma’nosini misol qilib ko’rsatish mumkin.
Neologizmning yuzaga kelishi quyidagi omillarga tayanadi:
Jamiyatda yangi voqelik paydo bo’Iadi, bu voqelikni nomlash zarurati esa tilda yangi so’z yoki atamaning yuzaga kelishini taqozo qiladi. Bunda:
voqelikning nomi boshqa tildan o’zlashtiriladi: komputer, monitoring, slayd kabi; b) voqelikning nomi o’zbek tilining o’zida yasaladi: MDH (mustaqil davlatlar hamdo’stligi) kabi.
Jamiyatda yoki tabiatda mavjud bo’lgan voqelikning nomiga sinonim tarzida yangi so’z yasaladi: eskirtma (arxaizm atamasining yangi yasalgan sinonimi), yangirtma (neologizm atamasining yangi yasalgan sinonimi) kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |