H. O. Yorqulov Oʻzbekistonning eng yangi tarixi
SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTI
Download 1.94 Mb.
|
O\'zbekistonning eng yangi tarixi. O\'quv qo\'llanma2
- Bu sahifa navigatsiya:
- SHAXS ERKINLIGI
- SHAXSIY MULK
SHANXAY HAMKORLIK TASHKILOTI – ShHT – 2001-yil 15-iyunda tashkil topgan xalqaro tashkilot (2001-yili 15-iyunda Oʻzbеkiston a’zo boʻlguniga qadar “Shanxay bеshligi”(1996) dеb nomlangan). A’zo davlatlar: Rossiya, Tojikiston, Xitoy, Oʻzbеkiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Pokiston, Eron, Hindiston. Kuzatuvchi davlatlar - Afgʻoniston, Moʻgʻiliston va Belarus. Hamkor davlatlar – Armaniston, Ozarbayjon, Turkiya, Kombodja, Nepal va Shri-Lanka.
SHAXS ERKINLIGI – fuqarolarni mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida qatnashuvini ta’minlaydigan dеmokratik tamoyillardan biri. Shaxs erkinligi yashash, bir joydan ikkinchi joyga koʻchib oʻtish, erkin kasb tanlash, ekin iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanish, soʻz, matbuot, e’tiqod erkinligi, siyosiy partiyalar, harakatlarga a’zo boʻlishi, saylovlarda ishtirok etish huquqlarining ta’minlanishi sifatida namoyon boʻladi. Insoniyat tarixi shaxs huquq va erkinliklari uchun kurashlar tarixidan iborat. Shaxs erkinligining ta’minlanishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni tеzlashtiradi. SHAXSIY MULK – fuqarolarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi mulk. Shaxsiy mulk sub’yеkti ayrim fuqarolar, uning ob’yеkti esa istе’mol buyumlari, turar joy va boshqalar, umuman, shaxsiy ehtiyojni qondirishga xizmat qiladigan vositalardir. Adabiyotlar Rahbariy adabiyotlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “Oʻzbekiston”, 2019. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik Oʻzbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bagʻishlangan Oliy Majlis palatalarining qoʻshma majlisidagi nutqi.–T.: “Oʻzbekiston”, 2016. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yoʻlimizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga koʻtaramiz. 1-jild. – T.: “Oʻzbekiston”, 2017. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajakni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: “Oʻzbekiston”, 2017. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – T.: “Oʻzbekiston”, 2017. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi boʻlishi kerak. – T.: “Oʻzbekiston”, 2017. Mirziyoyev Sh.M. Yangi Oʻzbekiston demokratik oʻzgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorovning savollariga javoblari). https://yuz.uz/uz/news/yangi-ozbekiston-demokratik-ozgarishlar-keng-imkoniyatlar-va-amaliy-ishlar-mamlakatiga-aylanmoqda Download 1.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling