H. Po'Iatov, N. Sodiqov Turk ertaklari (H. Po'Iatov, N. Sodiqov tarj.). T


Download 0.69 Mb.
Pdf просмотр
bet8/8
Sana25.12.2019
Hajmi0.69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8

www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

yaramas  ishlar  qilmaslikka  so'z  beribdi.  Er-xotin  dang'illama  saroy  qurishib,  rohat-



farog'atda hayot kechirishibdi. 

 

SULTONNING QIZI VA MAHORAJANING O'G'LI 

 

Qadim  zamonda  bir  sulton  o'tgan  ekan  Uning  farzandi  yo'q  ekan.  U  bir  kuni 



sayohatga  chiqqan  ekan,  yo'lda  darvesh  uchrabdi.  Sulton  unga  yuragidagi  dardini  aytib 

beribdi. Shunda darvesh: 

— Manavi olmani olib, yarim pallasini o'zing yeb, yarim 

pallasini malikaga ber. Shunda xudo sizlarga farzand ato 

qiladi, — debdi. 

Sulton  olmani  olibdi-da,  uyiga  qaytib,  darvesh  aytgandek  qilibdi.  Oydan  oy,  kundan 

kun  o'tib,  xotini  qiz  tug'ibdi.  Sulton  qiziniyomon  ko'zdan  asrash  va  yaxshi  larbiya  buish 

inaqsadida yer  ostiga  saroy  qurdiribdi, enaga va tarbiyachilar  yollabdi.  Qiz  ana  shu  yer 

ostidagi saroyda o'sib-ulg'aya boslilabdi. Qizni   ilik yog'i va asal bilan boqishibdi. 

Qiz  o'n  beshga  kiribdi,  shu  vaqtgacha  biron  i n a i l a   ham  saroydan  tashqariga 

chiqmabdi.  U  bir  kuni  o v q a l l a n i b   o'tirgan  ekan,  tomog'iga  suyak  ilinibdi.  Suyakni 

og'/idan  olib,  tepadagi  oynaga  otgan  ekan,  oyna  sinibdi.  Singan  yerdan  yorug'lik 

tushibdi, qiz buni ko'rib hang-mang bo'lib qolibdi. Qiz oynadan qaragan ekan, ko'chani, 

odamlarni, pag'a-pag'a yog'ayotgan qorni ko'ribdi. Bir odam i k k i n - chisiga dermish: 

—  Aytishlariga qaraganda, hind mahorajasi o'g'lining tishi  mana shu qordek oppoq, 

yuzlari qip-qizil, yuzidagi xoli esa qora murchdek qop-qora cmish. 

Qiz  bu  gapni  eshitib,  h i n d   mahorajasining  o 'g ' l i ni   g'oyibona  sevib  qolibdi. 

Qizning  otasi  Xuroson  sultoni  ekan.  Kun  sayin  qizning  rangi  bir  holatda  bo'lib  ozib 

ketavcribdi. Sulton enaga bilan tarbiyachini chaqirib so'rabdi: 

—  Qizimga nima bo'ldi? Nega u ozib-to'zib ketyapti? 

—  Biz nima gapligini bilib senga aytamiz, — deyishibdi ular. 

Qizni tabibga olib boribdilar. Tabib qizni ko'rib, ishq kasaliga uchrabdi, debdi. Sulton bu 

gapdan darg'azab bo'lib, tabibni haydabdi. 

Bir kuni qizning xizmatkori undan so'rabdi: 

— Xonim, boshingga qanday musibat tushdi, nega sham- 

dek eriyapsan, ayt menga, ehtimol, biron chorasini topib 

senga yordam berarman? 

— Bir  kuni  ilik  yeyayotgan  edim,  —  debdi  qiz,tomog'imga  suyak  tiqilib  qoldi. 

Tepaga otgan edim, oyna sindi, oyna sinig'idan ko'chaga qaragan edim, gaplashib 

ketayotgan  ikkita  erkakni  ko'rdim.  Ularning  gapidan  hind  mahorajasi  o'g'lining  tishi 



www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

qordek  oppoq,  qip-qizil  yuzida  murchdek  qora  xoli  bor,  deb  eshitdim.  O'sha  yigitni 



g'oyibdan sevib qoldim. Rangi ro'yimning za'farondek sarg'ayib ketayotganining sababi  

shu. 


Xizmatkor shu zahoti sulton yoniga borib-da: 

— Xushxabar,  sultonim,  men  qizingizning  boshiga  qanday  musibat  tushganligini 

angladim, — debdi. 

Sulton bu gapni eshitib amr qilibdi: 

— Hozir hind mahorajasining oldiga elchi yuboringlar. Agar u mahoraja boisa, men 

ulug' turk sultoniman. Aytinglar, o'g'li qizimga uylansin! 

Hindistonga  elchi  jo'nabdi.  Mahorajaning  o'g'li  sultonning  taklifini  rad  etibdi.  U 

elchiga maktub, sariq arqon va xanjar beribdi-da: 

— Agar  qiz  xuddi  shu  arqondek  sarg'ayib,  o'zini  o'zi  shu  xanjar  bilan  o'ldirmoqchi 

bo'lsa-da, men unga uylanmayman! — debdi. 

Elchi   arqon, maktub va xanjarni sultonga berib, hind mahorajasining o'g'li aytganlarini 

so'zlab beribdi. Sulton darg'azab bo'lib: 

— Qizim  kelib-kelib  shunday  ablahni  sevib  qolibdi-da,  ming  la'nat  bunday  qizga!  

deb qizidan yuz o'giribdi. 

Qiz  hind  mahorajasining  o'g'Iini  qidirib  ketibdi.  Yo'l  yuribdi,  yo'l  yursa  ham  mo'l 

yurib,  bir  buloqning  bo'yiga  yetib  kelibdi.  Qarasa,  bir  qiz  ko'zani  suvga 

to'ldirayotganmish,  buloqning  to'g'risida  esa  ulkan  saroylar  bor  emish.  Qiz  biroz  o'ylab 

turibdi-da, xizmatkor bo'lib  yollanish niyatida saroylardan birining eshigini taqillatib: 

— Mcni cho'ri qilib olasizlarmi? — deb so'rabdi. Eshikni bir kishi ochib: 

— Hozir  kirib  malikadan  so'rayman,  —  debdi.  Malika  qizga  qarasa,  sira  cho'riga 

o'xshamasmish. Uni uyga kirishga taklif  qilib, so'rabdi: 

— Qayerliksan va qayoqqa ketyapsan? 

— Men  Xuroson  sultonining  qizi  bo'laman,  hind  mahorajasining  o'g'Iini  sevib 

qoldim. 


Qiz shuni deb sariq arqon bilan xanjarni ko'rsatibdi. Malika bularni ko'rib debdi: 

— Xafa bo'lma, men o'sha yigitning katta opasi bo'laman, ukam har yili bir marta biz 

tomonga  keladi.  Kelishi  yaqinlashganda  bog'dagi  gullar  ochilib,  bulbullarsayraydi. 

Shundan  biz  lining  keladigan  kunini  bilamiz.  Men  scnga  uch  shart  qo'yaman.  Shuni 

bajarsang, sizlarni murocl-maqs;ullaringga yctkazaman. Avvalo, men seni qui bozoriga olib 

borib sot a man. Qiz rozi bo'libdi. Uni bozorga olib borib, bir bekka sotibdi. Bekning bir qizi 

bor ekan, u xuddi sandiqqa o'xsharkan. Cho'ri shu qizni parvarish qilishi kerak ekan. Har kuni 

ularga  nlohida  tayyorlangan  taom  yuborishar  ekan.  Kunlardan  bir  kuni  cho'ri  qiz  bek  qiziga 

yuborilgan taomni bermabdi-da, o'zi ovqat pishirilxli. Bek qizi shu ovqatni yebdi-yu, go'zal bir 

qizga  aylanib  qolibdi.  Ma'lumbo'lishicha,  unga  sehrli  taomlarberishayotgan  ekan.  Krtalab 

ikkovlari bek xonasiga borishibdi. Bek qizining o'zgarib kctganligini ko'rib behad xursand bo'lib 

ketibdi-da, so'rabdi: 



www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

—Bu qanday bo'ldi? Mening cho'rim, men seni o/.ocl qilaman! Tila tilagingni. 



—Menga hech narsa kerak cmas, — debdi qiz. Bek unga oltin tovoq hadya qilibdi-da, 

ozod qilib yuboribdi. Qiz sevina-sevina malikaning uyiga kelibdi. Shunda malika: 

—Yana ikkita shartni bajarishing kerak, — debdi va bozorga olib borib sotibdi. 

Bu  safar  qizni  boshqa  bir  bek  sotib  olibdi.  Uning  o'g'li  bor  ekan.  Bekning  habash 

cho'risi  bor  ekan.  U  bekning  o'g'liga  xotin  bo'lmoqchi  ekan.  Yigit  bunga  ko'nmabdi, 

shundan so'ng uni zindonga tashlabdi. Bu xonadonda cho'rining aytgani aytgan, degani 

degan  ekan.  Qiz  buni  tushunibdi-da,  bir  kuni  kechasi  o'zini  uxlaganga  solib  yotibdi. 

Qarasa,  bir  payt  habash  cho'ri  o'rnidan  turibdi-da,  bir  burda  qattiq  non  olib  zindonga 

boribdi. 

—Meni xotin qilasanmi? — so'rabdi cho'ri. 

—Yo'q, — debdi yigit. 

Shuidan  keyin  u  qamchi  bilan  yigitni  rosa  savalabdi-da,  o'rniga  'celib  yotibdi.  Qiz 

hamma narsadan xabardor bo'lib yotgan ekan. U ertalab bek oldiga boribdi-da: 

— Men  o'g'lingning  qayerda  yotganligini  bilaman,  debdi.  —  Kechqurun  bir  necha 

erkakni yig', men imoqilaman, shunda ortimdan borsang, o'g'lingni ko'rasan. 

Bechora ota-ona kech bo'lishini sabrsizlik bilan kutishibdi. Qorong'i tushgach, qiz imo 

qilibdi  va  hammalari  cho'riga  ergashishibdi.  Habash  cho'ri  yigitning  oldiga  borib: 

«Meni xotinlikka olsang, seni ozod qilaman», — deyishi bilan uni ushlab, o'ldirishibdi-

da, yigitni olib ketishibdi. 

— Qizim, o'g'limni qutqarding, endi unga xotin bo'la qol, — debdi bek. 

—  O'tinib so'rayman sendan, meni ozod qil, — debdi qiz. 

Yigitning  ota-onasi  bunga  rozi  bo'libdi  va  qizga  mis  ko'za  in'om  qilib,  ozod  qilishibdi. 

Qiz mis ko'zani olib, malikaning oldiga kelibdi. 

—  Yana bir shartim qoldi, — debdi u. — Agar bunisini ham  bajarsang niyatingga 

yetasan. 

Qizni yana qui bozoriga olib boribdi. Uni yana bir bek sotib olibdi. Uning bir tentak 

qizi bo'lib, u zindonda kishanda yotar ekan. Har kuni u bitta qiz bolani yer ekan. Cho'ri 

qizni ham odamxo'rning oldiga tashlashibdi. 

Qiz  atrofiga  qarasa,  hammayoq  odam  suyaklari  emish.  U  piramonga  bekinibdi. 

Bekning tentak qizi kishanni uzmoqchi bo'lib yulqinar, pishqirarmish. Ertalab otasi yana 

bir  qizni  tashlabdi.  Shunda  sultonning  qizi  uni  ham  bir  chetga  yashiribdi.  Ikkovlari 

tentak qizning jig'iga tega boshlashibdi: 

—  O'la, bizni yeya olmading-ku? 

Ertasiga yana bir qiz tashlashibdi. Uni ham yashirishibdi. Kechqurun sulton qizi ikkita 

hamrohiga debdi: 

—  Kelinglar, belimga arqon bog'lab meni pastga tushiringlar. Men non, sham topib 

kelaman. 


www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

Ular qizni pastga asta tushirishibdi. Qarasa, oldida chiroq yonib turganmish. Yaqinroq 



borib qarasa, bir jodugar, ko'kraklari ochiq, doshqozonda uzuk qaynatayotganmish. Qiz 

uning yoniga kelibdi-da, ko'kragini ema boshlabdi.... 

—Agar ko'kragimni emmaganingda, — debdi jodugar, — men seni yerdim. 

—Bu qozonda nima qaynayapti? — so'rabdi qiz. 

—Men  kishandagi  bek  qizining  aqlini  qaynatyapman.  Qozondagi  suv  qaynab 

tugagach,  qiz  butunlay  jinni  bo'lib  oladi.  Bordi-yu,  qozondagi  uzukni  olib,  barmog'iga 

kiygizilsa, 

II 


soppa-sog' bo'lib ketadi, — debdi jodugar. 

—Ey  jodugar,  bu  qozonni  qanday  qilib  ko'tarasan,  qani,  bir  menga  ko'rsat-chi!  — 

debdi qiz. Jodugar qozonga oyoq-qo'l qilmoqchi bo'layotgan ekan, qiz uni qozonga itarib 

yuboribdi. Qiz  shosha-pisha qozondan  uzukni  olibcli,  non  va  sham  qidirib  topibdi-da 

hamrohlari  oldiga  boribdi.  Hamrohlari  uni  tortib  olishibdi.  Qarasalar,  kishandagi  qiz 

aql-hushi joyiga kelib, meni kishandan ozod qilinglar, deb iltimos qilayotganmish. 

—Axir sen bizni yeb qo'yasan-ku, qanday qilib oldingga boramiz! — deyishibdi ular. 

—Men endi sizlarga legmayman, men endi sog'aydim! — deb ko'zlariga yosh olibdi 

qiz. 

Qizlarning  rahmi  kelib,  uni  kishandan  ozod  qilishibdi.  Sultonning  qizi  uning 



barmog'iga  g'aroyib  uzuk  taqib  qo'yibdi.  Hammayoq  suv  quygandek  jimjit  cmish.  Buni 

ko'rib  ota  bilan  ona  hayron  boiishibdi.  Chunki  qiz  tuni  bilan  tinmay  qichqirarkan-da. 

Ota-ona zindonga yugurib kelishib: 

—  Qizim, tirikmisan? — deyishibdi. 

Birdan  ular  bir-biridan  chiroyli  to'rtta  qizni  ko'rishibdi.  Ota  bilan  ona  qizlarining 

sog'ayib  qolganini  ko'rib,  eslari  og'ay  debdi.  Shunda  Xuroson  sultonining  qizi  bo'lib 

o'tgan voqea-hodisalarni ularga gapirib beribdi. 

—  Endi sen bizga qiz bo'lasan, biz seni hech qayoqqa yubormaymiz, — deyishibdi 

ular. 

—  Yaxshisi,  meni  ozod  qilinglar,  —  deb  iltimos  qilibdi  qiz.  Ular  qizga  bitta  gilam 



sovg'a qilibdilar-da, ozodlikka chiqaribdilar. Qiz sevina-sevina malika qoshiga kelibdi. 

—  Ana endi hamma shartlar bajarildi. Hademay ukam ham kelib qoladi. U mendan suv 

so'raydi, shunda men seni chaqiraman, sen unga suv olib kelib berasan. Suvni unga 

berayotganingda  ozroq  to'kib  yubor.  Shunda,  men  seni  koyib,  haydayman,  lekin  bunga 

xafa bolma. 

Shunday  qilib,  bir  kuni  qiz  bog'da  o'ynab  yurgan  ekan,  bulbullar  sayrab,  gullar 

ochilibdi, hovuzdagi suvlar jo'sh uribdi. 

Bir vaqt darvozada hind mahorajasining o'g'li ko'rinibdi. U opasining saroyiga kiribdi-

da, suv so'rabdi. 

—Oh,  ukajon,  men  yangi  bir  cho'ri  oldim,  u  biram  go'zalki,  asti  qo'yaverasan!  — 

debdi opasi va qizni chaqiribdi: 


www.kitob.uz – Respublika bolalar kutubxonasi sayti. Elektron kitoblar va darsliklar yuklab oling

 

—Ukamga suv olib kel, — debdi u. 



Qiz  suv  olib  kelib  unga  uzatayotgan  vaqtda  shahzodaning  ust-boshiga  to'kib 

yuboribdi. Opasi qizni koyib, haydabdi: 

— Ukam bir yilda bir marta keladi, sen ust-boshini ho'l 

qilding, yo'qol ko'zimdan! 

Yigit qizni ko'rishi bilan uni sevib qolibdi. U qizning yonini olib: 

— 

Hechqisi yo'q, qurib qoladi, urishma uni,— debdi. 



Yigit  bir  necha  kun  mehmon  bo'libdi-da,  yurtiga  jo'nab  ketibdi,  lekin  bir  oy  o'tgach, 

yana bulbullar sayrab, gullar ochilib, hovuzdagi suvlar jo'sh uribdi. Shunda malika o'rin 

solib ber, debdi-da, to'shak tagiga qotgan non qo'yibdi. Qizning yuz-ko'zlarini loyqa suv 

bilan  yuvib,  shu  o'ringa  yotqizibdi.  Shahzoda  kelib,  yana  suv  so'rabdi.  Lekin  opasi  bu 

safar suvga cho'loq habash cho'rini yuboribdi. 

— 

Anovi go'zal qiz qani? — so'rabdi shahzoda. 



— Gapirma u dangasani, men uni urgan edim, arazlab o'rniga yotib oldi. 

Shahzoda  xafa  bo'lib,  qizning  oldiga  boribdi.  Qiz  uni  ko'rib,  boshqa  yonboshiga 

ag'darilib olgan ekan, to'shagi ostidagi qattiq non sinib, g'ichirlabdi. 

— Voy-voy, suyaklarim sirqirab og'riyapti,— deb ingrabdi qiz. 

Shahzodaning jahli chiqib   ketibdi: 

— Namuncha shunchalik urmasang? Qizga rahming kelmadimi? — debdi-da, jo'nab 

ketibdi. 

Oradan  bir  necha  kun  o'tgach,  opasi  ukasiga  qiz  vafot  etdi,  deb  xabar  beribdi  va: 

«Sen uning qo'lidan suv ichgan eding, endi o'zing kelib uni ko'm»,  — deb tayinlabdi. 

Malika tobut yasatib, qizni tobutga solibdi. Uning ko'kragiga xatni, sariq arqonni hamda 

xanjarni qo'yibdi. 

Mahorajaning o'g'li dafn marosimiga yetib kelibdi. 

—  Marhumaning yuzini ochib ko'r,— debdi opasi. 

Yigit kafanni ochib qarasa, qizning ko'kragida o'zining xati, iirqoni va xanjari turganmish. 

Buni ko'rib, hushidan kctib yiqilibdi. Opasi bir amallab uni hushiga kcltiribdi: 

—  Sen bu qizni uzoq qiynading. Seni deb qanchadan-qancha qiyinchiliklar ko'rdi! Bu 

qilmishing uchun scni ko'proq xafa qilib, qiynamoqchi bo'lgan edim-u, lckin boshqa ilojini 

lopolmadim. 

Shunda opa qizni tobutdan olibdi, sevishganlar topishibcli. Hind mahorajasining o'g'li 

Xuroson sultonining qiziga uylanib, o'z yurtiga olib ketibdi. U yerda qirq kecha-yu qirq 



kunduz to'y-tomosha bo'libdi. Yigit bilan qiz mumdi maqsadiga yetishibdi. 

Каталог: uploads -> books -> 2017
books -> Mavzu: Barkamol avlodni tarbiyalashda pedagogik tarbiya
books -> Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti t a r I x f a k u L t e t I
books -> Umuman viruslarga xos xususiyatlar quyidagilar: Umuman viruslarga xos xususiyatlar quyidagilar
books -> Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar
2017 -> Kitob uz Respublika bolalar kutubxonasi
2017 -> Taqrfzchi: geografiya fanlari nomzodi, dotsent
2017 -> 03347e679e8cda4af05e0db318c5661c.pdf [Goʻsht-suyak uni]
2017 -> Kirish Sayyoramizda qancha xalq yashaydi? Hozirgi fan ma’lumotlariga qaragan da ularning soni 3 mingga yaqin! Dunyo xalqlarining yarmidan ko‘prog‘i (57%) — soni kamida 50 mln dan ortiq bo'lgan ko‘p sonli xalqlardir
2017 -> Yasunari Kavabata (1899-1972; Yaponiya)


Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling