Hadislarda nutq va nutq odobi haqida


QARINDOSHLARIGA ZAKOT BERMOQ HAQIDA


Download 96 Kb.
bet8/10
Sana05.01.2022
Hajmi96 Kb.
#233564
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
HADISLARDA NUTQ VA NUTQ ODOBI HAQIDA

QARINDOSHLARIGA ZAKOT BERMOQ HAQIDA

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Qarindoshlariga zakot bergan odamga ikkita savob tekkaydir - biri qarindoshlariga oqibat qilgani uchun, ikkinchisi - zakot bergani uchun», - dedilar...

MO’MINLARNING BIR-BIRLARIGA KO’MAKLASHMOQLARI (LOZIMLIGI) HAQIDA

Alloh taolo: «Yaxshilikka ко’так bergan kishi yaxshi nasiba olg’usidir, yomonlikka ко’так bergan kishi yomon nasiba olg’usidir! Alloh hamma narsaga qodirdir!» - deydi.

Abu Muso rivoyat qiladilar: «Nabiy sollallohu alayhi vasal-lam, agar biror gado yoki hojatmand kishi huzurlariga kirib kelsa: «Ko’mak qilingiz, savob topg’aysiz! Alloh taolo o’z rasulining tilidan uning istagan narsasini ayttirib, hojatini chiqarg’aydir!» - de­dilar.

MEHMONNING MEZBONGA: «SEN YEMAGUNINGCHA MEN HAM YEMAYMAN», DEB AYTMOG’I HAQIDA

Abdurahmon ibn Abu Bakr raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «(Otam) Abu Bakr bir mehmonni (yoki mehmonlarni) uyga olib keldilar. O’zlari ersa janob Rasulullohning huzurlariga ketib, o’sha yerda ancha vaqt ushlanib qoldilar. Qaytib kelganlaridan so’ng, onam: «Bu kecha mehmoningizni (yoki mehmonlaringizni) intizor qilib qo’ydingiz-ku!» - dedilar. Otam: «Ularni ovqatlantirmadingmi?» -deb so’radilar. Onam: «Ularning oldiga ovqat qo’yib erdik, yeyish-madi», - deb javob berdilar. (Otam) Abu Bakr g4azablanib so’kindilar va ta’blari tirriq bo’lib: «Men ovqat yemayman!» - deb qasam ichdilar. Shunda men bir joyga berkinib olgan erdim, otam: «Ey nodon, qayerdasan?» - deb chaqirdilar. Onam: «Siz ovqat yemasangiz, men ham yemayman!» - dedilar. Mehmon (yoki mehmonlar) ham otam ovqat yemagunlaricha ovqat yemasligini (yemasliklarini) bildirib, qasam ichdi. Shundan so’ng otam: «Bizni shayton vasvasa qilayotgan ko’rinadir», - dedilar-da, ovqatni olib kelishni buyurdilar. O’zlari ham ovqat yedilar, mehmonlar ham yeyishdi. Shunda, idishdagi ovqat, ular qancha yeyishmasin, kamayish o’rniga tobora ko’payib borardi. Buni ko’rib otam: «Ey Baniy Firosning singlisi, nechun bunday bo’layotir?» - dedilar. Onam: «Ko’zlarimga ishongim kelmaydir, yemasimizdan ilgari bunchalik ermas erdi, juda ko’payib ketibdir!» -dedilar. Hamma ovqatdan to’yguncha yedi, undan janob Rasulullohga ham yuborishdi. Aytishlaricha, payg’ambarimiz ham о’sha ovqat­dan tanovul qilibdilar».10

 RIYO VA SHUHRATPARASTLIK HAQIDA

Jundub raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimda-kim xayrli ishlarini shuhrat topmoq niyatida ovoza qilg’aydir, Alloh taolo ham qiyomatda uni sharmanda qilib, ovoza qilg’aydir, kimda-kim xayrli ishlarini odamlar meni ко’rib qo’ysinlar deb ko’z-ko’z qilg’aydir, Alloh taolo ham qiyomatda uni barcha bandalari o’rtasida izza qilg’aydir», - dedilar».

ZOLIM KIMDIR?

Alloh taolo: «Alloh taolo nozil qilgan yo’l-yo’riqlarga muvofiq hukm qilmaydirganlar - zolimdurlar!» - deydi.


Download 96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling