Hadislari haqida


Download 462.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana08.05.2023
Hajmi462.76 Kb.
#1444684
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
at-termiziyning-yoshlar-tarbiyasiga-oid-toplagan-hadislari-haqida



“Talqin va tadqiqotlar” ilmiy-uslubiy jurnali
 

 
 
 
 
 
№14
 
19 
AT-TERMIZIYNING YOSHLAR TARBIYASIGA OID TO'PLAGAN 
HADISLARI HAQIDA 
 
Samatov Hurshid O'lmasjonovich 
TATU Samarqand filiali dosenti, falsafa fanlari 
bo'yicha falsafa doktori (PhD) 
Kuvatov Zuxriddin Samariddin o'g'li 
Boltaev Otabek Xusan o'g'li 
Xasanov Golibjon Safarboy o'g'li 
TATU Samarqand filiali talabalari 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7450631
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada hadis ilmining buyuk vakillaridan biri 
hisoblangan,yetuk Muhaddis olim Imom At-Termiziy(Muhammad ibn Iso ibn Savra 
ibn Muso ibn Zaxdok Sullamiy Bug‘iy Termiziy)ning hayoti va ijodi yozgan 
asarlari,asarlari mohiyati haqida so‘z yuritiladi. 
Kirish so'zlar: at-Termiziy, Al Buxoriy, din, hadis, muhaddis. 
 
Termiziy Abu Iso, Imom Termiziy (toʻliq nomi Muhammad ibn Iso ibn Savra 
ibn Muso ibn Zaxdok Sullamiy Bugʻiy Termiziy) (824, Termiz — 892, Bugʻ 
qishlogʻi, hozirgi Sherobod tumani) — buyuk muhaddis. Sullamiy deb nisbat 
berilishiga sabab bobolaridan biri sullam degan arab qabilasiga doʻst tutingan, Bugʻiy 
deyilishiga sabab oʻsha vaqtdagi But nomli qishloqda vafot etib, shu yerga dafn 
qilingan. Umrining oxirida koʻzi ojiz boʻlib qolgani uchun adDarir taxallusi bilan 
ham atalgan. Termiziyning yoshlik yillari Termiz shahrida oʻtgan, dastlabki 
maʼlumotni ham shu yerda olgan. Bolaligidan oʻta ziyrakligi, xotirasining kuchliligi, 
noyob qobiliyati bilan oʻz tengqurlaridan ajralib turgan. Diniy va dunyoviy fanlarni, 
ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan oʻrgangan, bu boradagi bilimlarini yanada 
oshirish uchun koʻpgina Sharq mamlakatlariga borgan. Uzoq yillar Iroq, Isfahon, 
Xuroson, Makka va Madinada yashagan. Uzoq davom etgan safarlari chogʻida qiroat 
ilmi, bayon, fiqh, tarix, ayniqsa, oʻzi yoshlikdan qiziqqan hadis ilmi boʻyicha oʻsha 
davrning yirik olimlarndan taʼlim oladi. Mashhur muhaddislardan Imom Buxoriy
Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Qutayba ibn Sayd, Ishoq ibn Muso, Maxmud ibn 
Gʻaylon va boshqa uning ustozlari edi. 
Termiziy Imom Buxoriy bilan uchrashganida (bu uchrashuv Nishopurda boʻlgan 
va ikki alloma 5 yil birgalikda yashashgan) hadisning matninigina emas, uning 
hikmati va falsafasini tushunib yetganini eʼtirof etadi. Oʻz navbatida Imom Buxoriy 
oʻz shogirdini maqtab, kamtarinlik bilan: "Sen mendan bahra topganingdan koʻra 
men sendan koʻproq bahra topdim", degan. Bu Termiziyga berilgan juda katta baho 



Download 462.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling