imtihon uchun muhlat va imkoniyat beradi. Ibrohim alayhisalom
manjaniqqa o‘tirg‘azib o‘t, olovga otilayotgan vaqtda, ba’zi hikoyada
qaldirg‘och deb keladi, ba’zi hikoyada chumoli, hashorat suv tashiyotgan
ekan. Unga aytishibdiki, sen bir chumoli bo‘lsang, seni tumshug‘inga qancha
suv sig‘ardi, seni suving nma bo‘ladi, u o‘tni odam bolasi o‘chira olmaydi
deyishibdi. Chumoli aytibdiki, bilaman bu hech narsa bo‘lmaydi, lekin men
kim tomonda ekanimni Allohga isbotlamoqchiman debdi. Siz bilan bizning
dinga, xalqqa qiladigan ishi ham huddi shunaqa, biz qilmasak boshqasi
qiladi, lekin biz kim tomonda ekanimizni Allohni oldida imtihonni o‘tab
qo‘yishimiz kerak. Rasululloh s.a.v. “Vamay yasillaha va Rosulahu
faqodg‘ova vala yadurru illa nafsah vala yadurrulloha shaya- kim Alloh va
Rasuliga osiy bo‘lsa, u yo‘ldan ozibdi, endi u faqat o‘ziga zarar keltiradi,
Allohga hech qanday zarar keltira olmaydi” dedilar.
Bandani Allohdan qo‘rqishi bilan, bandani bandalardan qo‘rqishi
orasidagi farq, Allohdan qo‘rquv bandani Allohga yaqin-lashtiradi,
bandadan qo‘rquv esa inson vujudi undan qochadi. Bandaga hokisorlik
insonni hor qiladi, Allohga hokisorlik esa insonga azizlik beradi.
Hadisi qudsiy davomida Alloh taolo aytadi: Ey bandalarim! Avvalgiyu
ohirlaringiz insu-jinlaringiz orangizdagi qalbi eng taqvoli kishidek bo‘lsa
ham, bu narsa mening saltanatimda hech narsani ziyoda qilmaydi. Ey
20
bandalarim! Avvalgiyu ohirgilaringiz qalbi fisqu fujurga eng to‘lgan
kishidek bo‘lsa ham, bu narsa mening saltanatimdan hech narsani
kamaytirmaydi. Bu va undan keying jumlada jinlarni ham qo‘shilganining
sababi fujurda jinlar insondan ham yomon bo‘ladi. Yani, hamma inson iblis
Do'stlaringiz bilan baham: |