Hajmiy gidravlik va pnevmatik yurutmalar
Download 29.39 Kb. Pdf ko'rish
|
CDN7YiwA494UaFLXJ607XT8cK4YbKbILSqO5H3MQ
’ 1 HAJMIY GIDRAVLIK VA PNEVMATIK YURUTMALAR fanidan 1-Ma’ruza. Mavzu: Gidravlik va pnevmatik yuritmalarning tuzilishi, qo‘llanish sohasi va ishlashi . (2-soat) Reja: 1. Gidravlik va pnevmatik yuritmalar haqida asosiy tushunchalar . 2. Gidravlik yuritmalarning asosiy sxemasi va ularning qismlari. 3. Pnevmatik yuritmalarning asosiy sxemasi va ularning qismlari. Gidravlik va pnevmatik yuritmalar suv xo’jaligi sohasidagi qurilish va melioratsiya, yo’l qurilishi, transport mashina- larida keng qo’llaniladi, bunga sabab, boshqarishning oddiyligi, energiya tejamkorligi hamda reversligidir. Shuningdek, cheklangan o’lchamli gidrodvigatellardan ham yuqori quvvatda foydalana olish imkoniyatini mavjudligidir. Gidravlik va pnevmatik yuritmalar yuqori energiya sig’imligi, qulayligi, uncha katta bo’lmagan inersiyaga ega ekanligi, qulay va oson boshqarilishi hamda joylashuvining ixchamligi bilan boshqa yuritmalardan tubdan farq qiladi. Gidravlik va pnevmatik yuritma yuqori darajada avtomatlashgan yangi mashinalarni konstruksiyasini loyihalashda, robotlashgan tizimlarni yaratishda hamda gidroimpulsli va boshqa turdagi zamonaviy texnikalarni yaratish imkoniyatini yaratib beradi. Gidravlik va pnevmatik yuritmalarni turli konstruksiyasi (moy nasoslari, gidromotorlar, gidroanjomlar va kompressorlar) ni loyiha- lashda ularning bir turdagi, unifikatsiya va standart shakliga katta e’tibor berish lozim. Gidravlik va pnevmatik yuritmalarni qo’llash, ularni loyihalash va yasashga sarflanadigan vaqtni kamaytirishga hamda ularga servis xizmat ko’rsatishni qisqarishiga olib keladi. ’ 2 Gidravlik yuritmaning umumiy chizmasi 1-rasmda, gidravlik chizmasi 2-rasmda ko‘rsatilgan bo‘lib, u quyidagi qismlardan tashkil topgan: moy idishi 1; moy nasosi 11; gidrotaqsimlagich 5; ehtiyot klapani 4; sizdirgich (filter) 2; dastak 3; silindr 10; porshen 9; shtok 8; gidromotor 7; tutashtiruvchi quvurlar 6; manometer 12; drossel 13; zalotnik 14. Moy idishiga maxsus moy quyiladi. Moy idishi bilan moy nasosi metall quvur orqli ulangan bo‘ladi. Moy nasosi myni shu quvur orqali sorilib, bosim quvurlariga beriladi, bosim ostidagi moy gidrotaqsimlagichga beriladi. Agar gidro yuritmalar (idrosilindr yoki gidromator) ishlatilmasa, moy sizdirgich orqali qayta moy idishga quyiladi. Gidroyuritmalarni ishlatish uchun, ularga mos ravishda o‘rnatilgan dastaklar orqali yuqori bosimga mo‘ljallangan quvurlar orqli ularga berladi. Ish bajargan moylar qaytivchi past bosimli quvurlar orqali moy idishiga keiib tushadi. Moy idishi qalinligi 3…4 mm li yuqori bosimga chidaydigan list metalldan yasaladi (3-rasim). Ularning hajmi 20…200 l oraliqda bo‘ladi. Unda moy sathini ko‘rsatuvchi shish nay, moyni quyuvchi va bo‘shatuvchi qopqoqlar joylashgan. Moy nasoslari moyni 10…50 MPa bosim ostida bosim quvurlariga yuboradi, ularning tishli (tashqi va ichki tishla- shuvch) gildirakli (4-rasm) va aksial diskli yoki plunjerli (5-rasm) turlari mavjud. Moy taqsimlagichlar-moyni (dastak va zolotkok yordamida) gidroyuritmalarga uzatish va qaytarish vazifasini bajaradi (6,7-rasmlar). Ularning bir, ikki, uch va to‘rt qatorli konstruksiyalari bo‘ladi. Konstruksiyasi korpus, uning ichida zolotnik va ehtiyut klapanlari joylashgan bo‘ladi. Zolotniklar dastak yordamida harakatga keltiriladi. Gidromatorlar-suyuqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beruvch qurulma bo‘lib, ularning korpusi ichda joylashgan ish bajarvchi mexanizmi bo‘yicha tishli, porshenli (plunjerli) va kurakli turlari mavjud: Balining aylanishlar sonini o‘zgartiradigan va o‘zgartirmaydigan turlari ham mavjud. Gidromatorlar (dvigatellar) reversivligi (balining chapga va o‘ngga aylanish) bilan boshqa dvigatellardan farq qiladi. Gidrosilindrlar-moyning bosimida biror mexanizmni ko‘chirish uchun xizmat qiladi (8-rasm). Shtokning bir va ikki tomonga harakatlantiruvchi turlari mavjud. ’ 3 11 9 4 3 2 1 7 6 5 8 10 1-rasim. Gidravlik yuritmaning umumiy chizmasi. ’ 4 7 6 4 5 3 2 1 12 11 10 9 8 13 14 2-rasim. Gidravlik yuritmaning gidravlik chizmasi. ’ 5 3-rasim. 4-rasim. 5-rasim. 6-rasim. 7-rasim. 8-rasim. ’ Download 29.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling