- - Dada, dada! - dedi u ko`zini katta-katta ochib, - nega bizning
- boqqa bulbul kelmaydiya?
- - Qo`rqadi, - dedi dadasi.
- - Nimadan qo`rqadi? - dedi u ajablanib.
- - Sendan! - dedi dadasi.
- - Iya, nega endi mendan qo`rqadi?
- - Axir kesak otsang, mayib bo`ladi-da! Bu ishing yaramaydi deb aytib edim-ku. Qobiljon indamay, o`ylanib qoldi: endi nima bo`ladi? Rostdan ham bulbuljon uning bog`iga hech kelmasmikan-a?
- - Kesak otmasam keladimi, dada? - dedi oxiri Qobiljon.
- - Albatta, keladi, - deb ishontirdi dadasi.
- - Bo`pti! - dedi Qobiljon va shu paytdan boshlab qushlarga kesak otmaydigan bo`ldi.
- Adibning maktab yoshidagi bolalarga bag`ishlab yozgan juda ko`p hikoyalari kitobxonni ona yurtni sevishga, mehnatkash bo`lishga, mehnat ahlini, ota-onani e`zozlashga, kasb-hunar egasi bo`lishga chorlaydi.
- «Bir tup g`o`za» hikoyasida yosh qahrmonlarning xalq boyligiga bo`Igan munosabatlari g`oyat hayotiy detallar, jonli, qiziqarli voqealar asosida ifoda etiladi. Bolalarning o`yinqaroqligi tufayli yoshlarning xalq mulkiga bo`Igan munosabatlari o`zgaradi.
Muallif hikoyada qahramonlar xarakterini individuallashtirisliga alohida e`tibor bsradi. Abdusamad - cho`rtkesar bola. Goho ba`zi gapiarni shartta aytib yuboradi (sigirni qidirib yurganda Qoraboy akaga qilgan muomalasini esga oling). Karim soddadil, to`g`ri so`z bola. Shu bilan birga, serharakatligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Bu holni biz Karimning xatti-harakatlari, qiliq, odatlari, so`zlari, o`rtoqlari bilan munosabatlarida ko`ramiz. - Muallif hikoyada qahramonlar xarakterini individuallashtirisliga alohida e`tibor bsradi. Abdusamad - cho`rtkesar bola. Goho ba`zi gapiarni shartta aytib yuboradi (sigirni qidirib yurganda Qoraboy akaga qilgan muomalasini esga oling). Karim soddadil, to`g`ri so`z bola. Shu bilan birga, serharakatligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Bu holni biz Karimning xatti-harakatlari, qiliq, odatlari, so`zlari, o`rtoqlari bilan munosabatlarida ko`ramiz.
- Muallif «Qishloqdagi jiyanlarim» to`plamidagi «Valijonning dadasi» hikoyasida bolalarning jangcliilaiga hurmat va muhabbatini tasvirlaydi. Buni ikkinchi jahon umshidan qahramon bo`lib qaytgan Valijonning dadasini butun qishloq ahli zo`r hurmat va katta tantana bilan kutib olganini ko`rsatish orqali ochadi. «Jiyanimning toychasi» hikoyasida kitobxonni qishloq bolalarining xarakterlari va hayoti bilan tanishtiradi. Mahmudjon bilan Omonning otasi paxtadan mo`l hosil olish uchun kim o`zarga kirishadi. Bolaiar o`z otalarining g`olib chiqishi uchun kuyib-pishib harakat qiladilar. Mahmudjon jonidan aziz ko`rgan toychasini aravaga qo`shib paxta tashishga kirishadi. Bu bilan yozuvchi qishloq bolalarining o`ziga xos xarakterini yaratadi. Kichik bir parcha orqali katta bir voqeani - bolalarning ulug` ishlarga qo`l urganligini haqqoniy ko`rsatadi. Hakim Nazirning aksariyat asarlari, yuqorida ko`rganimizday, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga bag`ishlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |