Sulton Jo`ra - o`smirlar kuychisi - Reja:
- 1. Sulton Jo`raning hayot yo`li.
- 2. Sulton Jo`ra – bolalar shoiri.
Sulton Jo`ranio`smirlar kuychisi sifatida yaxshi taniymiz. Shoir she`rlarining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari rang-barang. Uning “Oy nechta”, “Lola”, “Sog`inchli salom” kabi she`rlarida bolalar olamining ifodasi ufurib turadi. S.Jo`raning pedagog shoir sifatida yozgan “Tinish belgilarining majlisi”, “Kimning xati chiroyli” she`rlari ta`lim-tarbiyaviy jihatdan dolzarb. Shuningdek, shoirning “Yolg`onchi” dostoni, “Zangori gilam” ertaklarining syujeti va kompozitsiyasi o`ziga xos qimmatga ega. - Sulton Jo`ranio`smirlar kuychisi sifatida yaxshi taniymiz. Shoir she`rlarining g`oyaviy-badiiy xususiyatlari rang-barang. Uning “Oy nechta”, “Lola”, “Sog`inchli salom” kabi she`rlarida bolalar olamining ifodasi ufurib turadi. S.Jo`raning pedagog shoir sifatida yozgan “Tinish belgilarining majlisi”, “Kimning xati chiroyli” she`rlari ta`lim-tarbiyaviy jihatdan dolzarb. Shuningdek, shoirning “Yolg`onchi” dostoni, “Zangori gilam” ertaklarining syujeti va kompozitsiyasi o`ziga xos qimmatga ega.
- She’riyatda havas Sulton Jo’ra qalbida juda erta uyg’ondi. U bilim yurtida o’qib yurgan kezlarida klassik va sovet shoirlarining asarlarini mutolaa qilib, o’zi ham ularga taqlidan she’rlar mashq qila boshladi. Keyinchalik shoir tarjimai xolida bu yillarni xotirlab “Birinchi marta 1927 yilning oxirida “Mehnat qo’ynida” degan she’r yozdim, u “Yangi yo’l” jurnalida bosildi”-deb aytgan edi.
Sulton Jo`raning dastlabki she`rlari 1933-yilda Buxoro yosh shoirlarning “She`rlar” to`plamida nashr etildi. Uning 1939-yilda “Fidokor”, 1941-yilda “Moskva” she`riy to`plamlari, 1942-yilda “Iroda” nomli pyesasi nashr etildi. Shoir vafotidan so`ng 1951-yilda rus va o`zbek tillarida “Tanlangan asarlar”, tinch qurilish yillari davrida iste`dodli shoirning “Havorang gilam”, “Zangori gilam”, “Bruno”, “Parvoz”, “Qaldirg`och” kabi kitoblari bosilib chiqdi. - Sulton Jo`raning dastlabki she`rlari 1933-yilda Buxoro yosh shoirlarning “She`rlar” to`plamida nashr etildi. Uning 1939-yilda “Fidokor”, 1941-yilda “Moskva” she`riy to`plamlari, 1942-yilda “Iroda” nomli pyesasi nashr etildi. Shoir vafotidan so`ng 1951-yilda rus va o`zbek tillarida “Tanlangan asarlar”, tinch qurilish yillari davrida iste`dodli shoirning “Havorang gilam”, “Zangori gilam”, “Bruno”, “Parvoz”, “Qaldirg`och” kabi kitoblari bosilib chiqdi.
- Ayni choqda, u “yaxshi”va “a`lo”baholarga o`qish uchun kurashish, rostgo`y va intizomli bo`lish, madaniy va pokiza kiyinish, savodxon va chiroyli yozuv malakasini egallash kabi ta`lim- tarbiyaviy masalalarni ham badiiy vositalarda talqin etdi. Bunday g`oyalar shoirning “Yozgi yomg`irdan so`ng ”(1936), “Qizlar”, “A`lo” va “Yaxshining maqtovi ”, “Zangori gilam”, (1939), “Lola”, “Oy nechta?”, “Tinish belgilarining majlisi”, “Cho`ntak”, “Sirkda”(1940), “Qarzdor”, “Qaldirg`och”, “Yolg`onchi”, “Dengiz tagida”,(1941), “Sog`inib”(1942), “Sog`inchli salom”, “Salom xat”(1943) kabi asarlarida o`z ifodasini topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |