Sulton Jo`ra o`z vatanining ozodligi, xalqining erki uchujngina emas, balki ularning porloq kelajagi bo`lgan kichkintoy do`stlarining baxti uchun ham kurashdi. Qirg`in maydonlarida bosqinchilar bilan olisha turib, navqiron avlodga o`z alangali salomini yo`llay oldi. - Sulton Jo`ra o`z vatanining ozodligi, xalqining erki uchujngina emas, balki ularning porloq kelajagi bo`lgan kichkintoy do`stlarining baxti uchun ham kurashdi. Qirg`in maydonlarida bosqinchilar bilan olisha turib, navqiron avlodga o`z alangali salomini yo`llay oldi.
- She’riyat sirlarini qunt bilan o’rganish, jiddiy va muttasil mashq Sulton Jo’raning adabiyot dargohiga o’z ovozi bilan kirib kelishiga imkon berdi. U poeziya olamiga katta umid bilan kirib kelgan yillar o’zbek adabiyotining yanada ko’tarilish davriga to’g’ri keldi. Bu paytlar yangi hayot davrini tarannum etuvchi. 30-yillar o’zbek poeziyasining eng yaxshi namunalarini yaratgan Oybek, Hamid Olimjon, G’afur G’ulom va Uyg’unlarning qator asarlari nashr etilgandi. Bular butun vujudi bilan poeziyaga berilgan Sulton Jo’raga ta’sir etmay, uni to’lqinlantirmay qolmadi. Shuning uchun ham shoir “Bu yillarda adabiyotga qiziqib Uyg’un, Hamid Olimjonlarning she’rlarini ko’p o’qirdim… yohud Shayxzoda, G’afur G’ulomlarning barcha asarlarini qiziqib o’rganib chiqdim,”-deb takror-takror yozadi. “Mening o’sishimga o’rtoq G’afur G’ulomning tashabbusi bilan 1939-yilning dekabrida Toshkentda adabiy kecha o’tkazildi”.
1940 yilgacha, shoirning o’zi «birinchi shе'riy to’plamim» dеb e'tirof etgan «Fidokor» majmuasi bosilgunigacha, u, asosan, davriy matbuotda bosilgan shе'riy va publitsistik asarlari bilan shunday e'tibor qozona olgan edi. Rost, bu asarlarning kattagina qismi katta yoshdagilarga mo’ljallangan esa-da, u bolalar va o’smirlarni qam unutmadi, ular uchun g’oyaviy-badiiy jihatdan yеtuk asarlar yozib, bolalar va o’smirlar kuychisi sifatida tanildi. U turli yoshdagi bolalar ruhiy olamini nafis his qila olganligi sababli ular xaraktеridagi tabiiy soddalikni, tinib-tinchimaslikni, ayrim hollarda yolg’onchiligu dangasalikni yorqin ifoda eta oladigan «Lola», «Oy nеchta», «Cho’ntak», «Mamatning kеchirimi», «Yolg’onchi», «Qarzdor», «Kimning xati chiroyli», «Yaxshi» va «A'lo»ning maqtovi», «Harflar paradi», «Tinish bеlgilarining majlisi» - 1940 yilgacha, shoirning o’zi «birinchi shе'riy to’plamim» dеb e'tirof etgan «Fidokor» majmuasi bosilgunigacha, u, asosan, davriy matbuotda bosilgan shе'riy va publitsistik asarlari bilan shunday e'tibor qozona olgan edi. Rost, bu asarlarning kattagina qismi katta yoshdagilarga mo’ljallangan esa-da, u bolalar va o’smirlarni qam unutmadi, ular uchun g’oyaviy-badiiy jihatdan yеtuk asarlar yozib, bolalar va o’smirlar kuychisi sifatida tanildi. U turli yoshdagi bolalar ruhiy olamini nafis his qila olganligi sababli ular xaraktеridagi tabiiy soddalikni, tinib-tinchimaslikni, ayrim hollarda yolg’onchiligu dangasalikni yorqin ifoda eta oladigan «Lola», «Oy nеchta», «Cho’ntak», «Mamatning kеchirimi», «Yolg’onchi», «Qarzdor», «Kimning xati chiroyli», «Yaxshi» va «A'lo»ning maqtovi», «Harflar paradi», «Tinish bеlgilarining majlisi»
- kabi XX asrning 30-yillaridagi o’zbеk bolalar shе'riyatining bеtakror namunalarini yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |