Хакимова Наргиза ш “И”


Download 210.02 Kb.
bet4/14
Sana16.06.2023
Hajmi210.02 Kb.
#1513829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Boshlang‘ich sinfda “Son – so‘z turkumi” mavzusini o‘qitishda ta’limning zamonaviy metodlaridan foydalanish

YUsuf Xos Hojib


SHarqdagi so‘z va undan foydalanishga qo‘yiladigan talablarga misol tariqasida YUsuf Xos Hojibning qo‘yidagi fikrlarini keltirish maqsadga muvofiqdir: “Ko‘p so‘zlik foydasiz mashg‘ulotdir. SHuning uchun ham tuman so‘z tugunini bir so‘zda yozish mumkin. Zero, kishi so‘z tufayli qadr topish yoki, aksincha, “boshi egik bo‘lishi” mumkin. Demak, so‘z ma’nolarini ilg‘ash uchun ham bilimdonlik talab etiladi.”
Alisher Navoiy o‘zbek tili ravnaqi uchun astoydil kuyundi. Qat’iy kurash olib bordi. Navoiy asarlari til omillaridan, o‘zbek tilining leksik-grammatik imkoniyatlaridan unumli va mahorat bilan foydalanishning oliy namunasidir. Zahriddin Muhammad Bobir Alisher Navoiyning adabiy tilga muvofiq ijod etganini maxsus ta’kidlaydi: “Andijon elining lafzi qalam bila rostdur, oni kim Mir Alisher Navoiyning musafnafoti bovu judkim Hirida nash’u namo topubdur, bu til biladur”.
Navoiy tilning ijtimoiy hodisa ekanligini ta’kidlaydi, uni “gavhari sharif” deya ta’riflaydi. So‘z insonni hayvondan ajratgan ulug‘ ne’matdir:
“Tengriki, insonni qilib ganji roz,
So‘z bila hayvondin anga imtiyoz”.
Navoiy har doim har shaklning mazmuniga uyg‘un bo‘lishini talab etadi:
Nazmki ma’ni anga marg‘ub emas,
Ahli ma’oniy qoshida xo‘b emas.
Nazmki ham surat erur xush anba
Zimnida ma’ni dog‘i dilkash anga.
Prinsip (lotincha - asos, negiz) ta’lim-tarbiya jarayonida asos bo‘ladigan ta’limiy qonun-qoida singari ma’nolarni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim jarayonida darsni tashkil etish, boshqarish, nazorat qilishda o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyatiga qo‘yiladigan talablar, didaktik qoidalar ta’lim prinsiplaridir. Mazkur prinsiplar har bir o‘quv predmetida o‘ziga xos tatbiq etiladi.
Professor E.I.Passov ta’kidlaganidek, didaktik prinsip o‘qitish jarayoni atalmish binoning poydevoridir.
Ta’limning tarbiyaviyligi prinsipi yosh avlodni har tomonlama kamolotga etkazishni nazarda tutadi. Ona tili o‘rganish jarayonida o‘quvchilarga milliy g‘oya, ona-Vatanga sadoqat, tabiatga muhabbat, kishilarga hurmat, ehtirom, yaxshilik, adolatli bo‘lish kabi ijobiy xususiyatlar singdiriladi.
Ona tili darslarida yoshlarni tarbiyalash yo‘llari ko‘p:
- har bir mavzu va bo‘limning ta’limiy imkoniyatlarini to‘la ishga solish;
- tanlangan matnlarning o‘rganilayotgan til hodisasiga va sharqona tarbiya yo‘nalishlariga to‘la moslashtirish;
- darslikda berilayotgan ma’rifiy matnlar ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishini ta’minlash shular jumlasidandir.
Kishining mustaqil aqliy faoliyat ko‘rsatishi mustaqil fikrlashi orqaligina amalga oshirilishi hech kimga sir emas. A.Disterverg aytganidek: “Mustaqil faoliyatga etaklovchi ta’lim haqiqatga, go‘zallikka, ezgulikka xizmat qiladi, xarakter va ishonchli tarbiyalaydi”.
Mashg‘ulotlarda mustaqil ishlarni tashkil etish, qo‘yilgan muammo, savol, topshiriqlar mohiyatidan kelib chiqib, o‘quv jarayonini boshqaradi, yosh avlodda mustaqillik va faollikni tarbiyalaydi.



Download 210.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling