Хакимова Наргиза ш “И”


Sonning ma’nosi va grammatik belgilari


Download 210.02 Kb.
bet7/14
Sana16.06.2023
Hajmi210.02 Kb.
#1513829
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
Boshlang‘ich sinfda “Son – so‘z turkumi” mavzusini o‘qitishda ta’limning zamonaviy metodlaridan foydalanish

1. Sonning ma’nosi va grammatik belgilari
Predmetning miqdori, sanog‘i va tartibini bildirib, qancha?, necha?, nechanchi? kabi so‘roqlarga javob bo‘ladigan mustaqil so‘z turkumi sondir.
Son otga bog‘lanib, uning sanog‘ini, miqdorini, miqdorga bog‘liq tartibini, otga bog‘lanmagan holda mavhum miqdor tushuncha nomini (uch bilan besh sakkiz bo‘ladi) bildiradi. Sonlar miqdor belgisini ifoda etish bilan ko‘p, oz, mo‘l singari noaniq miqdor anglatuvchi ravish turkumidan farqlanadi.
Son ham sifat va ravish kabi belgi tasavvurni bildiradi, shu jihatdan o‘sha turkumlarga yaqin turadi. Sonning boshqa turkumlardan o‘ziga xos morfologik va sintaktik xususiyatlari farqlaydi:
1.Son boshqa so‘z turkumlaridan yasalmaydi, uning yasovchi affikslari ham yo‘q. Sondan boshqa turkumlar yasalishi mumkin: uchlik, ikkilanmoq.
2.Sonning ma’no turlari va modal shakllari uning o‘ziga hos maxsus affikslar qo‘shish bilan yasaladi: ikkita, yuztacha, beshov, o‘ntadan, ettinchi.
3.Son o‘zicha turlovchi affikslar qabul qilmaydi, sifatlovchi olmaydi, aksincha, o‘zi otning sifatlovchisi bo‘lib keladi: Ikkinchi talaba so‘roqlarni takrorlar edi.
4.Son miqdor tushunchasining nomini anglatganda va otlashganda kelishik egalik affikslarni qabul qiladi, ot bajargan sintaktik vazifalarda keladi: O‘n besh uchga kasrsiz bo‘linadi.
5.Son narsa miqdorini turli tomondan aniqlash uchun sanoq bildiruvchi so‘zlar – numerativlar bilan ham qo‘llanadi.
6.Son aniq miqdorni (beshta kitob) va noaniq miqdorni (besh-olti kitob) ifodalashi mumkin. Har ikki holatda sonlar yozuvda raqamlar bilan ifodalanadi, lekin oz, ko‘p, mo‘l kabi predmetlarning noaniq miqdorni bildiruvchi so‘zlarni raqam bilan ifodalab bo‘lmaydi. Sonlar harf bilan yoki arab va rim raqami bilan ko‘rsatiladi.
2. Sonning ma’no jihatdan turlari
Sonlar ma’no xususiyatlari va grammatik belgilari jihatidan dastlab ikkiga bo‘linadi:
1. Miqdor son.
2. Tartib son.
Miqdor son narsaning miqdorini, sanog‘ini va umuman miqdor tushunchasini bildirsa, tartib son narsaning tartibini, darajasini anglatadi. Sonning bu ikki turi quyidagi ikki xususiyatlari bilan farqlanadi.
– Miqdor son o‘ziga xos morfologik ko‘rsatgichlarga tartib son esa faqat -nchi affiksiga ega.
– Miqdor sonlar hisob so‘zlari bilan ishlatila oladi, lekin tartib sonlar hisob so‘zlari bilan faol kelmaydi.
– Miqdor sonlar juftlanib kela oladi, tartib sonlarda bu xususiyat yo‘q.
–Miqdor sonlar birikmali holda (beshdan bir) ishlatiladi, tartib sonlar esa kasr holda ifodalanmaydi.
– Miqdor sonlar -lar affiksini olib ko‘pincha tahminiy miqdor bildirsa, tartib sonlar esa otlashadi.
Miqdor sonlar quyidagi turlarga bo‘linadi: sanoq, chama, jamlovchi sonlar.
Sanoq sonlar narsaning miqdorini sanab, donalab yoki taqsimlab ko‘rsatishga xizmat qiladi, predmetning miqdoriy belgisini bildirgani uchun otga sifatlovchi bo‘ladi va shakliy jihatdan o‘zgarmaydi, otga bitishuv yo‘li bilan bog‘lanadi. Narsaning miqdorini donalab sanashda sanoq son miqdor jihatdan bo‘lak, dona, nafar, bosh, tub kabi hisob so‘zlar bilan ishlatilishi mumkin. Sanoq sonlarga -gina affiksi qo‘shilsa, predmet miqdorini chegaralab, ayirib ko‘rsatish ma’nosi anglashiladi: Sizning bolalaringizday ikkitagina qora ko‘z o‘g‘lim bor. Sanoq sonlar narsaning taqsimini, ularning miqdor jihatidan teng bo‘lganligini ham bildiradi, bunda -tadan affiksini oladi: uchtadan, beshtadan. Taqsim ma’nosi miqdor sonlarning boshqa turlarini takrorlash yo‘li bilan ham ifodalanadi: ikkita-ikkita, beshov-beshov. Sanoq sonlar sonning qo‘shimchasiz shaklidan va -ta, -tadan qo‘shimchalari bilan tuzilgan bo‘ladi: ikki bola, ikkita bola, ikki nafar bola, ikkitadan, uchta-uchta.

Download 210.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling