Хакимова Наргиза ш “И”


- sinfda “Son – so‘z turkumi” mavzusini o‘qitishda o‘qitishning ta’limiy usullaridan foydalanish metodikasi


Download 210.02 Kb.
bet11/14
Sana16.06.2023
Hajmi210.02 Kb.
#1513829
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Boshlang‘ich sinfda “Son – so‘z turkumi” mavzusini o‘qitishda ta’limning zamonaviy metodlaridan foydalanish

4. 4- sinfda “Son – so‘z turkumi” mavzusini o‘qitishda o‘qitishning ta’limiy usullaridan foydalanish metodikasi.

So‘z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so‘zlarining leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko‘ra turli gruppalarga ajratilishi – so‘z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi.


So‘zlarni leksik grammatik turkumlarga ajratishda 3 belgiga:
1) leksik ma’nosi (nimani ifodalashi, ya’ni predmet, harakat yo holat, belgi kabilarning umumlashtirilgan ma’nolari);
2) morfologik (so‘zning turli shakl tizimi);
3) sintaktik (turli morfologik shakllarning sintaktik vazifa bajarishi) belgilariga asoslanadi.
Demak, so‘z turkumlari ustida ishlash o‘quvchilarning muayyan guruhdagi so‘zlarning umumlashtirilgan ma’nolari, kishilarning aloqa vositasi sifatidagi rolini tushunib olishlariga qaratilishi lozim.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari so‘z turkumi bilan umumiy tanishtirilgandan so‘ng har bir leksik-grammatik guruh alohida o‘rganiladi. Bu so‘z turkumlarini o‘rganishning boshlang‘ich bosqichidayoq ularni taqqoslashga qulay sharoit yaratadi va bu bilan shakllantiradigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, fe’lning quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar:
1) so‘z nima bildirishi (predmet, predmet belgisi, predmet sanog‘i va tartibi, predmet harakati yoki holati);
2) qanday so‘roqlarga javob bo‘lishi;
3) o‘zgarish – o‘zgarmasligi;
4) gapda, asosan, qanday bo‘lak vazifasida kelishi. O‘quvchilar mana shu o‘rgangan bilimlari asosida so‘z turkumlarini taqqoslaydilar.
O‘quvchilar nimani o‘rganganlariga qarab, har bir so‘z turkumining grammatik belgilari haqidagi bilimlari asta kengaya, chuqurlasha boradi.
Dasturga ko‘ra, 1-2- sinflarda so‘zlar javob bo‘ladigan morfologik so‘roqlariga qarab tasnif qilinadi. 3- sinfda «So‘z turkumi» tushunchasi shakllantiriladi. O‘quvchilar har bir so‘z turkumiga xoc ayrim belgilar (so‘z turkumlarining umumlashtirilgan leksik ma’nolari, otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi, bo‘lishli va bo‘lishsiz fe’llar, ot, sifat, son va fe’lning gapdagi vazifasi) bilan tanishtiriladi.
4- sinfda so‘z turkumlarining morfologik-sintaktik xususiyatlari haqidagi bilim chuqurlashtiriladi: o‘quvchilar otlarning egalik va kelishiklar bilan o‘zgarishini, sifat va otning gapdagi vazifasi, kishilik olmoshlari va ularning kelishiklar bilan turlanishini, fe’llarda shaxs-son va zamonni o‘rganadilar.
Quyidagi jadvalda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining so‘z turkumlari yuzasidan bilimlarining hajmi ko‘rsatilgan (1-jadval).
O‘quvchilarda so‘z turkumlarini bilish ko‘nikmasi ularning belgilari yig‘indisini egallashlari asosida shakllantiriladi.
1-jadval



Ot

Sifat

Son

Fe’l

1. Predmet bildiradi.

1. Predmet belgisini bildiradi.

1.Predmetning sanog‘ini va tartibini bildiradi

1.Predmet harakatini bildiradi

2. Kim? yoki nima? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.

2.Qanday? qanaqa? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.

2.Necha yoki ne-chanchi? so‘rog‘iga javob bo‘ladi.

2.Nima qildi, Ni-ma qiladi? so‘rog‘i-ga javob bo‘ladi.

3. Birlik va ko‘plikda qo‘llaniladi.

3.O‘zgaradi.

Asosan o‘zgarmaydi.

3.Bo‘lishli va bo‘lishsiz shaklda qo‘llaniladi.

4. Egalik qo‘shimchalari bilan o‘zgaradi.

4.Gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi.

4.Gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi.

4.SHaxs-son qo‘shimchalari bilan tuslanadi.

5.Kelishiklar bilan turlanadi







5.Uch zamonni bildiradi

6.Gapda ega yoki ikkinchi darajali bo‘lak vazifasi vazifasi keladi.







6. Gapda kesim vazifasida


keladi.

Masalan, gul, guldor, gulladi so‘zlarining qaysi so‘z turkumiga kirishini bilish uchun 3- sinf o‘quvchisi quyidagicha fikr yuritadi: nima? -gul, bu so‘z predmet bildiryapti, ko‘plikda qo‘llanadi – gullar, bu ot; guldor so‘zi qanday? so‘rog‘iga javob bo‘lyapti, predmet belgisini bildiryapti, bu sifat; gulladi so‘zi nima qildi? so‘rog‘iga javob bo‘lyapti, predmet holatini bildiryapti, bo‘lishsiz shaklda qo‘llaniladi – gullamadi, bu fe’l.


Boshlang‘ich sinflar dasturi o‘quvchilarni so‘z turkumlari mustaqil va yordamchi so‘z turkumlariga bo‘linishi bilan maxsus tanishtirishini ko‘zda tutmaydi, ammo o‘qituvchi bolalarni so‘z turkumlariniig belgilari bilan amaliy tanishtiradi. Masalan, o‘quvchilar ot, sifat, son, olmosh, fe’l gap bo‘lagi vazifasida kelishini, bog‘lovchi gap bo‘lagi bo‘lmasligini biladilar.
So‘z turkumlarini o‘rganishdagi asosiy vazifa o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, lug‘atini yangi ot, sifat, son, fe’llar bilan boyitish, o‘quvchilar shu vaqtgacha foydalanib kelayotgan so‘zlarning ma’nosini aniq tushunishga erishish, bog‘lanishli nutqda u yoki bu so‘zdan o‘rinli foydalanish malakasini o‘stirishi hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so‘z turkumlarini o‘rganish jarayonida sinonim, antonimlar (atamalar berilmaydi) ustida muntazam ish olib boriladi, o‘quvchilar ko‘p ma’noli so‘zlar, ularning o‘z va ko‘chma ma’noda ishlatilishi bilan tanishtiriladi. Bunda ta’limni o‘quvchilarning shaxsiy tajribalari, bevosita ko‘rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog‘lash muhim ahamiyatga ega.
O‘quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko‘nikmalarini shakllantirish, atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o‘stirish vazifasi ham amalga oshiriladi.
2-sinfda son yuzasidan bilimlar “Sanoq va tartibni bildirgan so‘zlar”2 nomi ostida berilgan. Narsa va shaxsning sanog‘ini bildirgan so‘zlar nechta?, qancha? so‘roqlariga javob bo‘lishi, narsa va shaxsning tartibini bildirgan so‘zlar nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘lishi haqidagi ma’lumotlar beriladi.
3-sinfda son termini ishlatilib, sonning lug‘aviy ma’nosi va ifodalanishi haqida ma’lumot beriladi.
«Son» mavzusini o‘rganishga kirishishdan oldin o‘qituvchi ot va sifatlarning muhim grammatik belgilarini o‘quvchilarga eslatishini kerak, chunki son ham, xuddi sifatlar kabi, narsa (ot)ga bog‘lanadi, narsaning miqdorini yoki tartibini bildiradi.
Birinchi darsda sonning ma’nosi va grammatik belgisi haqida o‘quvchilarga umumiy ma’lumot beriladi.
Bir, ikki, uch kabi sonlar otga bog‘lanmay, alohida qo‘llanganda umuman miqdorni anglatadi; ot bilan birga kelganda, narsaning son-sanog‘ini bildirib, gapda aniqlovchi vazifasini bajaradi.
Bu o‘rinda sonning, odatda, sanash mumkin bo‘lgan narsalarni bildiruvchi otlarga bog‘lanib kelishini alohida uqtirish kerak.
Tartib sonlar qo‘llanishi jihatidan sifatlarga juda yaqin turadi. Sonning bu xususiyatini ochishda savollardan ham foydalanish mumkin. Masalan, oltinchi sinf. Bu erdagi songa nechanchi? Deb savol beriladi. SHuningdek, qaysi? Savolini berish ham mumkin.
Bunday o‘rinlarda o‘qituvchi ot va sifatlarning grammatik belgilari bilan sonning grammatik belgisi qiyoslay bilishi lozim
O‘quvchilarga son haqida umumiy ma’lumot berilgach, sonlar butun, kasr, aralash son bo‘lishi izohlanadi.
Son turkumiga oid bilimlar 4-sinfda atroflicha o‘tiladi. SHu sabab quyida bu turkum so‘zlarning o‘tilish usullari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tishga harakat qilamiz.
109-dars

Download 210.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling