Хакимова Наргиза ш “И”


Hisob so‘zlar – numerativlar


Download 210.02 Kb.
bet9/14
Sana16.06.2023
Hajmi210.02 Kb.
#1513829
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Boshlang‘ich sinfda “Son – so‘z turkumi” mavzusini o‘qitishda ta’limning zamonaviy metodlaridan foydalanish

3. Hisob so‘zlar – numerativlar
Narsalarning sonini ko‘rsatish, ularning miqdor belgisini aniqlashda sanoq sonlar bilan birga hisob so‘zlar ham ishlatiladiki, bu faqat songa xos morfologik xususiyatdir. Predmetning sonini hajmini, o‘lchovini bildiruvchi dona, nafar, bosh, gektar, tanob kabi so‘zlar hisob so‘zlari deb ataladi, ular ot turkumiga mansub so‘zlardir. Hisob so‘zlar bilan sanoq sonlar birgalikda boshqa otga bog‘lanib har ikkala so‘z bir gap bo‘lagi vazifasida keladi: Bir tup gul g‘uncha ochadi. Narsaning miqdorini aniqlash jihatidan numerativlar quyidagicha:
1.Narsaning miqdorini donalab hisoblash o‘lchovini bildiruvchi hisob so‘zlar: bo‘lak, parcha, dona, tup, nafar, nusxa, burda, bosh, bog‘, to‘da, dasta, nafar.
2.Narsaning uzunligini masofasini bildiruvchi: metr, kilometr, tosh, chaqirim, yig‘och, gaz, qadam, qarich, farsax, quloch.
3.Narsaning og‘irligini: qadoq, pud, botmon, kilogramm, tonna.
4.Narsaning sathini: tanob, gektar, kvadrat, metr, sotix.
5.Suyuqlik o‘lchovi: litr, hovuch, chelak, qoshiq, stakan, piyola, kosa.
6.Qattiq jism hajm o‘lchovi: kub metr, siqim (qisim), to‘rva, arava, zambil.
7.Qiymat bildiruvchi: so‘m, tiyin, tanga, chervon, chaqa, tilla, kumush, miri, paqir.
8.Vaqtni ifodalovchi: minut, soat, kun, oy, yil, asr, daqiqa, hafta.
4. Sonning qo‘llanishiga ko‘ra turlari
Sonlarning ma’no va grammatik jihatdan turlarini yuqorida ko‘rib o‘tdik. Aksariyat darsliklarda miqdor sonlar sanoq, chama, jamlovchi va kasr sonlarga ajratiladi. Ammo butun va kasr sonlarni U.Tursunov ma’no grammatik jihatdan son turiga kiritmaydi, butun yoki uning qismini ifodalash jihatidan son turlarini ikkiga ajratadi: butun son va kasr son. Miqdorni butunligini ifodalovchi sonlar butun son deyiladi: yigirma, ellik. Miqdorni butunning qismiga ko‘ra ifodalovchi sonlar kasr son deyiladi. Kasr sonlar bir butunga etmagan miqdorni bildiradi: uchdan ikki, o‘ndan besh. Kasr son tuzilish jihatidan quyidagicha: butunning bo‘linishini bildiruvchi son (maxraj) chiqish kelishigida, bo‘lak – ulushni bildiruvchi son (surat) shaklan bosh kelishikda bo‘ladi, sintaktik vazifasiga qarab bunday songa egalik va kelishik affiksi qo‘shiladi: o‘ndan birini, beshdan ikkisining, yuzdan biriga. Kasr son taalluqli bo‘lgan otlar shu sondan oldin, qaratqich yoki chiqish kelishiklari shaklida keladi: Paxtakorlarning o‘ndan biri mukofotlandi. Foydaning o‘ndan to‘qqizi xo‘jalikka tegishli. YArim (yormoq so‘zidan), chorak(to‘rtdan bir), nimchorak(sakkizdan bir) so‘zlari ham kasr sonlardir.
Butun son va kasr son aralash holda ishlatiladi, bu vaqtda kasr sondan oldin butun so‘zi keltiriladi: ikki butun o‘ndan besh – bu kasrli son yoki ba’zan aralash son deyiladi. Muammolar bir yarim yildan beri muhokama qilinmas edi.

Download 210.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling